Mashg‘ulot turi: yangi bilim beruvchi, bilimlarni mustahkamlovchi.
Mashg‘ulot uslubi: tushuntirish, suxbat, tezkor savol – javob, amaliy mustaqil ishlar bajarish, munozara, muammoli topshiriq, guruhlarda ishlash, ko‘rgazmali va boshqalar.
Mashg‘ulot metodi: guruhlarda ishlash, “kim epchil-u, kim chaqqon”, “ko‘rsam tezroq o‘rganaman” shu kabi metodlar.
Mashg‘ulot jihozi: ”Tarix” 6-sinf uchun darslik, “Qadimgi dunyo tarixi” asari, mavzuga oid ko’rgazmali qurollar, plakatlar, tarqatma materiallar o‘quv qurollari, elekron materiallar.
Mashg‘ulotning borishi: I. Tashkiliy qism: a) Salomlashish. b) Davomatni aniqlash.
II. Uyga vazifani so‘rash: a) Savol – javob o‘tqazish. b) Topshiriqlarni tekshirish.
III. Yangi mavzu bayoni: B olqon yarimoroli va O‘rta Yer dengizi orollarini o‘z ichiga olgan qadimgi yunon davlatlarining umumiy nomi Qadimgi Yunonistondeb atalgan. Shimol tarafidan tash qari, Qadimgi Yunonistonni O‘rta Yer va Egey dengizlari o‘rab turgan. Yunoniston hududining katta qismini tog‘lar egallagan. Ularning eng baland cho‘qqisi – Olimp tog‘i mamlakatning shimoli-sharqida joylashgan. Tog‘ daryolari bo‘ylarida serunum dalalar joylashgan. Tog‘lar o‘t-o‘lanlar va butalar bilan qoplangan. Yunonistonning shimolidagi Peloponnes yarimorolida ninabargli o‘r monlar o‘sgan. Yunonlar qadim zamonlardan dehqonchilik va chorva chilik bilan shug‘ullangan.SIVILIZATSIYANING VUJUDGA KELISHI Mil. avv. 2-mingyillikda ilk shahar-davlatlar vujudga kela boshlagan Krit orolidagi sivilizatsiya afsonaviy podsho Minos nomi bilan Minoy sivilizatsiyasideb atalgan. Krit davlatining shahar, manzilgohlari zilzila, kuchli dengiz to‘lqinlari va vulqon otili shi oqibatida vayron bo‘lgan. Ko‘p o‘tmay qayta tiklangan. Qit’adagi Yunoniston hududidan jangovar qabilalar bostirib kiradi, ularni axeylar deyishgan.
IV. Yangi mavzuni mustahkamlash. 1. Xaritadan Qadimgi Yunoniston va Krit oroli hududlarini ko‘rsating.
2. Mamlakat geografik o‘rnining o‘ziga xosligi nimada?
3. Geografik sharoitlar qadimgi yunon mashg‘ulotlariga qanday ta‘sir ko‘rsatgan?