Sanoat korxona (firma)lari o‘rtasidagi ishlab chiqarish іqtisodiy aloqalarining turlari va ularni rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlari. Korxona strategiyasini hal etishda ishlab chiqarishni ilmiy-texnik tayyorlashning o’rni


Ishlab chiqarishni konstruktorlik, texnologik va tashkiliy tayorlash mazmuni



Yüklə 21,85 Kb.
səhifə3/3
tarix03.10.2023
ölçüsü21,85 Kb.
#151752
1   2   3
sanoat iqtisodiyoti-1 topshiriq

Ishlab chiqarishni konstruktorlik, texnologik va tashkiliy tayorlash mazmuni.
Konstruktorlik tayyorgarlik biron bir yangi mahsulot yoki texnologiyani loyihalashtirish bilan bog‘liq bo‘lgan ishlardan tashkil topadi.
Konstruktorlik tayyorgarlikni amalga oshirishda iqtisodiy hisob-kitoblar katta ahamiyatga ega bo‘ladi, chunki ular yangi mahsulot ishlab chiqarishni yoki modernizatsiya qilishning maqsadga muvofiqligini aniqlab bo‘ladi, sarflanadigan xarajatlar «min» bo‘lgan sharoitlarni yaratishlari lozimdir.
Mashina va priborlarning yangi turlarini ishlab chiqarish jarayonida ularning texnik afzalligini xarakterlovchi quyidagi ko‘rsatkichlar hisobga olinadi:
- yangi mashina va priborlarni (mahsulotlarni) yaratishga sarflangan mehnat sig‘imi;
- mahsulot o‘lchovi;
- metalldan foydalanish koyeffitsiyenti;
- mahsulot tannarxi va boshqalar.
Yangi mahsulot yaratish quyidagi bosqichlardan tarkib topadi:
1. Texnik vazifalarni ishlab chiqarish;
2. Texnik taklifni tuzish;
3. Eskiz loyihasini yaratish;
4. Texnik loyihalashtirish;
5. Ishchi hujjatlarni ishlab chiqarish.
Texnik vazifada ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning barcha texnik iqtisodiy xarakteristikalari, ularga quyidagi talablar, ekspluatasiya qilish shartlari aniq belgilab beriladi. Texnik vazifaga (ko‘ra) asoslanib texnik taklif ishlab chiqariladi. Unda mahsulotni ishlab chiqarishning texnik-iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiq ekanligi asoslab beriladi, mumkin bo‘lgan bir necha variantlar solishtiriladi, mehnatni loyihalashtirish va ishlab chiqarishga sarflangan harakatlarning hisobkitobi, undan olinadigan iqtisodiy samara hisob-kitob beriladi.
Eskiz loyihasi tanlangan texnik parametrlarni va iqtisodiy ko‘rsatkichlarni tekshirish imkoniyatini beruvchi hujjatdir. eskiz loyihasi ishlab chiqarilayotgan mahsulotni umumiy ko‘rinishi chizmasidan, mahsulotning tuzilishi va ishlash prinsipi, asosiy o‘lchovlari, tannarxi to‘g‘risida tushuncha beruvchi, konstruktiv yechimlardan tashkil topadi.
Texnik loyiha eskiz loyihani to‘ldirish natijasida tuzilib, mahsulotning barcha asosiy bo‘g‘inlarini yaratish, barcha ko‘rsatkichlarni aniqlashtirishdan iborat. Ishchi loyihani tuzishda, barcha hujjatlar ishlab chiqish yakunlanadi, ishlab chiqarilayotgan mahsulotning barcha ko‘rsatkichlarini ko‘rsatuvchi ishchi chizma, tushuntirish xati, ekspluatatsiya qilish instruksiyasi, tajriba prtokollari beriladi.
Konstruktorning asosiy vazifasi tuzilishi jihatdan sodda va ixcham, lekin texnik jihatdan takomillashgan chidamli mahsulot yaratishdan iboratdir. Yaratilayotgan mahsulotning iqtisodiyligi:
Ishlab chiqarish jarayonida – konstruksiyani normalashtirish darajasi bilan, metallar sarfi, mehnat sarfi, tannarx, texnologik ishi bilan;
Ekspluatatsiya jarayonida – unumdorligi, xizmat ko‘rsatish davomida ish birligiga to‘g‘ri keladigan mehnatning iqtisod qilish bahosi, qoplash muddati bilan xarakterlanadi.
Yirik korxonalarda konstruktorlik tayyorgarlik bilan bosh konstruktor bo‘limi shug‘ullanadi. Kichik korxonalarda esa, ishlab chiqarishni tayyorlash yagona bo‘limi bu ish bilan shug‘ullanadi. Texnologik tayyorlash o‘z ichiga texnologik jarayonlarni takomillashtirish, texnik jihatdan asoslangan normalarni ishlab chiqish, texnik nazorat usullarini tanlash, maxsus asboblarni tayyorlashga qaratilgan chora-tadbirlarni oladi.
Texnologik tayyorgarlik ikki bosqichda amalga oshriladi.
Birinchi bosqichda konstruktorlik bo‘limida tayyorlangan barcha chizmalar tekshirilib, tahlil qilinadi.
Ikkinchi bosqichda esa ishchi chizmalarga, detallarning harakat yo‘nalishlariga, texnik shartlariga, ishlab chiqarish vositalarining hujjatlariga asoslanib loyihalashtirilayotgan mahsulotning barcha detal va bo‘g‘inlari uchun texnologik jarayonlar ishlab chiqiladi va texnologik marshrut kartalarda aks ettiriladi. Texnologik jarayonlarni tuzish ishlab chiqarish turi va operatsiyalar murakkabligiga bog‘liq.
Yirik seriyali va ommaviy ishlab chiqarish sharoitida texnologik jarayon to‘lig‘icha detallashtiriladi. Operatsiya va uzatishlarga taqsimlanadi, ishlab chiqarish vositasi tanlanadi, samarali ishlov berish tartibini o‘rnatiladi, barcha ishlarni normallashtirish amalga oshiriladi. Bularning natijasida operatsion karta tuziladi. Yakka tartibli va kichik seriyali ishlab chiqarishda esa, faqat marshrut kartalari tuziladi xolos. Unda faqat asosiy operatsiyalar ko‘rsatilib, vositalarni tanlash va ishlov berish tartibi sex va uchastkalarda amalga oshiriladi.
Texnologik tayyorgarlikning yakuniy qismda yangi texnologik jarayonlarni o‘nglash va ishlab chiqarishga joriy qilish amalga oshiriladi.
Ishlab chiqarishni texnik tayyorlashni rejalashtirish uchun boshlang‘ich ma‘lumot bo‘lib, ishlab chiqarish ob‘yektlari tarkibi, har bir ob‘yekt bo‘yicha ishlab chiqarish dasturi, yangi mahsulotni o‘zlashtirish muddatlari normativlari hisoblanadi.
Ishlab chiqarishni texnik tayyorlashni rejalashtirishda kalendar rejalar tuziladi, zaruriy mehnat, moddiy va pul mablag‘lari miqdori aniqlanadi. Konstruktorlik va texnologik loyihalar bo‘yicha ishlar hajmi kishi-soatlarda, texnik jarayonlarni moddiy jihozlash bo‘yicha ishlar norma-soat yoki natural birliklarda aniqlanadi.
Ishlab chiqarishni texnik tayyorlash mehnat sig‘imini hisoblash uchun quyidagi usullardan foydalaniladi:
dastlabki me‘yorlashtirish;
namuna bo‘yicha me‘yorlash;
detalli me‘yorlash;
Dastlabki me‘yorlashtirish yangi mahsulot korxona ishlab chiqarish turiga mos kelgan holatda qo‘llaniladi. Konstruktor yangi mashina yoki jihozning konstruksiyasi borasida umumiy ma‘lumotga ega bo‘lib, rejalashtirish bo‘limi xodimlari bilan birgalikda tajriba ma‘lumotlari asosida ish hajmini aniqlaydi.
