Sana:________ Tershirildi:______________
4- DARS
Mavzu. Tovushlar va harflar.12-15-mashqlar.
Maqsad. A) ta’limiy: O'quvchilarda tovush va harfni aniqlash ko'nikmasini o'stirish; tovushning so'z ma'nosini farqlashdagi ahamiyati haqidagi boshlang'ich tasavvurni shakllantirish;
b) tarbiyaviy: o’zaro hamkorlikni tarbiyalash;
D) rivojlantiruvchi: so'zlarni taqqoslay olishga o'rgatish.
Darsning borishi.
I. Uy vazifasini tekshirish.
— Nechta gap yozdingiz? Q'qing. Har bir gap oxirida to'xtam (pauza) qiling. (O'quvchilar vazifani bajaradilar.)
— Gapni to'g'ri yozish uchun qaysi qoidani bilish zarur? (Bu haqdagi qoidani darslikdan o'qish mumkin.)
II. Darsning maqsadini aytish.
— Bugungi mavzuning nomini o'qing. (Xattaxtaga yozilgani ochiladi yoki o'quvchilar darslikdan o'qiydilar: «Tovushlar va harflar».)
— Siz tovushlar va harflar haqida nimalarni bilasiz? Yana nimalarni bilishni xohlaysiz? Bugungi darsimizda tovushlarva harflarni ajratishga, so'zni to'g'ri aytishga, talafifuz qilishga o'rganasiz.
— Darslikda berilgan savolni o'qing. Bu savolga javob berish uchun topshiriqlarni bajaramiz. 12- mashq.
III. Tovushlar va harflarning xususiyatlari yuzasidan kuzatish. Yozilgan va aytilgan so'zlarni taqqoslash.
1. O'quvchilar darslikdan savolni va ungajavobni o'qiydilar.
O'qituvchi «Aytgan maqolimning mazmuniga mos so'zlarni topib aytasiz» topshirig'ini berib, «Ko'p o'qigan —...» deydi; o'quvchilar ko'p biladi javobini aytadilar.
Suhbat davom etadi:
— Siz eshitgan yoki o'zingiz talaffuz qilgan so'z nimalardan tuziladi? (Tovushlardan.) Biladi so'zidagi tovushlarni tartibi bilan ayting. Biz so'zni yozishda nimalardan foydalanamiz? (Harflardan.) Tovushlarni yozuvda ifodalaydigan belgi nima deb ataladi? (Harf.) Maqolni yozing.
— Tovush bilan harfni taqqoslang. Tovushni nima qilamiz? Harfni-chi? — so'raydi o'qituvchi. (Tovushni eshitamiz va talaffuz qilamiz; harfni ko'ramiz va yozamiz. Harf — tovushning belgisi.)
2. Ko'rish — eshitish diktanti.
O'qituvchi doskaga tinchlik, uy, vatan so'zlarini yozadi va so'raydi:
— Har bir yozilgan so'z nimalardan tuzilgan? (Harflardan.) Biz talaffuz qilgan yoki eshitgan so'z nimalardan tuziladi? (Tovushlardan.)
Tinchlik, uy, vatan so'zlari aytib turib yozdiriladi.
IV. Tovushlarning so 'z ma 'nosini farqlashdagi ahamiyatini kuzatish.
— Bu darsda nimalarni bilib oldingiz?
Dostları ilə paylaş: |