Sana: Tershirildi: 2- sinf I chorak takrorlash 1- dars mavzu


Mazmunan bog’langan ikki yoki bir necha gap matn deyiladi. Matnga sarlavha qo’yish mumkin



Yüklə 1,29 Mb.
səhifə168/182
tarix02.01.2022
ölçüsü1,29 Mb.
#45570
1   ...   164   165   166   167   168   169   170   171   ...   182
ona tili 2-sinf konspekt 2017

Mazmunan bog’langan ikki yoki bir necha gap matn deyiladi. Matnga sarlavha qo’yish mumkin.

IV. Mustahkamlash.

278-mashq shartiga ko’ra bajariladi.

Yoshlar ijod saroyi

Topshiriq.

Matndan foydalanib, savollarga javob bering va yozing.

1. Toshkentda qanday saroy bor?

2. Yoshlar ijod saroyi qachon barpo etilgan?

3. Saroyda kimlarning asarlari namoyish etiladi?

V.Uyga vazifa.

279-mashq.

VI. Dars yakuni. O’quvchilar daftari tekshiriladi va baholanadi.

124- dars

Mavzu: Matnga sarlavha topish. 281-283- mashqlar.

Maqsad. A) Ta’limiy: Matnni alohida gaplar yig'indisidan farqlash (ajrata olish) ko'nikmasini, matnni qismlarga bo'la olish va og’zaki bayon tuza olish ko'nikmasini o'stirish.

B) Tarbiyaviy: kasblar haqida tushuncha berish va kasb tanlashga yo’llash.

C) rivojlantiruvchi: matn mazmunini savollar yordamida bayon eta bilish ko'nikmasini o'stirish.

Darsning jihozi: mavzuga mos rasmlar.

Darsning uslubi: suhbat, tushuntirish, yarim izlanishli evristik metod.

Darsning borishi:

I. Tashkiliy qism:

Salomlashish;

Davomatni aniqlash;

Darsga tayyorgarlik ko’rish;

Darsning maqsadini aytish,

II. O’tgan mavzuni so’rash va mustahkamlash.

1. Matn xususiyatini kuzatish.

— Siz o'z nutqingizda «matn» so'zidan foydalanasiz. Matn nima? Matn haqida darslikdan o'qing.

O'qituvchi bir misol bilan matnni izohlab tushuntiradi.

Bahor keldi. Mevali daraxtlar gulladi. Bu ikkala gap mazmunan o'zaro bog'langan: awal bahor keladi, keyin mevali daraxtlar gullaydi. «Bahorda» sarlavhasini qo'yish mumkin. Matnda gaplar o'rnini almashtirish mumkin emas.

Bulbul chiroyli sayraydi. Sigir sut beradi. Bular alohida ikkita gap yig'indisi: biri bulbul haqida, ikkinchisi sigir haqida aytilgan; mazmunan o'zaro bog'lanmagan, shuning uchun sarlavha ham qo'yib bo'lmaydi; bu gaplar o'rnini almashtirish mumkin.

III. Yangi mavzu bayoni.

— O'ng tomonda matn, chap tomonda esa alohida gaplar yozilganini qanday topdingiz? (O'ng tomonda boyo'g'li haqida aytilgan uchta gap berilgan. Gaplar mazmunan o'zaro bog'langan. «Boyo'g'li»sarlavhasini qo'yish mumkin. Chap tomonda berilgan ikki gapning biri o'rmon haqida, ikkinchisi boyo'g'li haqida aytilgan; mazmunan o'zaro bog'lanmagan; sarlavha qo'yib bo'lmaydi.)

— O'qish darsida siz matn mazmunini yaxshi tushunish, uni to'g'ri gapirib berish uchun matnni qismlarga bo'lishni o'rgandingiz. Ona tili darsida ham matn bilan ishlashni davom ettiramiz; siz matn yuzasidan berilgan savollarga faqat og'zaki emas, balki yozma javob ham berasiz.

III. Matnni avval tahlil qilib, savollar yordamida mazmunini hikoya qilish va yozish. 281 mashq.

— O'qing va alohida gaplar emas, balki matn ekanini isbotlang. U nima haqida aytilgan? (Chumchuqlar haqida.) Matnga yana qanday sarlavha qo'yish mumkin? («Chumchuqlar uchib keldi».) Matnda nechta qism bor? (Uchta.)

— Matnning boshlanishini o'qing. (1- qism o'qiladi.) Asosiy qismni o'qing. (2- qism o'qiladi.) Xotima (Xulosa) qismini o'qing. (3- qism o'qiladi.)

— Matnning boshlanish qisniidan nimalarni bilib oldingiz? Birinchi savolni o'qing va unga javob bering. Sarlavhani qo'yib, javobingizni xatboshidan yozing.

— Matnning asosiy qismida bolalar haqida nima deyilibdi? Ikkinchi savolni o'qing va unga javob yozing.

— Matnning xulosa qismidan nimalarni bildingiz? (Chumchuqlar yana uchib kelibdi va non uvoqlarini yeya boshlabdi.) Oxirgi savolni o'qing va unga javob yozing.

— Gaplarni to'g'ri yozdingizmi? Tekshiring.

Sizga qaysi kasb yoqadi? Shu haqida og’zaki matn tuzing va gapiring. 3-4 nafar o’quvchiga og’zaki matn tuzdirib gapirtiraman.



IV. Mustahkamlash.

282-mashq mustaqil ravishda bayon yozish beriladi. Mavzuni o’qib, hikoya tuzdiriladi. Reja asosida qayta hikoya qilinadi va yoziladi.

V. Darsni yakanlash.

— Darsda nimalarni o'rgandingiz? Matn nima? Matn qanday qismlardan tuziladi?

O'quvchilar bilganlaricha javob beradilar. O'qituvchi o'quvchilar bajargan ishlari asosida lo'nda xulosalaydi. (Mazmunan o'zaro bog'langan ikki va undan ortiq gaplar matn bo'ladi. Matn mazmunan o'zaro bog'langan qismlardan tuziladi. Matnga sarlavha qo'yish mumkin.)

VI. Uyga vazifa. 283- mashq.


Yüklə 1,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   164   165   166   167   168   169   170   171   ...   182




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin