I.Tashkiliy qism: Salomlashish, davomat aniqlanadi ,sinf tozaligi kuzatiladi, o`quvchilar bugunning Jahonda va O`zbekistondagi siyosiy yangiliklari bilan tanishtiriladi.
II.O`tilgan mavzuni takrorlash: O`qituvchi o`tilgan darsni uyga vazifasini tekshiradi, o`tilgan mavzuni mustahkamlash uchun o`quvchilar atamalarga izoh beradilar.
Syoenlar -…, xanke-…, ryokalar-…, samuraylar-…, mikado-…, syogun-…,
III.Yangi mavzu bayoni: Reja:1.”Tongi tarovat ”mamlakati. 2.Silla qirolligi. 3.Koryo qirolligi. 4.Choson qirolligi.
«Tonggi tarovat» mamlakati. Choson (koreyscha, «Tonggi tarovat») ilk koreys davlatidir. Mazkur davlatning asoschisi afsonaviy Tangun hisoblanadi. Tang un Pxenyanda Choson qirolligiga asos solgan. Koreyslar Tangun davrini koreys xalqining tashkil topish davri deb hisoblashadi.O‘zaro kurashlar va xitoyliklar bilan bo‘lgan janglar mil. avv. I asrda Qadimgi Chosonni uch qirollikka – Pek che, Silla va Koguryoga bo‘linib ketishiga olib keldi. Uch qirollik davri. Koguryo davlatining tashkil topgan davri haqida tarixchi olimlar yagona fikrga kela olishmagan. Lekin u IV–V asrlarda Koreya yarimorolining shimoliy qis mi, qo‘shni Lyaodun yarimorolini egallagan yirik davlat bo’lgan. Koguryo qirolligining qo‘shini o‘zining jangovarligi bilan ajralib turgan. Ular birin-ketin qo‘shni hududlarni zabt etgan. O‘rta asrlarda pekchelik tabib, hunarmand va olimlar hozirgi Yaponiyaning ijtimoiy va mad aniy hayoti asoslari shakllan ishiga katta ta’sir ko‘rsatgan. Hattoki, pekchelik olim Van In Yaponiya taxt vorisi bo‘lgan shahzodaga ustozlik qilgan. Pekche sulolasi hukmdorlari orqali Koreyaga xitoy yozuv va iyerogliflari hamda buddizm kirib keladi.Silla qirolligi Koreya yarimorolining janubi-sharqida joylashgan. Dastlab Uch qirollik ichida Silla qirolligi eng zaifi va kam taraqqiy etgani edi. Silla qirolligi 668-yilda Xitoydagi Tan sulolasi bilan ittifoq tuzib, Koreya yarimorolini o‘z hok imiyati ostida birlashtirdi. Lekin Koreya Xitoyga boj-yasoq to‘lab turgan. Mamlakatning birlashuvi Koreyada yer egaligi munosabatlarining uzil-kesil shakllanishida katta ahamiyat kasb etadi. O‘zaro urushlarga chek qo‘yilishi, qo‘shni davlatlar bilan tinchlik o’rnatilishi mamlakatda ishlab chiqarish kuchlari rivojiga yo‘l ochadi.VIII asr o‘rtalarida Silla qirolligin ing oltin davri boshlandi. Ushbu davrda davlat o‘z taraqqiyoti va qudr atining
cho‘qqisiga erishadi.Koryo qirolligi. Lashkarboshi Van Gon tomonidan Koryo sulolasi (918–1392)ga asos solingan. Ushbu davlat poytaxti Sonak shahri (hozirgi Shimoliy Koreyadagi Keson) bo‘lgan. Koreya nomi Koryo nomidan kelib chiqqan. Van Gon o‘z oldiga Koguryo qirolligining shimoli-sharqiy Xitoyda yo‘qotgan hududlarini qaytarib olish vazifasi ni qo‘yadi. Biroq ushbu vazifa amalga oshirilmay qoladi.