Namuna bo‘yicha me‘yorlashtirishda yangi mashina yoki jihozni tuzilishi jihatdan bir xil yoki o‘xshash mahsulotlar nuqtai nazaridan ko‘rib chiqiladi. Bunda ishning mehnat sig‘imi turli omillar bo‘yicha ko‘rib chiqiladi va har bir omil bo‘yicha xususiy koyeffitsiyentlar aniqlanadi, konstruksiyaning talabga javob berishini hisobga oluvchi koyeffitsiyent konstruksiyaning murakkabligini e‘tiborga oluvchi koeffitsiyent va boshqalar. so‘ngra umumiy mehnat sig‘imi koeffitsiyenti topiladi. Ushbu koffitsient yangi mashina yoki mahsulotni texnik tayyorlash mahsuloti mehnat sig‘imidan qancha farq qilishini ko‘rsatadi.
Detalli me‘yorlashtirish usulida konstruktorlik va texnik tayyorgarlik uchun vaqt sarfini hisobga olish amaldagi vaqt me‘yorlari va normativlari asosida olib boriladi. Ushbu norma va normativlar mahsulot detallari konstruktorlik va texnologik murakkabligi guruhi bo‘yicha tuziladi.
Hisob tartibi quyidagicha:
1. Loyihalashtirilayotgan mahsulotlar tarkibidagi original detallar soni aniqlanadi.
2. Original detallar konstruktorlik va texnologik murakkablik guruhi bo‘yicha taqsimlanadi.
3. Normativlar asosida ishlab chiqarishni texnik tayyorlash har bir bosqichi davomiyligi hisoblanadi. Har bir bosqichning davomiyligi quyidagi formuladan hisoblanadi: T = (t)/(U . Tk . Kib)
t – ushbu bosqich bo‘yicha ishlarning bajarishga sarflangan vaqtlar summasi,
U – ushbu bosqichda bir vaqtda ishlayotgan ishchilar soni,
Tk – ish kuni davomiyligi,
Kib – normani oshirib bajarilishini e‘tiborga oluvchi koyeffitsiyent (ishbay haq to‘lashda). Bosqich davomiyligini hisoblagandan so‘ng ishlab chiqarishni texnik tayyorlash kalendar grafigi tuziladi.
Xulosalar
Innovatsiya – ishlab chiqarishda yangi o‘zlashtirilayotgan material,mahsulot yoki texnologiya hisoblanadi. Innovatsiyalarni joriy etish ishlab chiqarishning barqarorligini buzadi,lekin shu bilan birga yangi sharoitga o‘tishga sharoit yaratadi.
Ishlab chiqarishni tayyorlash iste‘molchilarning o‘sib boruvchi ehtiyojlarini qondirish maqsadida innovatsion mahsulotlarni yaratish va realizatsiya qilish borasida jamoalarning faoliyatidir.
Ishlab chiqarishni ilmiy tadqiqot bosqichining mazmuni ilmiy taraqqiyot qonunlarning nazariy asoslash bilan bog‘liq ilmiy tadqiqotlar va ishlanmalar hisoblanadi.
Ilmiy tadqqiqot ishchilari jamiyat, davlatning yangi funksiyalarini bajarish mahsulot yaratishga ehtiyoji paydo bo‘lishi bilan bog‘liq.
Ilmiy tadqiqot ishlari fundamental, izlanuvchan, amaliy tadqiqotlarga bo‘linadi.
Konstruktorlik tayyorgarlik biron bir yangi mahsulot yoki texnologiyani loyihalashtirish bilan bog‘liq bo‘lgan ishlardan tashkil topadi.
Texnologik tayyorlash o‘z ichiga texnologik jarayonlarni takomillashtirish, texnik jihatdan asoslangan normalarni ishlab chiqish, texnik nazorat usullarini tanlash, maxsus asboblarni tayyorlashga qaratilgan chora-tadbirlarni oladi.
Texnologik tayyorgarlik ikki bosqichda amalga oshriladi.
Birinchi etapda konstruktorlik bo‘limida tayyorlangan barcha chizmalar tekshirilib, tahlil qilinadi.
Ikkinchi bosqichda esa ishchi chizmalarga, detallarning harakat yo‘nalishlariga, texnik shartlariga, ishlab chiqarish vositalarining hujjatlariga asoslanib loyihalashtirilayotgan mahsulotning barcha detal va bo‘g‘inlari uchun texnologik jarayonlar ishlab chiqiladi va texnologik marshrut kartalarda aks ettiriladi.
Yüklə 21,85 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin