Rentabellik ko‘rsatkichlari va ularni hisoblash usullari.
Bozor munosabatlariga o‘tish sharoitlarida rentabellikning ahamiyati va o‘rni o‘sib bormoqda. U korxona faoliyati va kapital qo‘yilmalar iqtisodiy samaradorligining asosiy mezoni, korxona va xo‘jalik yurituvchi tashkilotlarni baholashning sintetik ko‘rsatkichi bo‘lib xizmat qiladi.
Yangi sharoitlarda korxonalarning faoliyatlarida yuqori moliyaviy natijalarga erishishga intilishi sezilarli darajada ortib bormoqda.
Har qanday xo‘jalik mexanizmi uchun asos bo‘lib korxona faoliyatini rejalashtirish va unga ob’ektiv baho berish, ta’lim olish, mehnatga haq to‘lash va iqtisodiy rag‘batlantirish fondlaridan foydalanish, ishlab chiqarish jarayonining turli bosqichlarida xarajat va natijalarni solishtirish ko‘rsatkichlari xizmat qiladi.
Foyda korxona samaradorligining yagona va universal ko‘rsatkichi emas. Ishlab chiqarish rivojlanishining samaradorligi va intensivligini baholashda amaliyotda rentabellik ko‘rsatkichlari tizimi keng qo‘llanib, unga ko‘ra foydaning miqdori belgilangan hisoblanadi. Boshqacha qilib aytganda, rentabellik daromadlilik, foydalilikni anglatadi. Biroq rentabellikni faqat daromadlilik deb qabul qilish uning iqtisodiy mazmunini keng ochib bermaydi. Ular o‘rtasida tenglikning yo‘qligidan daromad miqdori va rentabellik darajasi turli nisbatlarda, ko‘pincha turli yo‘nalishlarda o‘lchanishi dalolat beradi.
Istalgan muddat uchun iqtisodiy ko‘rsatkichlarni hisoblash ko‘plab turli xil omillar ta’siri ostida amalga oshiriladi.
Rentabellik va foyda ko‘rsatkichlarini tahlil qilishda ularga ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan barcha omillarni bilish, bu omillarning samaradorlikning umumlashtiruvchi ko‘rsatkichlariga ta’sirini hisoblash uslubiyatini egallash muhim ahamiyat kasb etadi. Bu omillarni boshqarish orqali korxonada daromadni oshirish
zahiralarini izlab topish va rentabellikning talab qilinuvchi darajasiga erishish mexanizmini yaratish mumkin.
Rentabellik va foydaga ta’sir ko‘rsatuvchi omillarni turli xil belgilariga ko‘ra tasniflash mumkin. Masalan, bu omillar ichki va tashqi bo‘lishi mumkin. Ichki omillarga korxona faoliyatiga bog‘liq bo‘lgan hamda korxona faoliyatining turli yo‘nalishlarini tavsiflovchi omillar mansub bo‘ladi. Tashqi omillarga korxona faoliyatiga bog‘liq bo‘lmagan, biroq ishlab chiqarish rentabelligi va daromadning o‘sish sur’atiga sezilarli ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan omillar kiradi. Tahlil jarayonida ichki va tashqi omillarni aniqlash samaradorlik ko‘rsatkichlarini tashqi ta’sirlardan “tozalash” imkonini beradi hamda korxona yutuqlarini ob’ektiv baholashda muhim ahamiyat kasb etadi.
O‘z navbatida ichki omillar ham ishlab chiqarish va noishlab chiqarish omillariga bo‘linadi. Noishlab chiqarish omillari asosan mehnat va sotish sharoitlari, korxonaning tijorat, tabiatni saqlash va shu kabi faoliyat turlaribilan bog‘liq bo‘ladi. Ishlab chiqarish omillari esa foydaning shakllanishida ishtirok etuvchi ishlab chiqarish jarayonining asosiy elementlari - mehnat predmetlari va vositalari hamda mehnatning o‘zi - mavjudligi va ulardan foydalanishni aks ettiradi.
Xo‘jalik faoliyatini amalga oshirish jarayonida mahsulot ishlab chiqarish, sotish va foyda olish bilan bog‘liq bo‘lgan korxonalarda bu omillar o‘zaro aloqada va bir-biri bilan chambarchas bog‘liq bo‘ladi.
Rentabellikning mohiyatini faqat foyda shakllanishini tahlil qilish asosida ochib berish mumkin. Korxona mahsulotni sotish natijasida o‘z xarajatlarini qoplashdan tashqari foyda ham olgan taqdirda rentabelli hisoblanadi.
Rentabellik ko‘rsatkichlari korxona faoliyati qanchalik foyda keltirishini ko‘rsatadi. Bu ko‘rsatkichlar moliyaviy hisobotning ichki va tashqi foydalanuvchilarda qiziqish uyg‘otib, korxona resurslaridan foydalanish samaradorligi hamda uning investitsiyalarni jalb qilish qobiliyatini aniqlaydi. Xususiy yoki qarzga olinuvchi kapitalning rentabelligi korxonaga mablag‘lar kiritishning rentabelligini tavsiflovchi asosiy ko‘rsatkichlardir. Bu ko‘rsatkichlarning iqtisodiy turlanishi (interpretatsiyasi) yaqqol ko‘zga tashlanadi: sarflangan har bir so‘m qarzga olingan (xususiy) kapitalga necha so‘m foyda to‘g‘ri keladi (hisobkitoblarda korxonaning balans yoki sof foydasidan foydalanish mumkin).
Rentabellikni zamon va makon qoidalariga ko‘ra tahlil qilishda asosli xulosalarga kelish uchun zarur bo‘ladigan uchta xususiyatni inobatga olish zarur.
Birinchi xususiyat korxona faoliyatining vaqt jihati bilan bog‘liq. Masalan, mahsulotni sotish rentabelligi koeffitsienti hisobot davridagi faoliyat natijalari
orqali aniqlanadi; uzoq muddatli investitsiyalarning yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan va rejalashtirilayotgan samarasi inkor qilinmaydi. Agar korxona katta miqdordagi investitsiyalar talab qiluvchi yangi texnologiyalar va yangi mahsulot turlarini ishlab chiqarishga o‘tadigan bo‘lsa, u holda rentabellik ko‘rsatkichlari vaqtinchalik pasayishi mumkin.
Ikkinchi xususiyat tavakkalchilik muammosi bilan bog‘liq bo‘lib, tavakkalchilik darajasi yuqori bo‘lgan loyihalar ba’zida katta foyda keltirishi ham mumkin.
Uchinchi xususiyat baholash muammosi bilan bog‘liq. Masalan, xususiy kapitalning rentabellik ko‘rsatkichi sur’ati va maxraji turli xil xarid qobiliyatiga ega bo‘lgan pul birligida keltiriladi. Ko‘rsatkichning sur’ati, ya’ni foyda o‘zgaruvchan (dinamik) bo‘lib, faoliyat natijalarini hamda tovar va xizmatlarning asosan o‘tgan yilda yuzaga kelgan bahosini aks ettiradi. Ko‘rsatkichning maxraji, ya’ni xususiy kapital bir qator yillar davomida shakllanadi. U joriy bahodan ancha farq qilishi mumkin bo‘lgan, hisobga olish bahosida aks ettiriladi. Demak, xususiy kapital rentabellik koeffitsientining katta bo‘lishi, doim ham korxonaga kiritilayotgan kapital qaytimiga mos kelavermaydi; moliyaviy qarorlarni qabul qilishda buko‘rsatkichni e’tiborga olishdan tashqari, korxonaning bozordagi bahosini (bozor kapitalizatsiyasi) ham inobatga olish zarur.
Quyida korxona faoliyatining samaradorligini tavsiflovchi rentabellikning asosiy ko‘rsatkichlari keltirilgan.
Aktivlar rentabelligi (RA) q
Sof foyda (SF)
Sotish rentabelligi (RS) q
Xususiy kapital rentabelligi (XK) q Bitta aksiya
daromadi (AF) q
Aktivlar rentabelligi korxonada 1 so‘m foyda olish uchun qancha mablag‘ jalb qilish talab etilishini (bu mablag‘lar manbaidan qat’i nazar) aks ettiradi. Ushbu
ko‘rsatkich korxona raqobatbardoshligining eng muhim ko‘rsatkichlaridan biri hisoblanadi.
Sotish rentabelligi sotilgan mahsulotning har bir so‘mi qancha sof foyda keltirganini aks ettiradi.
Xususiy kapital rentabelligi korxona mulkdorlari ya’ni, egalari kiritgan kapitaldan foydalanish samaradorligini aniqlash va bu ko‘rsatkichni xuddi shu mablag‘larni boshqa qimmatbaho qog‘ozlarga kiritganda olish mumkin bo‘lgan foyda bilan taqqoslash imkonini beradi. Farb mamlakatlarida bu ko‘rsatkich kompaniya aksiyalarining kotirovkasiga sezilarli ravishda ta’sir ko‘rsatadi.
Bitta aksiya keltiruvchi foyda ko‘rsatkichi korxonaning bozordagi faoliyatini tavsiflovchi muhim ko‘rsatkichlardan biridir.
Shu tariqa, tavsiya qilinuvchi ko‘rsatkichlar tahlil jarayonida korxonaning moliyaviy barqarorligini aniqlash, ishlab chiqarish samaradorligi va korxonaning bozordagi raqobatbardoshligini oshirishga oid chora-tadbirlar belgilashga ikoniyat yaratadi.
Dostları ilə paylaş: |