Sanoat ishlab chiqarishni tashkil etish


Ish haqidan ushlanmalar va majburiy ajratmalar hisobi



Yüklə 0,74 Mb.
səhifə76/195
tarix23.04.2023
ölçüsü0,74 Mb.
#101722
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   195
Бухгалтерия ҳисоби - дарслик 2019

Ish haqidan ushlanmalar va majburiy ajratmalar hisobi. Xodimlar daromadidan ajratmalar, xodimlarga hisoblangan sof to’lov.

Korxonalarda ishchi va xodimlarga hisoblangan ish haqidan byudjet va byudjetdan tashqari to’lovlar uchun ma’lum majburiy soliqlar hamda boshqa majburiy to’lovlar amalga oshiriladi. Ayrim holatlarda O’zbekiston Respublikasi Mehnat Kodeksiga binoan umumiy qoidaga ko’ra, xodimning yozma roziligi bilan bunday rozilik bo’lmagan taqdirda esa - sudning qaroriga asosan ish haqidan ushlanmalar ushlab qolinishi mumkin.


Daromad miqdoridan qat’iy nazar O’zbekiston Respublikasining barcha fuqorolari, chet el fuqarolari va fuqaroligi bo’lmagan shaxslar soliqqa tortiladi.
Agar fuqoroning korxonasidan oladigan ish haqidan tashqari yana boshqa daromadlari bo’lsa, har yili ish haqisini ham qo’shgan holda olingan daromadlarining umumiy summasi to’g’risida soliq inspeksiyasiga deklaratsiya topshirishi kerak.
SHuningdek, soliq to’lovchining asosiy ish joyidan olingan soliqqa tortiladigan daromadidan har oyda qonun bilan belgilangan eng kam oylik ish haqi summasi chiqarib tashlanmaydi. Jismoniy shaxslardan daromad solig’i yagona shkala stavkasi bo’yicha yillik jamg’arma maxsus jadval bo’yicha ushlanadi.
Jismoniy shaxslarning ish haqisi va boshqa daromadlaridan ushlangan daromad solig’i summasi korxona tomonidan byudjetga o’z vaqtida va to’liq o’tkazib berilishi kerak.
Fuqarolarning daromadlaridan davlat byudjeti foydasiga ushlangan soliq summalarini hisobga olish uchun 6410 «Byudjetga to’lovlar bo’yicha qarz (turlari bo’yicha)» passiv schyoti qo’llaniladi. Bu schyotning kredit qoldig’i korxonaning byudjetdan bo’lgan qarzini ko’rsatadi, debet oboroti – byudjetga o’tkazib berilgan summani ko’rsatadi; kredit oboroti – ishchi va xizmatchilarning ish haqlaridan ushlangan soliq summasini ko’rsatadi.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining «O’zbekiston Respublikasining 2017 yilgi asosiy makroiqtisodiy ko’rsatkichlari prognozi va davlat byudjeti parametrlari to’g’risida»gi (27.12.2016 yildagi PQ-2699-son) Qarori bilan 2017 yil uchun soliqlar va majburiy to’lovlar stavkalari tasdiqlandi. Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig’i stavkalari 2016 yilgi darajada saqlab qolindi:
•eng kam ish haqi summasidan –nolь, eng kam - 7,5%, o’rta - 17% va eng yuqori - 23% stavkali to’rt bosqichli shkala.




Soliq solinadigan daromad

Yillar

Soliq stavkasi

1.




2016

daromad summasidan 0 foiz

2.

eng kam ish haqining bir baravaridan (+1 so’m) besh baravarigacha miqdorda

2016


daromad summasining 7,5 foizi

3.

eng kam ish haqining besh baravaridan (+ 1 so’m) o’n baravarigacha miqdorda

2016

besh baravar miqdordan soliq 
+ eng kam ish haqi miqdorining besh baravaridan oshadigan summaning 
17 foizi

4.

eng kam ish haqining o’n baravaridan (+ 1 so’m) va undan yuqori miqdorda

2016

o’n baravar miqdordan soliq 
+ eng kam ish haqi miqdorining o’n baravaridan
oshadigan summaning 
23 foizi

Jismoniy shaxslardan daromad solig’ini hisoblash uchun quyidagi izohlarni berish lozim:



  1. Soliq solinadigan daromadlar guruhlari bo’yicha soliq solish shkalasi yil boshiga – 2016 yil 1 yanvarga belgilangan eng kam ish haqi miqdoridan (130 240 so’m), 2017 yilda esa 149775 so’mdan kelib chiqib aniqlanadi va yil davomida eng kam ish haqi miqdori o’zgargan taqdirda ham qayta ko’rib chiqilmaydi.

  2. Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig’i summasini hisoblab chiqarish maqsadida, eng kam ish haqi miqdori yil boshidan ortib boruvchi yakun bilan hisobga olinadi (yil boshidan boshlab tegishli davrning har bir oyi uchun eng kam ish haqining jami summasi).

  3. Belgilangan stavkalardan kelib chiqib hisoblangan, byudjetga to’lanadigan jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig’i summasi fuqarolarning shaxsiy jamg’arib boriladigan pensiya schyotlariga o’tkaziladigan, jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig’i solinadigan daromadlaridan «0» stavka bo’yicha soliq solinadigan daromadni (eng kam ish haqini) chegirgan holda 1 foiz miqdorida hisoblab chiqariladigan har oylik majburiy badallar summasiga kamaytiriladi.

  4. Qonun hujjatlariga muvofiq eng kam stavka bo’yicha soliq solinadigan jismoniy shaxslarning alohida daromad turlarini soliqqa tortish maqsadida eng kam stavka 7,5 foiz miqdorida qo’llaniladi.

2017 yil yanvarь oyi uchun jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig’i stavkalari va hisoblash tartibi





Soliq solinadigan daromad miqdori (so’m)

Soliq summasi (so’m)

149775 so’mgacha

0 %

149775 dan 748875 (5 x 149775) gacha

Daromad summasining 7,5 %, ya’ni 44932.50 so’m

748875 dan 1 449 750 (10 x 149775) gacha

44932.50 + 748875 dan ortiq bo’lgan summaning 17 %, ya’ni 127308.50 so’m

1 449 750 va undan yuqori,
masalan 2000000 so’m – 1449750 so’m

44932.50+127308.75 + 1 449 750 dan ortiq bo’lgan summaning 23 %, ya’ni 115517.50

Jami daromad solig’i

287758.75 so’m

SHaxsiy jamg’arib boriladigan pensiya hisobi bo’yicha majburiy jamg’arib boriladigan pensiya badallari stavkasi 1 % miqdorida belgilangan. Yuqoridagi misolda 2000000*1%h20000. Ushbu summa hisoblangan daromad solig’idan ushlab qolinadi:


SHaxsiy jamg’arib boriladigan pensiya hisobi bo’yicha majburiy jamg’arib boriladigan pensiya badallari summasi: 20000 so’m.
Byudjetga o’tkaziladigan daromad solig’i summasi:
287758,75 so’m– 20000 so’mh 267758,75 so’m.
2016 yil uchun sug’urta badallari stavkasi 7,5 % miqdorida belgilangan edi, 2017 yil uchun esa sug’urta badallari stavkasi - 8,0 %. Yuqoridagi misol bo’yicha:
2000000 so’m * 8% h 160000 so’m.
SHunday qilib, xodimning qo’liga beriladigan summa quyidagicha aniqlanadi:
2000000 – (287758,75+160000) h 1552241,25 so’m
Ish haqidan daromad solig’i va boshqa ushlanmalar amalga oshirilganda quyidagi o’tkazmalar beriladi:
Debet 6710 Mexnat xaqi bo’yicha xodim bilan
hisoblashishlar schyoti – 447758,75
Kredit 6410 Byudjetga to’lovlar bo’yicha qarz
(turlari bo’yicha) schyoti – 287758,75
Kredit 6510 Sug’urta bo’yicha to’lovlar schyoti - 160000,00
Xodimlarga hisoblangan ish haqidan qonunchilikka binoan barcha ushlanmalar amalga oshirilgandan so’ng ish haqi naqd pul ko’rinishida berilganda quyidagi buxgalteriya o’tkazmasi amalga oshiriladi:
Debet 6710 Mexnat xaqi bo’yicha xodim bilan
hisoblashishlar schyoti
Kredit 5010 Kassa
Agar ish haqi belgilangan vaqtda xodim tomonidan olinmasa, olinmagan summa deponent qilinadi va keyingi davrlarda to’lanadigan summa sifatida majburiyat aks ettiriladi:
Debet 6710 Mexnat xaqi bo’yicha xodim bilan
hisoblashishlar schyoti
Kredit 6720 Deponentlangan ish haqi
Mehnatga haq to’lash bo’yicha buxgalteriya hisobi ma’lumotlari moliyaviy hisobotlarda xarajatlar hamda majburiyatlar sifatida aks ettiriladi.


Yüklə 0,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   195




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin