Sana: Tershirildi: 2- sinf I chorak takrorlash 1- dars mavzu


O’TIBDO’:------------------------Karimova.X.A



Yüklə 1,29 Mb.
səhifə46/182
tarix02.01.2022
ölçüsü1,29 Mb.
#45570
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   182
ona tili 2-sinf konspekt 2017

O’TIBDO’:------------------------Karimova.X.A
Sana:-------.2016

40- DARS

Mavzu. Bo'g'inga bo’linmaydigan so’zlar. 87-90-mashqlar.

Maqsad. O'quvchilarda so'zlarni bo'g'inlarga bo'lish va bo'g'inlab ko'chirish ko'nikmasini o'stirish; so'zlarni qiyoslash ko'nikmasini shakllantirish.

Darsning borishi.

I. Uy vazifasini tekshirish.

II. Bo'g'in ko'chirish uchun bo'linmaydigan so'zlar ustida ishlash.

O'quvchilar darslikdagi savolni o'qiydilar. (Qanday so'zlar bo'g'in

ko'chirish uchun bo'linmaydi?) Javobni darslikdan o'qib aytadilar.

III. 87-88- mashqlar bajariladi.

IV. Saylanma diktant.

O'qituvchi ona, onajon; sinf, sinfdosh; dars, darslik; o'qi, o'quvchi kabi so'zlarni jufti bilan aytadi. O'quvchilar keyingi yo'lga bo'g'inlab ko'chiriladigan so'zlarni bo'g'in ko'chirish uchun bo'lib yozadilar: ona -jon,...



V. «Ortiqchasini toping» o'yini.

O'quvchilarga: «Bo'g'in ko'chirish qoidasini eslang; har bir ustundagi so'zlarni o'qib, o'zaro qiyoslang va ortiqcha so'zni toping», deb topshiriq beriladi.

bosh sigir tog'a
burun ot xola

quloq echki opa

(Birinchi ustunda bosh, ikkinchi ustunda ot, uchinchisida opa so'zlari ortiqcha.)

Har bir qatordan bittadan o'quvchi xattaxtaga chiqariladi. Ular so'zlarning ortiqchasini topib tagiga chizadilar va nima uchun ortiqchaligini tushuntiradilar. Masalan, birinchi ustundagi so'zlardan bosh so'zi ortiqcha, chunki bu-run, qu-loq bo'g'in ko'chirish uchun bo'linadi, bosh so'zi esa bo'linmaydi (bir bo'g'inli so'z).



VI. Tarqatma materiallar bilan ishlash.

VII. Uyga vazifa. 90- mashq.





Yüklə 1,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   182




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin