Sana: Fan: Jahon tarixi Sinfi: 7 Mavzu: Kirish



Yüklə 2,13 Mb.
səhifə56/149
tarix07.01.2024
ölçüsü2,13 Mb.
#211450
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   149
Sana Fan Jahon tarixi Sinfi 7 Mavzu Kirish

3.

Yangi mavzu bayoni

14 daqiqa

4.

Mustahkamlash

12 daqiqa

5.

Baholash

2 daqiqa

6.

Uyga vazifa

2 daqiqa

I.Tashkiliyqism: Salomlashish, davomat aniqlanadi ,sinf tozaligi kuzatiladi, o`quvchilar bugunning Jahonda va O`zbekistondagi siyosiy yangiliklari bilan tanishtiriladi.
II.O`tilgan mavzuni takrorlash:
1. Nima sababdan Muhammad Xorazmiy, Abu Ali ibn Sino kabi allomalar faoliyatlari ham «Jahon tarixi», ham «O‘zbekiston tarixi»da beriladi?
2. Xalifalikda ilm-fanning qaysi sohalari yuksak rivojlangan?
3. 49, 50, 51, 52-rasmlarni ni malar birlashtirishi va nimalar farqlashini qiyoslang.
4. Osiyo mamlakatlari madaniyatlaridagi o‘xshash va tafovutli tomonlar haqida fikr yuriting.
III.Yangi mavzu bayoni
Yevropada XI asrdan boshlab hunarmandchilikning dehqonchilikdan ajralib chiqish hodisasi ro`y berganligi edi. Vaqtlar o`tishi bilan hunarmandchilik xo`jalikning alohida mustaqil sohasiga aylangan.
Hunarmandchilikning mustaqil xo`jalik sohasiga aylanishiga avvalo dehqonchilikning yuksak sur'atlarda rivojlanishi sabab bo`lgan.
XI asrga kelib Yevropada katta miqdordagi yerlar o`rmonlardan tozalangan. Ular ekinzorlarga aylantirilgan. Shu tariqa haydaladigan yer maydonlari tobora kengayib borgan. Dehqonchilikda uch dalali almashlab ekishga o`tilgan. Dehqonchilikni tobora rivojlantirish zarurati qishloq xo`jalik asbobuskunalarining takomillashuvini ham talab eta boshlagan. Hunarmand o 'z hunarmandchilik kasbi orqali tirikchilik qila oladigan, o`zining mehnat qurollari va ustaxonasiga ega, sotish uchun turli buyumlar ishlab chiqaradigan,shaxsan erkin bo 'Igan mayda mulkdordir. Qishloq xo`jaligining o`sishi ortiqcha mahsulotni vujudga keltirgan. Dehqon ortiqcha mahsulotni shaharga olib borib sotgan. Uning o`rniga hunarmandchilik buyumlarini sotib olgan. Bu omil savdo-sotiqning rivojlanishiga asos bo`lgan. Shahar - hunarmandchilik va savdo-sotiq markazi bo'Igan yirik aholi manzilgohi. Shaharlarning vujudga kelishi qishloqning ham keng ko`lamda bozor bilan bog`lanishiga olib keldi. Bu esa natural xo`jalikka katta zarba berdi. O`rta asrlarda Yevropada Strasburg, Augsburg, Gamburg, Brandenburg, Sen-Jermen, Oksford, Kembridj, Frankfurt, Bryugge kabi ko`plab shaharlar vujudga keldi. Shaharliklar va qaroqchilarning hujumlaridan himoyalanish uchun o`zlari yashayotgan hududlar atrofida zovurlar qazib, ko`tarma qilib o`rab olar, ustiga qator qoziqlar qoqardilar. Keyinchalik bu istehkomlar g`isht devorlar bilan almashtirilgan.
O`rta asr shahar hunarmandchiligi qo'1 mehnatiga asoslangan mayda sanoat ishlab chiqarishi edi.
Hunarmand ustaxonasida hunarmand, shogirdlar va xalfalar mehnat qilardi. Hunarmand usta hisoblanardi. Ustaxona tayyor mahsulotni sotadigan do`kon vazifasini ham o`tagan. Shogird hunar o`rganuvchi edi. Xalfa ustaning uyida yashagan. U ma'lum miqdorda mablag` to`plagach, o`zining ustaxonasini ochishi mumkin edi. Buning uchun u namuna bo`la oladigan bir buyum yasashi ham lozim bo`lgan. Ustaxonada barcha ishlar qo`lda bajarilgan.
Hunarmandlar o`zlarini qishloq hunarmandlari raqobatidan hamda feodallar talonchiligidan himoya qilish uchun sexga birlashganlar. Ustalarning umumiy yig`ilishi sex nizomi (qonun-qoidalari)ni tasdiqlagan. Nizom hunarmandlardan buyumlarni qafiy nusxada ishlab chiqarishni talab qilardi. Har bir ustaning ustaxonasida qancha dastgoh bo`lishi, nechta shogird va xalfa saqlashi mumkin ekanligi belgilab qo`yilgan. Nizom ustalarga buyurtmachi va xaridorlarni, shogird va xalfalarni bir-biridan o`ziga og`dirib olishni taqiqlardi.
Sexlar bir xil hunarmandlarning boshqalar hisobiga boyib ketmasligiga intilardi.
Sexlarga ustalar tomonidan saylab qo`yiladigan oqsoqollar boshchilik qilardi.

Yüklə 2,13 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   149




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin