Tarixiy manba va adabiyotlar bilan ishlash kompetensiyasi.
Tarixiy illustrasiyalar asosida kichik hikoyalar tuza oladi, tarixiy joylarni xaritadan ko‘rsata oladi
Darsda vaqt taqsimoti:
№
Darsning qismlari
Belgilangan vaqt.
1.
Tashkiliy qism
3 daqiqa
2.
O`tilgan mavzuni takrorlash
12 daqiqa
3.
Yangi mavzu bayoni
14 daqiqa
4.
Mustahkamlash
12 daqiqa
5.
Baholash
2 daqiqa
6.
Uyga vazifa
2 daqiqa
I.Tashkiliy qism. O`quvchilar bilan salomlashiladi, sinf tozaligi kuzatiladi, davomat aniqlanadi, darsga kerakli jihozlar tartibga solinadi.
II.O`tilgan mavzuni takrorlash: O`quvchilardan o`tilgan mavzu so`raladi.Mavzu : Dastlabki salib yurishlari
O`quvchilarga o`tilgan mavzu yuzasidan topshiriqlar beriladi.Interaktiv doskaga klaster metodidan foydalanib quyidagi so`zlar yoziladi.(ilovada 1-rasmga qarang)
Har guruhdan salib yurishlari haqida bilgan o`quvchi o`z ma`lumotini ekranga yozib boradi.Guruhlar rag`batlantirib boriladi.O`qituvchi to`lgan quyoshni umumlashtirib tushuntiradi. Faol guruhga rag`bat kartoshkasi beriladi.
III.Yangi mavzu bayoni: Reja: 1. To`rtinchi salib yurishlari. 2. Lotin imperyasi. 3.Vizantiyaning tiklanishi. 4.Salib yurishlarining tugashi va oqibatlari. O`qituvchi yangi mavzuni slayd orqali o`quvchilarga tushuntirib beradi.Salibchilar borgan hududlarni dunyoning siyosiy xaritasidan va elekrton xaritadan ko`rsatib beradi.
Vizantiyalik salibchilar Vizantiya xarobalarida Lotin imperyasi deb atalgan davlat tuzdilar.
Bu davlatning 1-imperatori etib Flandriya grafi Boldiun saylandi.
Lotinlar bosib olgan hududlarda ritsarlar uchun qasrlar quriladi va dehqonlar ritsarlarga shahsiy qaramlikka tushadilar.
Mahalliy yunonlarning mardanovor qarshiligi tufayli lotinlar Vizantiyani to`liq egallay olmadilar Salib yurishlari to`xtashining asosiy sabablari.Ishlab chiqarish kuchlari o`sa boshladi,O`rmonlar kesib,ekinzorlarga aylantirildi;
Qishloq aholisining yersiz qismi shaharlarga ketdi,Qirol hokimyati kuchaya bordi,ritsarlarga qirol qo`shinida xizmat qilish imkoni yaratildi,Savdogarlar tinch yo`l bilan savdo–sotiq olib borishning afzalligiga ishonch hosil qildilar.Salibchilar Sharqda kuchli xristian davlatini yaratish maqsadiga yeta olmadilar.Yevropaliklar Sharq mamlakatlarida yashab ;shoyi to`qishni,oyna yasashni,shamol tegirmonlarini qurishni o`rgandilar,G`arbda ovqat oldidan qo`l yuvadigan,issiq hammomda cho`miladigan,ich kiyimlarni va ustki kiyimlarni almashtiradigan bo`ldilar.
Mavzu tushuntirib bo`lingandan keyin o`qituvchi bolalarning salib yurishlari haqidagi video lavxani o`quvchilarga ko`rsatadi.Shundan keyin o`quvchilar o`z fikr va mulohazalarini aytadilar ,urushning oqibatlari haqida fikr almashadilar, o`qituvchi o`quvchilarning fikrini to`ldirib boradi. Faol guruhlar rag`batlantirib boriladi.Har guruhdan faol o`quvchilarni o`qituvchi ilg`ab boradi.