Darsning mustahkamlash bosqichida:
I.Nodiraning “Doda keldim” matla`li g`azalini o`qish va tahlil qilish.
Matla`
Doda keldim ,ey salotin sarvari,dodil eshit.
Sen shahu men benavo dodu faryodim eshit
Begona bayt
Kelki , bir soat seni ko`rmoq uchun mushtoqmen,
Telba bo`ldim sendan ayru , ey parizodim , eshit.
Maqta`
Nodira bodi sabodin senga irsol etgali
Qildi insho bu g`azalni tab`I noshodim eshit.
Vazn :
aruz
Hajm :
7 bayt 14 misra
Qofiyadosh so`zlar:
dodim, faryodim,ozodim,shamshodim,obodim,yodim,
parizodim, noshodim.
Qofiyalanish tartibi:
aa,ba, da,ea,fa,ga, ha.
Radif :
eshit
Gazal an’anaviy ,ya’ni ishqiy mavzuda yozilgan,Nodiraning yoriga bo’lgan sog’inchi,iztirobi,ichki
kechinmalari asosida yaratilgan.
II.Test sinovi:
1.Shoiraning forsiy taxallusi
A.Nodirabegim
C.Komila
C.Maknuna
D.Mohlaroyim
2.Amir Umarxon qachon taxtga chiqadi?
A.1810 y
B.1792 y
C.1807 y
D.1820 y
3.Amir Umarxon qanday taxallus bilan ijod qilgan?
A.Umarxon
B.Amir
C.Amiriy
D.Olimxon
4. Nodiraning turkiy devonida nechta g’azal o’rin olgan?
A.198 ta
B.189ta
C.190 ta
D.289 ta
5.Doda keldim ,ey salotin,sarvari dodim eshit,
Sen shahu,men benavo,lutf ayla faryodim eshit.Matla’da qanday san’at qo’llanilgan?
A.Talmeh
B.Tashbih
C.Tazod
D.Irsoli masal
Javoblar:1. C
2.A
3.C
4.B
5.C
Uyga vazifa:”Doda keldim ”matla’li g’azali tahlili
O’quvchilar bilimini baholash.
Dostları ilə paylaş: