Sanoat korhonalarida ishlab chiqarishni tashkil etish
Masalalar. 1-masala. Xo‗jalik yurituvchi sub‘ekt 325.6 ming so‗mga teng bo‗lgan asosiy
mahsulotni ishlab chiqardi. Sanoat xarakteridagi ishlar 41.15 ming so‗m bo‗lib,
o‗zida ishlab chiqarilgan yarim tayyor mahsulotlar hajmi 23.7 mln so‗m bo‗lib,
ulardan 80 foizi korxona maqsadi uchun foydalanilgan. Yil oxiriga borib
tugallanmagan ishlab chiqarish 5 ming so‗mga oshadi. Tovar va yalpi mahsulotni
aniqlang.
2-masala.Sex 1 soat davomida 45 kg mahsulotni ishlab chiqaradi. U hisobot
davomida bir maromda ishlamadi. 1-yarim yillikda bir smena, 2- yarim yillikda esa
ikki smena ishladi 1-yarim yillikda 120 kun, 2-yarim yillikda 180 kun ishladi.
Sexning yillik ishlab chiqarish hajmini aniqlang.
3-masala. Ikki smenali ish sharoitida ishlovchi agregatning ish vaqti fondi 5120
soat bo‗lib, ish kuni davomiyligi 8 soatga teng. Mahsulotni ishlab chiqarish uchun
20 soat vaqt ketadi. Ishlab chiqarish topshirig‗ini bajarish foizi 117foiz bo‗lib,
mahsulotning yillik ishlab chiqarish hajmini aniqlang.
4-masala. Quyidagi ma‘lumotlardan foydalangan holda zaruriy jihozlar sonini
aniqlang. Yillik mahsulot hajmi 3500 million metr mato bo‗lib, jihozning soatlik
unumdorligi 3,8 metrga teng. Yildagi nominal ish kunlari 256 kunga teng bo‗lib, 2
smenali ish tartibi o‗rnatilgan. Ish kuni davomiyligi 8 soatga teng. Ta‘mirlash
tanaffuslari vaqti 5foizni, chiqindilar chiqish me‘yori 0,4foiz ni tashkil etadi.
5-masala. To‗quvchilik fabrikasi 2 smenada ishlaydi. Yil boshiga jihozlar soni 500
birlik. Birinchi apreldan 60 ta stanok o‗rnatiladi, 1-avgustdan 50 ta stanok ishlab
chiqarishdan chiqariladi. Ish kunlari soni 260, reglamentlashtirilgan tanaffuslar –
5foiz, Bir stanokning unumdorligi 4 m/soat Mahsulot ishlab chiqarish rejasi 7500
ming metr. Korxonaning ishlab chiqarish quvvati hisoblansin.