Sana: Tershirildi: 2- sinf I chorak takrorlash 1- dars mavzu


Sana:________ Tershirildi:______________ 12-DARS



Yüklə 1,29 Mb.
səhifə15/182
tarix02.01.2022
ölçüsü1,29 Mb.
#45570
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   182
ona tili 2-sinf konspekt 2017

Sana:________ Tershirildi:______________ 12-DARS

Mavzu. Ta'limiy bayon.

Maqsad. Berilgan rasm yuzasidan og'zaki hikoya tuzish; matnni o'qish, savollar yordamida qayta hikoya qilish va bayon yozish ko'nikmasini shakllantirish.

Darsning borishi.

I. Uy vazifasini tekshirish.

II. Rasm yuzasidan og'zaki hikoya tuzish. 35- mashq.

O'quvchilar rasmni ko'radilar, bolalarga ism qo'yadilar.

Ism qo'yilgan har bir bolaning bajarayotgan ishlari haqida hikoya hosil bo'ladigan tartibda gaplar tuzib, hikoya qiladilar. Hikoyaga sarlavha tanlaydilar: «Bog'da», «Bog'bonga yordamlashdik», «Olmazorda» kabi.

III. Matnni o'qib, qayta hikoyalash, savollarga javob yozish.

1. O'quvchilar matnni o'qiydilar va qayta hikoya qilib beradilar.

2. Matn yuzasidan berilgan savollarga javob beradilar. (Savollar doskaga yozib qo'yiladi.)

O'qituvchi sarlavhani qo'yib, har bir savolga berilgan javobni yozishni tushuntiradi. O'quvchilar yana birbor matnni o'qib, savollarga javobni topadilar. (Kitoblar yoptiriladi.) O'quvchiga birinchi savol o'qitiladi. Shu savolga bir yoki ikki o'quvchi javob beradi.

O'qituvchi berilgan javobni to'g'rilab, qayta o'qib beradi. O'quvchilar javobni xatboshidan boshlab yozadilar. Ikkinchi savol o'qitiladi. O'quvchilardan biri javob beradi. Bu javobni ham xatboshidan boshlab yozadilar. Shu tarzda 5 savolga berilgan javoblar xatboshidan yoziladi.

3. Yozilgan matnni tekshirish.

O'quvchilar oldin birinchi savolni doskadan o'qiydilar, so'ng unga yozgan javoblarini bo'g'inlab o'qib, tekshiradilar. Yo'l qo'ygan kam-chiliklarini to'g'rilaydilar. Keyingi savollar va unga berilgan javoblar ham shu tarzda tekshiriladi. O'qituvchi o'quvchilar ishini kuzatib boradi.

IV. O'quvchilar daftari tekshirish uchun yig'ib olinadi.



V. Uyga vazifa. 36- mashq

Yüklə 1,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   182




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin