I.Tashkiliy qism: Salomlashish, davomat aniqlanadi ,sinf tozaligi kuzatiladi, o`quvchilar bugunning Jahonda va O`zbekistondagi siyosiy yangiliklari bilan tanishtiriladi.
II.O`tilgan mavzuni takrorlash: O`qituvchi o`tilgan darsni uyga vazifasini tekshiradi, o`tilgan mavzuni mustahkamlash uchun o`quvchilar 3 guruhga bo`linadi va topshiriq beriladi.
1-guruh: Mayyalar davlati haqida ma`lumot bering
2-guruh: Asteklar davlati haqida ma`lumot bering
3-guruh: Inklar davlati haqida ma`lumot bering
Guruhlar tagdimot qiladilar ,o`qituvchi kamchilikni to`ldirib boradi.Eng faol guruh aniqlanib, rag`batlantiriladi.
III.Yangi mavzu bayoni: Reja: 1.Afrika aholisi va xo`jaligi. 2.Afrikaning dastlabki davlatlari.Gana 3.Mali davlati. 4.Songai davlati. 5.Aksum davlati. 6.Afrika madanyati.
Afrikaning tropik o`rmonlarida pigmeylar, bushmenlar kabi turli qabilalar yashashardi. Ular ovchilik bilan shug`ullanishgan. Nayza, kamon va o`q-yoy bu qabilalarning asosiy qurollari edi.
. t
Afrikaning eng qadimiy davlatlaridan biri Gana edi. Oltin va tuz savdosi bu davlatga juda katta "daromad keltirgan. Gana kamonchilar va suvoriylardan iborat qo`shinga ega bo`lgan.
XI asr oxirida arablarning Marokash sultonligi Gana poytaxtini bosib olgan va vayron qilgan. Gana shohi sultonga xiroj to`lab turishga majbur etilgan. Zodagonlari islom dinini qabul qilgan. Tez orada mustaqillikka erishgan Ganani keyinchalik Mali davlati o`ziga tobe etgan.
Malining gullab-yashnashi XIII asrga to`g`ri keladi. Kuchli qo`shini bo`lgan Mali hukmdori karvon yo`llari va oltin qazib oladigan qo`shni yurtlarni bosib olgan. Hukmdor va uning yaqinlari islom dinini qabul qilishgan. Shundan so`ng Mali shaharlariga Shimoliy Afrikadan kelgan musulmon savdogarlari joylasha boshlagan. XV asrda Mali butunlay inqirozga uchradi.. Afrika xalqlarida ko`pgina qadimiy afsona va ertaklar saqlanib qolgan. UJar qimmatli tarixiy manbalar bo`lib ham xizmat qiladi. Ayniqsa, g`arbiy Sudan xalqiari madaniyati rivojlandi. Islom qabul qilinganidan keyin bu yerda arab mamlakatlari me'morlari machitlar, saroylar, qasrlar, jamoat binolari (kasalxona, hammom, istirohat bog`lari va boshqalar) qurganlar. Musulmon maktab, madrasalari ishga tushirilgan. Tombuktu madrasasida ilohiyot bilan birga tarix, fiqh (qonunchilik), matematika, astronomiya ham o`qitilgan. Afrikaliklar san'atda katta muvaffaqiyatlarga erishganlar. Yog`och va jezdan yasalgan haykallar va niqoblar ifodaviyligi bilan kishilarni hayratga solgan. Benindagi shoh saroyi zallari va galereyalarida podsholaru a'yonlarning jez lavhalarga ishlangan bo`rtma rasmlari topilgan. Bu lavhalarda ov, urush, saroy hayoti sahnalari aks ettirilgan.