Yangi tovarni ishlab chiqish - korxonaning o’z kuchi bilan IITKI o’tkazish asosida original, sifati yaxshilangan va modifikatsiyalangan mahsulotlarni yaratish jarayoni. Bu jarayon odatda g’oyalarni ishlab chiqish, tanlash, yangi tovar kontseptsiyasini ishlab chiqish va uni tekshirish, marketing strategiyasini ishlab chiqish, biznes tahlili, yangi mahsulotni ishlab chiqish, sinov marketingi va tijoratlantirishdan iborat bo’ladi.
«MARKETING»
fanining
O’QUV DASTURI
Bilim sohasi: 300000 – Ijtimoiy fanlar, iqtisod va huquq
Ta’lim sohasi: 340000 – Iqtisod va biznes
Ta’lim yo’nalishi: 5340300 –Marketing (tovarlar va xizmatlar)
Toshkent-2015
Fanning o’quv dasturi Oliy va o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi o’quv-uslubiy birlashmalari faoliyatini Muvofiqlashtiruvchi kengashining 2015 yil 07 sentabrdagi 32-son majlis bayoni bilan ma’qullangan.
Fanning o’quv dasturi Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida ishlab chiqildi.
Tuzuvchilar:
Ergashxodjaeva SH.J. – “Marketing” kafedrasi mudiri, dotsent, iqtisod fanlari doktori.
Qosimova M.S. – “Marketing” kafedrasi professori, iqtisod fanlari doktori.
Yusupov M.A. – “Marketing” kafedrasi dotsenti, iqtisod fanlari nomzodi.
Taqrizchilar:
Qorieva Yo.– TDIU “Tashqi iqtisodiy faoliyat” kafedrasi mudiri,
professor, iqtisod fanlari doktori.
Azimova M.A. – “Fayz” xolding kompaniyasi bosh direktori, iqtisod fanlari nomzodi.
Fanning o’quv dasturi Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti O’quv-uslubiy kengashining 2015 yil 26 avgustdagi 1-sonli majlis bayoni bilan tavsiya etilgan.
KIRISH
Bugungi kundagi iqtisodiyot tarkibini tubdan o’zgartirish, uni diversifikatsiyalash va modernizatsiyalash qilish, islohotlarni davom ettirish va chuqurlashtirish sharoitida marketing sohasidagi xalqaro andozalarni mamlakatimiz ta’lim tizimida qo’llash bo’yicha ishlarni olib borish hozirgi kunning eng dolzarb masalasi bo’lib hisoblanadi.
Ushbu namunaviy o’quv dasturida “Marketing” faniga tegishli bo’lgan barcha mavzular bo’yicha talabalarga Davlat ta’lim standartlari asosida yetkazilishi shart bulgan minimum bilimlar va ko’nikmalar to’la qamrab olindi.
Marketing - bozorda vujudga keladigan iqtisodiy munosabatlarni faollashtirish uslublarini, tovarlarni ishlab chiqarish hamda sotish muammolarini kompleks, tizimli yechish uslublarini, bozorda vujudga keladigan o’zgarishlarga tezda moslashish, iste’molchilarga tabaqali yondashish, raqobatbardosh yangi tovarlarni vujudga keltirish va ularni ishlab chiqarishni tashkil etish, kon’yunkturani o’rganish va prognoz qilish hamda ta’sirchan reklamani rivojlantirish masalalarini o’rganishni o’z oldiga maqsad qilib qo’ygandir. Bu borada mamlakatimiz Prezidenti ta’kidlab o’tganlaridek: “Keyingi vaqtda jahon bozorida narxni keskin tushib ketgan xom ashyo resurslarini eksport qilish amaliyotidan imkon qadar tezroq qutilish, tayyor raqobatdosh mahsulotlar eksportini faol oshirish va bu mahsulotlar yetkazib beriladigan mamlakatlar geografiyasini yanada kengaytirishimiz zarur. Bu borada yangi bozorlar, yangi transport yo’laklarini topish, bir so’z bilan aytganda, faol marketingga asoslangan tashqi iqtisodiy siyosat yuritish zarur”1
Xo’jalik yurituvchi sub’ektlar faoliyatini tubdan yaxshilash, sotuvchilar va xaridorlar uchun eng qulay shart-sharoitlarni yaratish, shu orqali aholining talab-ehtiyojini qondirib, ularning turmush tarzi darajasini yuksaltirish, marketing faoliyatini amalda keng qo’llash bilan bog’liq bo’lib, bu esa «Marketing» fanining hozirgi davrda dolzarbliligidan dalolat beradi.
Dostları ilə paylaş: |