Sanoat korxonalarining barchasida bugungi kunda texnologik jarayonlarning



Yüklə 8,92 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə36/106
tarix18.09.2023
ölçüsü8,92 Mb.
#145144
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   106
Sanoat korxonalarining barchasida bugungi kunda texnologik jaray

 
33-rasm.
 
Pnevmo-elektrik o‘zgartkichning prinsipial sxemasi.
To‘g‘ri ta’sirli pnevmo-elektr o‘zgartkich (33-rasm) pnevmatik kirish 
signalini qabul qiluvchi o‘lchash bloki 

dan va differensial transformatorda 
uzatuvchi o‘zgartkichdan tashkil topgan. Bosim ta’sirida silfon 

ning 


70 
qo‘zg‘aluvchan tubi va u bilan bog‘langan, birlamchi 

va ikkilamchi 5 
chulg‘amga ega bo‘lgan o‘zak 

siljiydi. Aks ta’sir etuvchi kuch prujina 

yordamida yaratiladi. O‘zakning maksimal siljishi tufayli paydo bo‘ladigan asosiy 
xatolik ±1 % dan oshmaydi. 
Kompensatsion 
pnevmo-elektr 
o‘zgartkichlarda 
kuchlarni 
kompensatsiyalash prinsipidan foydalaniladi. To‘g‘ri ta’sirli o‘zgartkichlar 
kompensatsion turdagi o‘zgartkichlarga qaraganda kamroq aniqlikka ega. Ammo 
kompensatsion turdagi o‘zgartkichlar to‘g‘ri ta’sirli o‘zgartkichlarga nisbatan 
qimmat turadi. 
II bob bo‘yicha umumiy xulosalar 
 
O‘lchash jarayonining munim tashkil etuvchi bo‘g‘ini – bu o‘lchash 
vositasidir. O‘lchash vositalari o‘lchash uchun mo‘ljallangan va qo‘llaniladigan 
texnik vositalar bo‘lib, ularga o‘lchovlar, o‘lchash asboblari, o‘lchash 
o‘zgartkichlari, o‘lchash mashinalari va o‘lchash tizimlari kiradi. O‘lchash 
vositalari albatta me’yorlangan metrologik tavsiflarga ega bo‘lishi kerak. Bu 
metrologik tavsiflar o‘lchash jarayonini amalga oshirish uchun o‘lchash vositasini 
tanlashda muhim ahamiyatga ega.
O‘lchovlar o‘z navbatida quyidagilarni o‘z tarkibiga qamrab oladi: 
kattalikning o‘lchovi, o‘lchovlar magazini, standart namunalar, namunaviy 
moddalar, etalonlar. Kattaliklarning o‘lchovlari va etalonlar ham o‘z navbatida 
turlarga ajralib ketadi.
O‘lchash o‘zgartkichlari o’lchashlarni amalga oshirishda eng ko‘p 
qo‘llaniladigan o‘lchash vositalaridan hisoblanadi. Ular o‘lchashga doir axborotni 
uzatish, o‘zgartish, ishlov berish va saqlash uchun qulay bo‘lgan, ammo 
kuzatuvchi bevosita idrok qilishi mumkin bo‘lmaydigan shakldagi signalni ishlab 
chiqishga mo‘ljallangan o‘lchash vositalaridir. Shuni alohida ta’kidlab o‘tish 
joizki, inson o‘zining sezgi organlari bilan o‘lchash o‘zgatkichi signallarini qabul 
qila olmaydi. O‘lchash o‘zgartkichlari tuzilishi va ishlash prinsipi, qo‘llanilish 
sohasi va boshqalarga qarab bir qancha turlarga ajraladi. Masalan, mexanik 
o‘zgartkichlar, issiqlik o‘zgartkichlari, elektr o‘zgartkichlar va h.k. 


71 
O‘lchash o‘zgartkichlarining eng sodda va keng tarqalgan vakili 
datchiklardir. Datchiklar ham o‘z navbatida tuzilishi va ishlash prinsipi, 
qo‘llanilish maqsadi, egallagan o‘rni va shu kabilarga bog‘liq holda turlarga 
ajratilib o‘rganiladi.

Yüklə 8,92 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   106




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin