Yangi dars bayoni: Bir molekula uglevod gidrolizidan 2 molekula monosaxarid hosil bo‘ladigan moddalarga disaxaridlar deyiladi. Disaxaridlarga saxaroza va maltoza kiradi. Disaxaridlarning hammasi С12Н22О11 umumiy formula bilan ifodalanadi.Disaxaridlar suyda yaxshi eriydi, shirin ta’mga ega. Ularning ko‘pchiligi yaxshi kristallanadi va aniq molekulyar massaga ega. Tabiatda keng tarqalgan saxaroza (qamish yoki lavlagi shakari), maltoza (solod shakari) disaxaridlarga misol bo‘ladi. Disaxaridlar gidrolizlanganda bir xil yoki ikki xil monosaxarid molekulasi hosil bo‘lishi mumkin. Saxaroza. Qamish shakari yoki lavlagi shakari deb ataladi. Saxaroza o‘simliklar dunyosida juda ko‘p tarqalgan. Saxaroza eng zarur ozuqa bo‘lib, inson hayotida katta ahamiyatga ega. Bu odatdagi keng qo‘llaniladigan shakardir.Fizik xossalari. Toza saxaroza shirin mazali, suvda yaxshi eriydigan, rangsiz modda.Kimyoviy xossalari. Saxarozaning eng muhim xossasi gidrolizga uchrashidir: Saxaroza molekulasi glukoza va fruktoza molekulalarining qoldiqlaridan tashkil topgan. Saxaroza molekulasidan glukoza hosil bo‘lishini aniqlash mumkin. Saxaroza eritmasiga dastlab bir necha tomchi H2SO4 qo‘shib qaynatamiz. So‘ng kislotani ishqor bilan neytrallab, eritmaga Cu(OH)2 qo‘shib qizdiramiz. Natijada qizil cho‘kma hosil bo‘ladi. Bundan shunday xulosa qilish mumkinki, saxaroza H2SO4 ta’sirida gidrolizlanadi va aldegid guruhsi saqlovchi glukoza hosil qiladi. Aldegid guruhi tutuvchi molekulalar esa Cu(OH)2 ni qizil cho‘kma hosil qilguncha , ya’ni Cu2O gacha qaytaradi. Maltoza Bir molekula maltoza gidrolizlanganda ikki molekula glukoza hosil bo‘ladi: Kraxmal hosil bo‘lishi polikondensatsiya reaksiyasi asosida boradi. Ya’ni kichik molekulyar modda sifatida glukoza molekulasidan , yuqori molekulyar birikmali kraxmal hosil bo‘ladi va qo‘shimcha mahsulot sifatida H2O hosil bo‘ladi.Fizik xossalari. Kraxmal – oq kukunsimon modda. Sovuq suvda erimaydi, lekin issiq suvda bo‘kib kleyster hosil qiladi.Kimyoviy xossalari. Kraxmal uchun sifat reaksiya bu unga yodning ta’siri hisoblanadi. Agar sovitilgan kraxmal kleysteriga yod qo‘shilsa ko‘k rang paydo bo‘ladi. Bu jarayonni oddiy tajriba yo‘li bilan ham aniqlash mumkin. Kartoshkaning qirqilgan joyiga yoki bir bo‘lak nonga yod eritmasidan bir necha tomchi tomizganimizda ko‘k rang hosil bo‘ladi. Qo‘llanilishi. Kraxmal qimmatli oziq mahsulotdir. Uning hazm bo‘lishini yengillashtirish uchun kraxmalli mahsulotlar yuqori temperaturada qizdiriladi, ya’ni kartoshka pishiriladi, non yopiladi. Bu sharoitlarda kraxmal qisman gidrolizlanadi va suvda eruvchan bo‘ladi. Selluloza (C6Hl0O5)n . Seluloza ham tabiiy yuqori molekular polisaxarid bo‘lib, barcha o‘simliklar tarkibiga kiradi va ularda hujayra qobiqlarini hosil qiladi. Uning nomi «sellula» - hujayra ana shundan kelib chiqqan. Selluloza paxta tolasining asosiy qismini tashkil qiladi. Qog‘oz va ip gazlamalar ham sellulozadan qilingan buyumlar hisoblanadi. Yog‘och tarkibida ham ko‘p miqdorda uchraydi.Selluloza ham xuddi kraxmalga o‘xshab tabiiy yuqori polimerdir. Selluloza va kraxmalning umumiy formulasi ham o‘xshash va tarkibi jihatidan ham glu-koza zvenolaridan iborat. Bu polisaxaridlar bir-biridan glukoza qoldig‘ining har xil bog‘lanishi bilan farq qiladi. Kraxmal inson uchun muhim ovqat manbai hisoblansa, sellulozadan bu maqsadda foydalanib bo‘lmaydi. Fizik xossalari. Selluloza – mazasiz, hidsiz, tolasimon oq modda, suvda erimaydi, sellulozaning molekular massasi juda katta hisoblanadi.