Sanoat korxonalarida ishlab chiqarishni tashkil etish



Yüklə 1,5 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə46/106
tarix21.05.2023
ölçüsü1,5 Mb.
#119061
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   106
Sanoat korhonalarida ishlab chiqarishni tashkil etish

 
Xulosalar 
Innovatsiya – ishlab chiqarishda yangi o‘zlashtirilayotgan material,mahsulot 
yoki texnologiya hisoblanadi. Innovatsiyalarni joriy etish ishlab chiqarishning 
barqarorligini buzadi,lekin shu bilan birga yangi sharoitga o‘tishga sharoit 
yaratadi. 
Ishlab chiqarishni tayyorlash iste‘molchilarning o‘sib boruvchi ehtiyojlarini 
qondirish maqsadida innovatsion mahsulotlarni yaratish va realizatsiya qilish 
borasida jamoalarning faoliyatidir.
Ishlab chiqarishni ilmiy tadqiqot bosqichining mazmuni ilmiy taraqqiyot 
qonunlarning nazariy asoslash bilan bog‘liq ilmiy tadqiqotlar va ishlanmalar
hisoblanadi. Ilmiy tadqqiqot ishchilari jamiyat, davlatning yangi funksiyalarini 
bajarish mahsulot yaratishga ehtiyoji paydo bo‘lishi bilan bog‘liq.


Ilmiy tadqiqot ishlari fundamental, izlanuvchan, amaliy tadqiqotlarga 
bo‘linadi. 
Konstruktorlik tayyorgarlik biron bir yangi mahsulot yoki texnologiyani 
loyihalashtirish bilan bog‘liq bo‘lgan ishlardan tashkil topadi. 
Texnologik tayyorlash o‘z ichiga texnologik jarayonlarni takomillashtirish, 
texnik jihatdan asoslangan normalarni ishlab chiqish, texnik nazorat usullarini 
tanlash, maxsus asboblarni tayyorlashga qaratilgan chora-tadbirlarni oladi. 
Texnologik tayyorgarlik ikki bosqichda amalga oshriladi. 
Birinchi etapda konstruktorlik bo‘limida tayyorlangan barcha chizmalar 
tekshirilib, tahlil qilinadi. 
Ikkinchi bosqichda esa ishchi chizmalarga, detallarning harakat 
yo‘nalishlariga, texnik shartlariga, ishlab chiqarish vositalarining hujjatlariga 
asoslanib loyihalashtirilayotgan mahsulotning barcha detal va bo‘g‘inlari uchun 
texnologik jarayonlar ishlab chiqiladi va texnologik marshrut kartalarda aks 
ettiriladi. 
Nazorat savollari. 
1. Ishlab chiqarishni texnik tayyorlashning mohiyati nimada? 
2. Ishlab chiqarish konstruktorlik tayyorlash qanday bosqichlardan tashkil topadi? 
3. Ishlab chiqarishni texnologik tayyorlashdan maqsad nima? 
4. Ishlab chiqarishni texnik tayyorlashni qanday usullari mavjud? 
5. Yangi yaratilgan texnika vositalari qiymati qanday aniqlanadi? 
6. Ishlab chiqarishni texnik tayyorlashni qanday xizmat bo‘limi amalga oshiradi.
7. Texnik tayyorlash mehnat sig‘imini hisoblash uchun qanday usullar 
qo‘llaniladi? 
8. Ishlab chiqarishni tayyorlash ob‘yekti nima? 
9. Loyihalashtirilayotgan texnologik jarayonlar qanday hujjatlarda aks ettiriladi? 
10. Kapital xarajatlarni qoplash muddati.

Yüklə 1,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   106




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin