o'quvchilarga o‘rganiladigan ma’lumotlar haqida tushunchalar berish.
Dars materiallari va jihozlari: 10 sinf, kimyo “ darsligi. . 2.,,Mavzuga oid chizmalar 3.Doska, bo‘r, daftar. 4.Tarqatma material: darsda o‘rganiladigan asosiy atamalar va tushunchalar yozilgan kartochkalar. I. Tashkiliy qism: 5.Sinfda o‘quvchilarni darsga jalb qilib, ishchi muhitni yaratish. 6.Sinf holati bilan tanishish va davomadni aniqlash II. Darsning mazmuni: 7.Darslikning dasturi, maqsadlari va vazifalari. 8.Darslikdagi materiallar tizimi va uni o'rganish uslubiyati va usullari. 9.O‘rganiladigan ma’lumotlar hayotiy bog’liqligi.. III. Dars mazmunini ro‘yobga chiqarish ustida ishlash: 11. O'qituvchining 10-sinfdagi ,, kimyo “ fani vazifalari va xususiyatlari, darslikdagi materiallar tizimi, uni o’rganish uslubiyati va usullari to‘g‘risida tushuntirish. Yangi dars bayoni: Tarkibida bitta π bog’ saqlagan ochiq zanjirli uglevodorodlarni etilen qatori uglevodorodlari deyiladi. Bu qatorga kirgan har bir uglevodorod molekulasini tarkibida tegishli to’yingan uglevodorod tarkibidan ikkita vodorod atomiga kam bo’ladi. Alkenlarning umumiy formulasi CnH2n bo’lib, ularning birinchi vakili etilen hisoblanadi. Etilenning bir valentli radikali (CH2=CH-) vinil radikali deb ataladi. Nomenklaturasi.Alkenlarni sistematik nomenklatura muvogq nomlashda tegishli alkan nomidagi “-an” qo‘shimchasini “-en” yoki “–ilen “ qo‘shimchasiga almashtiriladi.
Alkenlarni galogenli hosilalarini nomlashAlkenlarni galogenli hosilalarini nomlash, alkenni nomlash kabi bo`lib, faqat galogenlarni nomi, galogen bog`langan asosiy zanjirdagi uglerod atomini raqami ko`rsatilgan holda alifbo tartibida yon zanjirdagi uglerod radikallari bilan bir qatorda aytib o`tiladi. Mavzuga oid masala va mashqlar. 1. Quyida berilgan formulalar orasidan alkenlarga tegishli bo’lganini toping. a) C2H2 b) C6H6 c) C3H8 d) C5H10 2. C4H8 formulaga mos keluvchi alkenlarni xalqaro va ratsional nomenklatura bo’yicha nomlang. 3. Quyidagi moddalarni formulalarini yozing va ularni ratsional nomenklatura bo’yicha nomlang. a) penten-2; b) 2-metilbuten-2; c) 2,2-dimetilgepten-3 4. Alkenlarning umumiy formulasidan kelib chiqqan holda, molekulyar massasi 84 g ga teng bo’lgan modda tarkibidagi uglerod atomlarining sonini toping.