Sanoat korxonalarida ishlab chiqarishni tashkil etish


Aylanma zadellar ( оборотный задел)



Yüklə 1,5 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə91/106
tarix21.05.2023
ölçüsü1,5 Mb.
#119061
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   106
Sanoat korhonalarida ishlab chiqarishni tashkil etish

Aylanma zadellar ( оборотный задел) - ish o‘rinlarining unumdorligi turlicha 
bo‘lganligi sababli xizmat ko‘rsatish davri davomida ikki ketma-ket 
operasiya orasida to‘planib qoladigan mahsulotlar miqdori. 
Bosh yoki asosiy jihoz (ведущее оборудование) – unumdorligi butun oqimli 
tizim ishlab chiqarishini belgilab beradigan va eng ko‘p maydonni 
egallaydigan, eng ko‘p qiymatga ega bo‘lgan, hamda jarayonning eng 
og‘ir asosiy operatsiyasini bajaradigan jihoz. 
Dialektika (диалектика) - tabiat, jamiyat, tafakkur taraqqiyotining eng muhim
qonunlari haqidagi fan bo‘lib, u bir vaqtda mantiq (logika), 
tafakkur, bilish qonunlari hamdir. 
Jarayon takti (такт процесса) - mahsulot ishlab chiqarish orasidagi vaqt 
intervali. 
Yordamchi jarayonlar( вспомогательные процессы) - asosiy jarayonlarni 
amalga oshirishda kerakli shart sharoitlar yaratadi. 
Ish o’rni (рабочее место)- ishlab chiqarish maydonining ishchi yoki ishchilar 
guruhi tomonidan maxsus jihoz va uskunalar yordamida ayrim 
operatsiyalar bajariladigan qismi. 
Ishlab chiqarish tuzilmasi ( производственная структура)- ishlab chiqarish 
jarayonini tashkil etish shaklini ifodalaydi va korxona o‘lchamlaridan, 
sexlar soni, tarkibi, salmog‘i, planirovkasi, ishlab chiqarish 
uchastkalari, ish o‘rinlarining tarkibida o‘z aksini topadi. 


Ishlab chiqarish bosqichi(производственный этап) - mehnat predmetining bir 
sifatiy holatdan ikkinchi sifatiy holatga o‘tishida katnashadigan bir 
yoki bir nechta operatsiyalarning birlashmasi . 
Ish davri (время работы) - asosiy texnologik operatsiyalar, tabiiy jarayonlar, 
ko‘chiruvchi, xizmat ko‘rsatuvchi va nazorat operatsiyalari 
davomiyligi.
Ishlab chiqarish davri (поизводственный цикл) - xom-ashyoning ishlab 
chiqarishga uzatilishi va tayyor mahsulot ishlab chiqarishning 
kalendar vaqtida ifodalangan jarayonlar to‘plami. 

Yüklə 1,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   106




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin