Sanoat binolarining hajmiy – rejaviy yechimi


Binolarning tuzilmaviy sxemalari



Yüklə 107,01 Kb.
səhifə4/4
tarix06.12.2022
ölçüsü107,01 Kb.
#72550
1   2   3   4
sanoat

Binolarning tuzilmaviy sxemalari.
Tuzilmaviy sxemalari bo‘yicha sanoat binolar karkasli, karkassiz, to‘liqsiz karkasliga bo‘linadi.
Bir qavatli sanoat binolari karkasi fazoviy sistemali bo‘lib, ko‘ndalang ramalar harorat bo‘lagi oralig‘ida yopma plitalar bog‘lovchilar bilan ba’zi hollarda stropila osti tuzilmalari bilan birlashtiriladi.
Ko‘ndalalang rama ustunlar va stropila tuzilmalar (rigellardan) tashkil topadi.
Karkasli binolarda hamma vertikal va gorizontal yuklarni karkas elementlari qabul qiladi, devorlar (o‘z yukini ko‘taruvchi, osma) faqat yopma vazifasini o‘taydi.
Karkasli tuzilmaviy sxema, xonalari oddiy rejalash, yig‘ma elementlarni maksimal unifikasiyalashda, bir va ko‘p qavatli binolar iqtisodiy yechimini topishda qulay hisoblanadi.
Karkassiz bir qavatli binolar, yuk ko‘taruvchi devorli bo‘lib, unga oralig‘i 12 m gacha, balandligi 6 m, kranning yuk ko‘tarishi 5 t gacha bo‘lgan syexlari joylashadi.
Ikki oraliqli yoki ko‘p, kransiz yoki kranni yuk ko‘tarishi kamroq bo‘lgan binolar, bahzi hollarda to‘liqsiz karkasli loyihalanadi. Bunday binolarning devor tagi ustunlari yo‘q bo‘lib, tashqi devorlar yuk ko‘tarish va o‘rash vazifasini bajaradi.
Alohida ishlab chiqarish rejimidagi sanoat binolariga issiq namlik ko‘p bo‘lgan, kimyoviy, yonadigan va portlaydigan mahsulot chiqaradigan syexlar kiradi.
Loyihaning texnologik qismini tayyorlashda ko‘rilgan maxsus tadbirlar, bino tuzilmalariga bo‘ladigan ishlab chiqarishni salbiy tahsirlarini qisman kamaytiradi.

Universal sanoat binolari. Texnologiya o‘zgarishi ishlab chiqarish va asbob – uskunalar yaxshilanishi hisobiga chiqarayotgan mahsulotga iqtisodiy tomondan yuqori talab qo‘yilishi bahzi uncha katta bo‘lmagan zavod syexlarini qayta jihozlashga to‘g‘ri keladi. Bir xil texnologik jarayonga moslangan sanoat binosi texnikaning rivojlanishi natijasida bir necha yildan keyin talabga javob bermay qoladi. Unday binolarni kengaytirish (rekonstruksiya) ko‘p vaqt va mablag‘ talab qiladi (Rasm 7).
Shuning uchun hozirgi vaqtda sanoat rivojlanishiga qarab, ishlab - chiqarish texnologiyasi o‘zgarishi yoki har hil ishlab chiqarish joylashadigan, qurilish tuzilmalariga tahsir qilmaydigan universal sanoat binolari qurilmokda. (mashinasozlik, qora metallurgiya, kimyoviy universal sanoat binolar.) Universal sanoat binolarining yuqori darajasi mustahkam bo‘lishi, foydalanish vaqti uzoq bo‘lishi hisobga olinib loyihalanmoqda. Universal binolarda ichki tayanchlarni kam bo‘lishi, texnologik jarayonni yangilashga oraliqlarda bo‘ylama va ko‘ndalangiga texnologik oqimlarni tashkil qilishga qulaylik tug‘diradi, undan tashqari binoda yuk ko‘taruvchi elementlar sonini kam bo‘lishi, bino tannarxi va qurilish vaqtini qisqartiradi.

.




Rasm 7.Tipovoy seksiyali universal bino loyihasi
a – reja, b – bo‘ylama qirqim va fasad yechimi ko‘rinishi, v – shuni o‘zi, ko‘ndalangiga

Adabiyotlar:



  1. Serbinovich P. P. Arxitektura promshlennix zdaniy. M. 1982.

  2. Orlovskiy B. Ya. Arxitektura grajdanskix i promshlennix zdaniy. M. 1991.

  3. Kutuxin Ye. G., Korobkov L. G. Konstruksi promshlennix

i selskoxozyaystvennix zdaniy. M. 1995.

  1. Shubin L.F. Arxitektura promshlennix zdaniy. M. 1986.

Yüklə 107,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin