Tarbiyaviy: Barkamol avlodga xos odoblilik san’ati va madaniyatini o’rgatish.
O`quv jarayoniga oid kompetensiya: TK 1. matematikaga oid atamalarni to‘g‘ri talaffuz etish; o‘z fikrini aniq ifodalay olish; TK3 masala yechish orqali ijtimoiy hayotdagi vaziyatlarga nisbatan o‘zining ijobiy munosabatini bildira olish; FK 1. 0 dan 100 gacha bo‘lgan sonlarni o‘qiy oladi, yoza oladi, to‘g‘ri va teskari tartibda sanay oladi;
Rivojlantiruvchi:O’quvchilarni og’zaki va yozma hisoblash malakalarini o’stirish.
Dars turi: Yangi tushuncha berish.
Metodi: aqliy hujum , mustaqil ish..
Jihozi: Mavzuga oid ko’rgazma, tarqatmalar, test savollari.
Darsning borishi.
T/R
Bo’limlar
Vaqti
1
Tashkiliy qism
3 daqiqa
2
O`tgan mavzuni mustahkamlash
5 daqiqa
3
Yangi mavzu bayoni
15 daqiqa
4
Yangi mavzuni mustahkamlash
10 daqiqa
5
O`quvchilarni rag`batlantirish. Darsni yakunlash.
10 daqiqa
6
Uyga vazifa
2 daqiqa
Jami
45 daqiqa
I Tashkiliy qism. a) salomlashish, davomotni aniqlash, tozalikni tekshirish
b) ma’naviyat daqiqasi Kun yangiligi
d) ingliz tili daqiqasi 56 -fifty –six, 57 – fifty -seven
II. O’tgan mavzuni so’rash va mustahkamlash. Nazorat:Uy vazifasini tekshirish, og’zaki so’rov, doskada misol va masalalar yechish.
Baholash:Uy vazifasining bajarilishi, mustaqil misollar bajarishiga qarab rag’batlantiriladi.
III Yangi mavzu bayoni 1 – misolda berilgan jadval yordamida yangi mavzuni tushuntirish.
2. Bog‘bon bir tup xurmodan 30 kg, ikkinchi tup xurmodan esa 9 kg ortiq hosil yig‘ib oldi. Bog‘bon ikkala tup xurmodan necha kilogramm xurmo yig‘ib olgan?
Yechish; 30 + 9 = 39
1tupdan – 30 kg xurmo 30 + 39 = 69
2chi tupdan – ? 9 kg ortiq xurmo ? kg Javob: 69 kg xurmo.
O’quvchilarni og’zaki nutqini o’stirish maqsadida kim tez sanaydi musobaqasini o’tkazish.
4. Misol doskada bajariladi. O’quvchilar ishlarini tushuntirib beradilar.
Misolni o’quvchilar mustaqil bajaradilar. Ular ishini kuzatish va baholash.
30+25=55 55-5=50 50+10=60 60+40=100
40+25=65 65-10=55 55+20=75 75+25=100
IV. Yangi mavzuni mustahkamlash.O`quvchilarga o`tilgan mavzular yuzasidan qiyinchilik tug`dirgan joylariga qo`shimcha to`ldirishlar beriladi v ava ularning savollariga javob beriladi misollar ishlanadi.Misolni doskada o`quvchilar tushuntirib yechadilar.