Sanoat tarmog’ida yangi ilmtalab korxonalarni yaratish va yuqori texnologiyalarni joriy etish yullari Reja


Korxonalarda yangi texnologiyani joriy etish



Yüklə 31,5 Kb.
səhifə3/5
tarix21.10.2023
ölçüsü31,5 Kb.
#159428
1   2   3   4   5
Sanoat tarmog’ida yangi ilmtalab korxonalarni yaratish va yuqori-fayllar.org

Korxonalarda yangi texnologiyani joriy etish
Yangi zamonaviy texnologiyani joriy etish har qanday ishlab chiqarish korxonasining raqobatbardoshligini m uhim shartidir. Xaridoming ehtiyoji, mahsulot assortimentiga qo‘yiladigan talablar, shuningdek, ishlab chiqariladigan mahsulotlar sifatiga ham bog‘liq. Shu munosabat bilan yangi texnologiyani joriy etishga kirishgan korxona mahsulotning sifatini yaxshilash va ishlab chiqariladigan mahsulotlaming sonini oshirishni ko‘zlasa, uch muhim holatga e’tibomi qaratishi zarur. Birinchi holat yangi texnologiyani joriy qilishdan oldin bozorda talab katta bollgan mahsulotni ishlab chiqarishga, yangi texnologiya va uskunalarga bo‘lgan ehtiyojni aniqlashi kerak. Chunki mavjud ishlab turgan uskunalami takomillashtirish, ulaiga yangiliklar kiritish orqali sifatli mahsulot ishlab chiqarish imkoniyati bordir. Bu holatda bir qaroiga kelishdan oldin barcha ijobiy va salbiy tomonlami jiddiy hamda to‘la tahlil etish zarurdir. Ikkinchi holat korxonada ishlab turgan xodimlar bilan yangi texnologiya o'rtasidagi o‘zaro bog‘liqlikdir. Korxonadagi ishchilar va muhandis-texnik xodimlar yangi texnologiya kiritilganda m a’lum tayyorgarliksiz yangi sharoitda ishlab ketishga qodirmi? Boshqacha aytganda, korxona rahbariyati yangi texnologiyaning afzalliklari va kamchiliklarini atroflicha tahlil etish bilan birga uni joriy etish oqibatlarini yaxshi bilishi kerak. Korxonada ishlayotgan ishchilar sonini qisqartirish maqsadida yangi texnologiya ishlab chiqarishga joriy etish xato hisoblanadi. Mahsulotning tannarxini arzonlashtirish, ishlab chiqariladigan m ahsulotning sifatini yaxshilash, assortim entni ko‘paytirish va boshqacha turli yo‘llar bilan erishiladi. Har bir aniq holatda shu mexanizmga xos yo‘l tutishni taqozo qiladi. Qoidaga ko‘ra, qisqa muddatli yutuqni emas, balki istiqbolni ko‘zlab qarorga kelish lozim. Yangi texnologiyani joriy etishda korxona jamoasining fikrini, albatta hisobga olish shart. Yangi texnologiyani joriy etishda texnika, texnologiya va yangi texnologiyani joriy etuvchi xodimlami biiga qo‘shish zarurligini unutmaslik kerak. Uchinchi Ло/af korxonada ishlayotgan ishchilar texnologik, iqtisodiy va tashkiliy masalalarni hal etishda faol qatnashishlari kerak. Korxona rahbariyati, paxta tozalash zavodi yangi ish sharoitiga, yangi texnologiyaga o‘tayotgan paytda kelib chiqadigan turli muammolami, ishning ko‘zini bilib va omilkorlik bilan hal etmog‘i zarur. Korxonalarning yangi texnologiyaga o‘tishdagi jahon tajribasi yuqorida qayd etilgan holatlar hisobga olinmasa, korxona yangi texnologiyani joriy etish u yoqda tursin, katta zarar ko‘rishi mumkin
Yangi texnologiyalarni quyidagilar hisobiga joriy etish mumkin. Texnologiyalarni bevosita keltirish. Bevosita keltirish deyilganda, import uskunalari, mexanizmlar yoki yangi texnologiyalar tizimlarini mahalliy savdo vositachilari orqali keltirish tushuniladi. Texnologiyalarni bevosita keltirishda uchraydigan kamchiliklar: ♦ buyurtmachi-korxona tayyorlovchi korxona bilan bevosita aloqasi boMmaganligi sababli sotib olinadigan texnologiyaning tannarxi ortib ketadi; ♦ sotib olinayotgan yangi texnologiya moslamalarining qanchalik mos kelishi, ehtiyot qismlaming bor-yo‘qligidan iborat xavf-xatar oshib ketadi. Texnologiyalarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri keltirish. Texnologiyalarni to ‘g‘ridan-to‘glri keltirish deganda, import moslamalarni mahalliy savdo tashkilotlaridan tolg‘ridan-to‘g(ri sotib olish tushuniladi. Bunday vaziyatda ham xatar, ham yangi moslamalarni olib kelish va o‘matish bilan bog‘liq xarajatlar kamayadi. M ualliflik huquqi. Bu hamkorlikda ish olib boruvchi ikkita ishbilarmon yoki undan ko‘p tashkilot vakillari o‘rtasida erishilgan ahdlashuvlardir. Ularning birinchisi, ya’ni muallif huquqi egasi bunday huquqi boMmagan ikkinchi ma’lum miqdordagi to‘lovlar evaziga o‘z uslub patenti, savdo sirlari va boshqalarini taqdim etadi. Bulaming barchasi mualliflik huquqi egasiga o‘z mahsuloti bilan bozorda qatnashish imkonini beradi. Yangi texnologiyalarni tarqatishning ikkinchi usuli ishlab chiqarish uchun, ya’ni o‘zi ishlab chiqarishi uchun litsenziya sotib olishdir. Bunday vaziyatda mualliflik huquqi bo‘lmagan korxona ishlab chiqarish yoki boshqaruv g‘oyalarini, «bilimlarini» o‘zi sotib oladi, ishlab chiqarilayotgan xavfni sotish-olishda hamkorlik qilishda shartnoma imzolaydi. M umkin boMgan yana bir usul ishlab chiqarish shartnomasi bo'lib, unga asosan o ‘z xizmatini taqdim etayotgan korxona mutaxassislar, m aslah atch ilar va boshqalar orqali oluvchi korxonaga yangi texnologiyani ishlatishda har tomonlama yordam ko‘rsatadi. Bunday vaziyatda xaridor korxona o‘z xodimlarining malakasini oshiradi, balki daromadini ham ko‘paytiradi. Q o‘shma korxonalar tashkil qilish. Bunday korxonalar yoki birlashmalar xorijiy va mahalliy ishbilarmonlar tomonidan m a’lum ehtiyojlami qondirish uchun tashkil etiladi. Ko‘p hollarda bunday korxonalarda minimal xarajatlar evaziga yangi texnologiyalarni tez joriy etish mumkin bo‘ladi. Ammo bu yerda ham tomonlaming turli qarashlari tufayli har xil qiyinchiliklar kelib chiqadi. Jumladan, foydani taqsimlash, boshqaruv usuli, materiallar va tayyor mahsulotlar oldisotdisi va boshqalar. Bunday va shunga o‘xshash ko‘plab masalalami yechishda bir-birini tushunishga harakat qilish zarur. To‘g‘ridan-to‘g‘ri sarmoya kiritish. Yangi texnologiyalarni joriy qilishning oxirgi usuli sarmoya kiritish, ya’ni yangi moslamalami olish va ishga tushirish uchun mamlakat tashqarisidan pul kiritish. Bunday usul juda kam qo‘llaniladi. Bundan o‘z faoliyatini chet ellarda ham kengaytirishni hamda dunyoga tanilishni ko‘zlaganlar foydalanadi. Uning asosiy avzalligi shundan iboratki, xorijiy firmaning o‘z mamlakatidan tashqarida 100 foiz faoliyat yuritishga imkoniyati bor. Ayni paytda moslamani keltirgan korxona uchun turg‘unlik ham hisoblanadi. Ular yangi texnologiya xo‘jayinlarining ruxsatisiz biror ish qilishga ojiz bo‘lib qoladi.


Yüklə 31,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin