Sana: (1 soat)



Yüklə 2,51 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/10
tarix09.10.2023
ölçüsü2,51 Mb.
#153186
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
8-sinf adabiyot fanidan o\'qituvchi kitobi

Sana:
Sinf: 8

B

-sinf
Fan: Adabiyot
Mavzu: G`afur G`ulom hayoti va ijodi,“Vaqt” she`ri
Darsning maqsadi:
a)ta`limiy: G`.G`ulom hayoti va ijodi haqida bkmlar hosil qilish,”Vaqt ”she’rini ifodali o’qish va
g’oyaviy­badiiy tahlil qilish;
b)tarbiyaviy:o`quvchilar qalbida mehr­muhabbat,vaqtni qadrlash,ezgulik tuyg’ularini tarbiyalash;
d)rivojlantiruvchi:o’quvchilarning fikrlash salohiyati va dunyoqarashini takomillashtirish;
Dars turi:yangi bilim berish;
Dars turi:suhbat,matn ustida ishlash,ifodali o’qish,tahlil;
Dars jihozi :darslik,tarqatmalar,G’afur G’ulom siymosi,asarlari;
Darsning borishi
Tashkiliy ishlar:
Darsning chaqiriq bosqichida:
a)salomlashish,navbatchi axboroti;
b)kitob­daftarlar nazorati;
d)o’quvchilar diqqatini darsga jalb qilish.
O’tgan mavzu va uyga vazifani so’rash:
1.Tarqatmalar asosida Abdurauf Fitrat hayoti va ijodi yuzasidan savol­javob;
2.Shoir ijodi asosida she’riy daqiqalar.
Darsning mohiyatini anglash bosqichida:
I.Aziz asrimizning aziz onlari
Aziz odamlardan so`raydi qadrin.
Fursat g`animatdir, shoh satrlar­la
Bezamoq chog`idir umr daftarin.
Ushbu go`zal to`rtlik muallifi kim?


Bolajon shoir ,akademik G`afur G`ulom 1903 –yil 10­mayda Toshkentning Qo`rg`ontegi mahallasida
kambag`al oilada tug`ildi.Uning bolaligi juda og`ir kechdi.Yosh shoir avval eski maktabda keyinchalik
yaqin qarindoshlarining ko`magi bilan rus­tuzem maktabida o`qidi.Muallimlar tayyorlaydigan kurslarni
bitirib maktablarda dars bera boshlaydi.1923­yilda G`.G`ulom bolalar uyida tarbiyachi b/b ishlab ,hatto
bir muddat mudir ham bo`ldi.Shu yillarda G`.G`ulom “Kambag`al dehqon”, “Qizil O`zbekiston”,
“Sharq haqiqati” singari gazetalarda “Mushtum” jurnalida uning yuzlab katta­kichik maqolalari,
felyetonlari bosilib chiqdi.1931­yilda shoirning ilk to`plami “Dinamo” nomi b­n bosilib chiqdi.1932­
yilda esa “Tirik qo`shiqlar”nomli ikkinchi to`plami bosilib chiqdi.Shundan so`ngturli yillarda adibning
quyidagi asarlari dunyo yuzini ko`rdi.
“Turksib yo`llarida”
“Yalovbardorlikka”
“Ko`kan” poemasi
“To`y”
“Ikki vasiqa” }balladalari
XX asrning 30­yillarida nasrda yozilgan asarlari:
“Netay”
“Yodgor”
“Tirilgan murda”
“Shum bola”kabilar bosilib chiqdi.
Urush yillarida “Sen yetim emassan”, “Oltin medal”, “Kuzzatish”, “Vaqt”, “Sog`inish”, “Bizning
ko`chada ham bayram bo`lajak”, “Men­yahudiy” singari mumtoz she`rlari dunyo yuzini ko`rdi.1946­
yilda “Sharqdan kelayotirman” to`plami uchun Davlat mukofotiga sazovor bo`ldi.1943­yilda akademik
unvoni (Oybek b­n bir qatorda) berildi.1963­yilda “O`zbekiston xalq shoiri”unvoni berildi.Akademik
shoir G`.G`ulom 1966­yil 10­iyulda vafot etdi.
II.G’afur G’ulom hayoti va ijodi yuzasidan darslikda berilgan ma’lumotlarni o’zlashtirish.
Darsning mustahkamlash bosqichida:
I.“Vaqt”she`ri falsafiy she`r hisoblanadi.G`afur G`ulom ijodiy tafakkuriga faylasufona mulohazakorlik,
kichik tuyulgan hayotiy detallaridan katta umumlashmalar yasay olish xos edi.Bu nouob fazilatlar
shoining 1945­yildafashizm ustidan qozonilgan g`alaba munosabati b­n yozgan “Vaqt” she`rida yaqqol
ifodasini topdi.Shoir mazkur she`rda lahza (sekundning) mohiyatiga nazar tashlaydi:
Bir onning bahosin o`lchamoq uchun
Oltindan tarozu ,olmosdan tosh oz.
Nurlar qadami­la chopgan sekundning
Barini tutolmas ayhannos ovoz.
Zero,inson necha yil umr ko`rrishidan qat`iy nazar ,bu umrning asosini lahzalar tashkil etadi.Buyuk
qahramonliklar ham, isnodli sharmandaliklar ham ayni lahzalar oralig`ida ro`y beradi.O`zini, o`zligini
unutgan odam bir lahzada yo`l qo`ygan xatosi , qo`rqoqligi ,shijoatsizligi tufayli umrbod yuzi qora
bo`lib qolishi hech gap emas.Va aksincha,Amir Temurdek ,Jaloliddin manguberdidek, Bobur Mirzodek
bobolarimizning shon­shavkati aynan bir lahzada qabul qilganlari –qat`iy qarorlari ,biror lahza
unutmaganlari­yurtga sadoqatlari tufayli abadiyatga daxldor bo`ldi.Bundan tashqari shoir she`rda
shuhrat qozonmoqning yo`llari ko`p ekani ,biroq bu yo`llarning biri odamni sharmandali shuhratga olib
kelsa, boshqasi abadiyatga olib borishini quyma satrlarda eslatadi:
Shuhrat qoldirmoqqa Gerostratdek
Diana ma`badin yoqmoq shart emas…
Faylasuf shoir G`.G`ulom o`zining mo`jazgina asari­“Vaqt” she`ri bilan lahzaga abadiy haykal qo`ydi.
II.”Vaqt”she’ridagi darslkdagi ma’lumotlar asosida bahs;
III.Test sinovi:
1.G’afur G’ulomning ilk she’riy to’plami
A.”Tirik qo’shiqlar”
B.”Dinamo”
C.”To’y”
D.”Sog’inish”
2.Uning “To’y”,”Ikki vasiqa”asarlari qaysi janrda yozilgan?
A.She’r
B.Hikoya
C.Ballada
D.Qissa
3.Adibning qissalari berilgan qatorni toping.


A.”Netay”,”Yodgor”,”Tirilgan murda”,”Shum bola”
B.”To’y”,”Ikki vasiqa”
C..”Yodgor”,”Sen yetim emassan”
4.”Vaqt”she’ri nima munosabati bilan yozilgan?
A.G’alaba munosabati bilan
B.Vaqtni qadrlashga da’vat munosabati bilan
C.Urushning ko’p davom etishidan D.Bolasini intizor kutgan otaga bag’ishlab
5.”Vaqt”she’rining asosiy g’oyasi
A.Vaqtni qadrlash
B.Umrning tez o’tib borishi
C.O’zlikni anglash
D.Insonlarning bir­biriga munosabati
Javoblar:1. B
2. C
3. A
4. A
5.A
Uyga vazifa:”Vaqt ”she’rini yod olish
O’quvchilar bilimini baholash

Yüklə 2,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin