Ishlab chiqarishning u yoki bu xavfli omillarining paydo bo‘lishi texnologik jarayon, uskunalar konstruksiyasi, mehnatni tashkillashtirish darajasi va unga o‘xshashlarga bog‘liq bo‘ladi
Ishlab chiqarishning u yoki bu xavfli omillarining paydo bo‘lishi texnologik jarayon, uskunalar konstruksiyasi, mehnatni tashkillashtirish darajasi va unga o‘xshashlarga bog‘liq bo‘ladi.
Ishlab chiqarishning u yoki bu xavfli omillarining paydo bo‘lishi texnologik jarayon, uskunalar konstruksiyasi, mehnatni tashkillashtirish darajasi va unga o‘xshashlarga bog‘liq bo‘ladi.
Ishlab chiqarishning xavfli omillari namoyon bo‘lish harakteri bo‘yicha ochiq va yopiq turlarga bo‘lish mumkin. Ochiq xavfli omillar ochiq tashqi belgilari mavjudligi bilan harakterlanadi. Bunga mashinalarning harakatlanayotgan qismlari, yong‘in, ko‘tarilgan va tarozidagi osilgan holda turgan yuklar kiradi.
Yopiq xavflar mashina, mexanizm, jihoz va asboblardagi ko‘zga ko‘rinmas nukson va kamchiliklar yoki ma’lum avariya va xavfli holatlarda paydo bo‘ladigan kamchilik ko‘rinishda bo‘ladi.
Mashina va mexanizmlarning xavfli zonalari.Ishchilar xavfning manbaiga bevosita tekkanda yoki unga yo‘l qo‘yib bo‘lmaydigan masofaga yaqinlashganda jarohatlanishi mumkin. Inson sog‘ligiga va hayotiga xavftug‘diradigan xavfli ishlab chiqarish omillari doimo mavjud bo‘lgan yoki vaqti-vaqti bilan namoyon bo‘ladigan fazo xavfli zona hisoblanadi.
Mashina va mexanizmlarning xavfli zonalari. Ishchilar xavfning manbaiga bevosita tekkanda yoki unga yo‘l qo‘yib bo‘lmaydigan masofaga yaqinlashganda jarohatlanishi mumkin. Inson sog‘ligiga va hayotiga xavftug‘diradigan xavfli ishlab chiqarish omillari doimo mavjud bo‘lgan yoki vaqti-vaqti bilan namoyon bo‘ladigan fazo xavfli zona hisoblanadi.
Xavfli zona harakatlanayotgan, aylanayotgan elementlar atrofida, ko‘tarish-transport mashinalari bilan harakatlantirilayotgan yuklar yaqinida hosil bo‘lishi mumkin (7.1-rasm). Himoya vositasini tanlashda eng muhim holat xavfli zonalar o‘lchamini (chegarasini) belgilash hisoblanadi.
7.1.-rasm. Xavfli zonalar: 1-tishli uzatmalardagi; 2-tasmali uzatmadagi (zanjirli); 3-kadanli o‘zatmadagi; 4-aylanma valiklardagi; 5-charxlash stanogidagi; 6-diskli arradagi; 7-old surgichi bor traktorlardagi; 8-yuk ko‘tarish mexanizmdagi; 9-kesuvchi apparatdagi; a-doimiy xavfli zonalar, b-fazoda xavf doimiy bo‘lmagan zonalar.