O‘qituvchi: «Ikkinchi shakl nima uchun to‘g‘ri to‘rtburchak deb ataladi?»
O‘quvchi: «Hamma burchaklari to‘g‘ri burchakli bo‘lgani uchun to‘g‘ri to‘rtburchak deb ataladi».
IV. Mustahkamlash.
27-topshiriqda keltirilgan boshqotirmaning javobi rasmda ko‘rsatilgan.
Boshqotirmani yechish uchun «Kim tez topadi?» interfaol metodidan foydalaniladi. O‘quvchilar 3 guruhga bo‘linib, boshqotirmani yechadilar. Guruh sardorlari plakatda ko‘rsatilgan javoblami namoyish etadilar.
V. Uyga vazifa:
31-misol va 32-masala uyga berilib, ularni yechish bo‘yicha tegishli ko‘rsatma beriladi.