3.4. To’plangan axborotlarni tahlil qilish va qayta ishlash Marketing tadqiqotlari jarayonida olingan ma’lumotlar qayta ishlanishi, umumlashtirilishi kerak. Bunda 3 soha ajratiladi:
tartibga solish;
masshtablashtirish;
umumlashtirish va tahlil qilish.
Ma’lumotlarni tartibga solish ma’lumotlarni kategoriya bo’yicha, ularni tahrirlash va natijalarni kodlashtirish, shuningdek ularni toifalashtirishdan iborat. Kategoriya bo’yicha ma’lumotlarni tartibga solish oldindan berilgan shartli sinf yoki zonalar bo’yicha amalga oshiriladi.
Tahrirlash deganda ishlash imkoniyati ko’rinishga ega bo’lgan ma’lumotlarni ko’rib chiqish tushuniladi. Ko’rib chiqilgan materiallar ma’lumotlarini jalval ko’rinishila ko’rsatish ularni tabullashtirishni bildiradi.
SHkalalashtirish aniq o’lchamlari orqali aniqlash asosida ma’lumotlarni klassifikatsiyalashni bildiradi. Amaliyotda nominal shkala, tartibli shkala va son shkalalari qo’llaniladi.
Axborotlarni qayta ishlash uchun yozma va tahliliy uslublar ishlatiladi. Marketingda tahliliy uslublar ichida ko’proq: trend tizimi, regressiya va korrelyatsiya uslubi, diskriminant tahlil, klaster tahlili, omillar tahlili va boshqalar qo’llaniladi.
Axborotni qayta ishlash, hisoblash va boshqarish uchun tayyorlash mashina texnikasi vositasi yordamida amlaga oshiriladi. Bajariladigan hisoblarning aniq va operativligiga qo’yiladigan talablarga qarab, shuningdek, ularning xarakteriga ko’ra hisoblash jadvallari va monogrammalar, hisoblash asboblari, hisoblash mashinalari, kompьyuterlar ishlatiladi.
Nazorat va mulohaza uchun savollar 1. Marketing axboroti tizimini tuzilishi qanday?
2. Ichki hisobot tizimida nimalar ko’rsatiladi?
3. Marketing axborotini asosini nimalar tashkil etadi?
4. Amaliyotda axborot to’plashni qanday uslublari qo’llaniladi?
5. Turli ma’lumotlar va statistik adabiyotlarni o’rganish bozorni tadqiq qilishning qanday turiga kiradi ?
a) kabinet tadqiqotlari
b) dala tadqiqotlari
v) tadqiqotga kirmaydi
g) hamma javoblar to’g’ri
d) to’g’ri javob yo’q
6. Marketing axborot tizimini amalga oshirish uchun qanday asosiy jarayonlarni tashkil etish zarur
a) to’plash, qayta ishlash, tahlil, ma’lumotlarni o’zatish va saqlash
b) korxonani boshqarish bo’yicha qaror qabul qilish
v) marketingni boshqarish bo’yicha qaror qabul qilish
g) hamma javoblar to’g’ri
d) to’g’ri javob yo’q
7. Marketing axboroti qayta ishlash bosqichiga bog’liqligiga qarab qanday bo’lishi mumkin?
a) tashqi
b) ichki
v) birlamchi
g) hamma javoblar to’g’ri
d) to’g’ri javob yo’q
8. Marketing axborotlar tahlili tizimi o’z ichiga nimalarni oladi?
a) ma’lumotlar bazasini
b) marketing axborot tizimini
v) uslublar va modellar bankini
g) hamma javoblar to’g’ri
d) to’g’ri javob yo’q.