Sana:________ Tershirildi:______________ 14- DARS
Mavzu. Harf birikmasi bilan ifodalangan undosh tovushlar.37-39-mashq
Maqsad. A) ta’limiy: Harf birikmasi bilan yoziladigan so'zlarni to'g'ri o'qish, bo'g'inlarga to'g'ri bo'lish ko'nikmasini shakllantirish.
b) tarbiyaviy: Vatanga muhabbat hissini tarbiyalash.
d) rivojlantiruvchi: yozish ko’nikmalarini rivojlantirish.
Darsning uslubi: Aralash: tushuntirish, aqliy hujum, og’zaki savol- javob.
Darsning jihozi: darslik, mavzuga oid rasmlar, tarqatma materiallar.
Darsning borishi:
I. Tashkiliy qism:
a) salomlashish;
b) darsga hozirlik ko’rish;
d) Husnixat yozish.
II. O’tgan mavzuni so’rash va mustahkamlash:
Hikmatning ma'nosini ayting.
Umrni zoye etma, mehnat qil,
Mehnatni saodating kaliti bil.
Alisher Navoiy
Ko'chiring. Harflar birikmasining tagiga chizing.
Alisher Navoiyning yana qaysi hikmatlarini bilasiz?
III. Yangi mavzu bayoni. : 37-mashq. Ajratib ko'rsatilgan so'zlarni ko’chiring.
Til topishdi
Uchrashdilar — G'o-g'o-g'o.
G'oz va O'rdak. Bir zumda til
— Isming nima? Topishdi.
— Menikimi? O'ynagani
G'oq-g'oq-g'oq. Chopishdi.
Seniki-chi?
Harflar birikmasining tagiga chizing. Ular qaysi tovushlarni ifodalayapti?
II. Harf birikmali so 'zlarni to 'g 'ri o 'qish va bo 'g 'inlarga to 'g 'ri bo 'lish ko'nikmasini shakllantirish. 37- mashq.
III. Half birikmali so'zlarni to'g'ri o'qish ko'nikmasini o'stirish. 38- mashq.
IV. Darsni yakunlash.
— Nimalarni bilib oldingiz? (Uchta undosh tovushning harf birikmasi bilan ifodalanishini bilib oldik — ch, sh, ng.)
V. Uyga vazifa. 39- mashq.
Dostları ilə paylaş: |