II.Bob. Milliy iqtisodiyotni rivojlantirish 2.1. Milliy iqtisodiyot Milliy iqtisodiyot - ijtimoiy iqtisodiyotning mavjudlik shakli; mamlakat, davlat qududida yashovchi millat (xalqlar)ning tarixan shakllangan yoki tubdan yangilanayotgan, oʻzgarayotgan va rivojlanayotgan mulkiy va boshqa ijtimoiyiqtisodiy munosabatlari, ular bilan shartlangan, mahalliy xususiyatlarga ham ega boʻlgan iqtisodiy faoliyat sohalari, tarmoqlari, tashkilotlari, korxonalari, hududlari va mintaqalari sistemasi. Imkon darajasida tashqi bozor taʼsiridan xoli boʻlgan milliy xoʻjalik sistemasi. Milliy iqtisodiyot kapitalizmning vujudga kelishi va qaror topishi bilan bogʻliq boʻlib, eng avvalo, Angliyada shakllandi. Hozirgi paytda Milliy iqtisodiyotning kapitalistik, sotsi-alistik, postsotsialistik va kam rivojlangan mamlakatlardagi kapitalistik yoʻnalishli kabi turlari maʼlum. Shu bilan birga har bir muayyan turdagi iqtisodiyotining oʻz milliy modellari va shakllari bor. Mas, kapitalistik Milliy iqtisodiyotning amerikacha, yevropacha va yaponcha turlari, milliy modellari va ularning "aralash iqtisodiyot" deb atalayotgan zamonaviy shakli bor. Rivojlangan mamlakatlardagi "aralash iqtisodiyot" xususiy va davlat kapitallariga asoslangan hamda bozor3 va davlat tomonidan tartiblanadigan, boshqariladigan, umumdemokratik tamoyillar ham karor topa borayotgan kapitalistik Milliy iqtisodiyotdir. Zamonaviy sotsialistik Milliy iqtisodiyot Xitoy, Vyetnam va Kubada mavjud boʻlib, unga eng muhim tarmoqlarda sotsialistik davlat mulkini va korxonalarini saqlab qolgan holda, xususiy mulkchilikka, tovarli-pulli xoʻjaliklarga va bozor munosabatlariga keng yoʻl ochilmoqda. Sharqiy Yevropa mamlakatlarida va SSSRda oʻta markazlashgan maʼmuriydavlat sotsializmi inqirozga uchrab, parchalanishi natijasida vujudga kelgan yangi mustaqil davlatlarda (Polsha, Rossiya va boshqalarda) postsotsialistik Milliy iqtisodiyotga aylanmoqda. Boshqa baʼzi postsotsialistik mamlakatlarda, jumladan, Oʻzbekistonda oʻziga xos demokratik, bozorga asoslangan umumdemokratik Milliy iqtisodiyot shakllantirilmoqda. Oʻzbekiston mustaqilligining dastlabki oʻn yilida mamlakatda umummilliy va xususiy mulkchilikka asoslangan koʻp ukladli Milliy iqtisodiyot — xilma-xil xususiy va davlat xoʻjaliklari sistemasi shakllandi. Unda xususiy sektor ustuvor oʻringa, asosiy mavqega ega boʻldi. Xoʻjalik yurituvchi subʼyektlarning mutlaq koʻpchiligini yakka shaxsiy, guruhiy, shirkat, jamoa, aksiyali korxonalar, fermer va dehqon xoʻjaliklari tashkil etadi; ularning yalpi ichki mahsulotdagi ulushi uchdan ikki qismdan oshib ketdi va tobora oʻsmoqda.Milliy ehtiyojlarni yaxshiroq qondirish zarurati iqtisodiy resurslardan samarali foydalanishni, tovarlar va xizmatlarning ijtimoiy zarur maksimal hajmlariga erishishni taqozo etadi. Ayniqsa, ijtimoiy zarur mahsulot (tovar) ishlab chiqarish, uni zarur mik,dorlarda va sifatlarda, tabiatni asrab-avaylab, ekologiyani yaxshilab ishlab chiqarish har qanday Milliy iqtisodiyotning asosiy krnunidir. Milliy iqtisodiyotning ishlab chiqarish va no-ishlab chiqarish sohalari oʻrtasida maqsadga muvofiq nisbati taʼminlanishining , ishlab chiqariladigan mahsulotlarning va koʻrsatiladigan xizmatlarning mumkin qadar ijtimoiy zarur yuqori hajmlarda boʻlishining muhim sharti fantexnika taraqqiyotini tezlashtirish, zamonaviy va samarali texnologiyalarni qoʻllash, kadrlar tayyorlash sifatini oshirish, ishlashni xoxlovchi barcha mehnatga qobil kishilarning ish bilan taʼminlanishiga erishishdir. Birinchi navbatda, moddiy ishlab chiqarish sohasini intensiv rivojlantirish, mahsulot hajmini, ayniqsa, sof mahsulot hajmini sarf-harajatlarning va aholining oʻsishiga nisbatan tezroq oʻstirish Milliy iqtisodiyot va iqtisodiy taraqqiyot muammolarini hal etishning , uni uzluksiz yuksaltirishning bosh yoʻlidir. Bundan tashqari Milliy iqtisodiyotning sanoat, qishloq xoʻjaligi, qurilish, transport, aloqa va boshqa tarmoqlari ichida hamda shu tarmoqlar oʻrtasida barqaror, oʻsuvchan tarkibiy oʻzgarishlar va maqsadga muvofiq nisbatlar, mutanosibliklar boʻlishi muhimdir. Fuqaroviy va harbiy ishlab chiqarishlar nisbati ham toʻgʻri, meʼyorida boʻlishi kerak. Ishlab chikarilayotgan tovarlarning va koʻrsatilayotgan xizmatlarning asosiy qismi, birinchi navbatda, ichki bozor talab-ehtiyojlarini qondirishga yoʻnaltirilishi, eng avvalo ichki bozorni sifatli va arzon milliy tovarlar bilan toʻyin-tirish (toʻldirish) maqsadga muvofiqsir. Shu bilan birga tashqi iqtisodiy aloqalarni har tomonlama kengaytirish, jahon iqtisodiyotiga tobora qoʻshilib borish, uning imkoniyatlaridan samarali foydalanish obyektiv zaruratdir, xoʻjalik yurituvchi subʼyektlarga, aholiga soliq yukini yengillatish, davlat byudjetini va undan qilinadigan sarf-harajatlarni optimallashtirish, inflyasiyani jilovlash kabilar Milliy iqtisodiyotning rivojlanishiga jidsiy va ijobiy taʼsir etadi.Xabaringiz bor, bir qator ustuvor maqsadlarni ko‘zlagan holda 2022–2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O’zbekistonning taraqqiyot strategiyasini “Insonga e’tibor va sifatli ta’lim yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi tasdiqlangan. Ushbu dastur ijrosi yuzasidan Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi O‘zLiDeP fraksiyasi hamda partiya Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi hamkorligidagi ishchi guruhlar faoliyat olib borayotgani ham yurtdoshlarimizga yaxshi ma’lum. Aytish kerakki, “Insonga e’tibor va sifatli ta’lim yili” davlat dasturi o‘tgan yil - “Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili” davlat dasturining mantiqiy davomi bo‘lib, unga asosan ishchi guruh mamlakatimizda milliy iqtisodiyotni jadal rivojlantirish va yuqori o‘sish suratlarini ta’minlash bo‘yicha jamoatchilik va deputatlik nazoratini olib borishni maqsad qilgan.Dasturning 3-ustuvor yo‘nalishi 21, 22 va 23-maqsadlari ijrosi yuzasidan Fraksiya raisi o‘rinbosari, Budjet va iqtisodiy islohotlar qo‘mitasi raisi o‘rinbosari D.Ahmedov rahbarligidagi kichik ishchi guruh hududlarda jamoatchilik va deputatlik nazorati olib bordi. Ishchi guruh 14 marta yirik loyihalarni joyiga chiqqan holda mas’ul vazirlik va idoralar rahbarlari bilan o‘rganib, muzokaralar o‘tkazdi, o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘ydi. Muzokaralar davomida 70 dan ortiq masalalar bevosita o‘z yechimini topgani esa quvonarli.Jumladan, Chirchiq shahrida “Chirchiq kimyo-industrial texnoparki” tashkil etilib, dasturda belgilangan 2 ta rezident loyihasi o‘rniga 12 ta rezident loyihasi texnopark ma’muriy kengashidan o‘tkazildi. Unga asosan 35,5 mln AQSh dollari hajmida loyiha amalga oshirilib, 868 ta yangi ish o‘rni yaratish belgilandi. O’tgan yili esa 3 ta rezident loyihasi to‘liq amalga oshirilib, jami 6,5 mlrd so‘mlik yuqori qo‘shilgan qiymatli tayyor mahsulotlar ishlab chiqarildi. Natijada 97 ta yangi ish o‘rni tashkil etildi.Qayd etish lozimki, yangi texnologiyalarni boshqarish uchun tanlov asosida qabul qilingan ishchi va mutaxassislar ilg‘or xorijiy kompaniyalarda qayta malaka oshirgan bo‘lib (jumladan, Tatariston Respublikasida), bugungi kunda ularga o‘rtacha 5 mln so‘m oylik ish xaqi tayinlangan. 7 ta rezident loyihasi joriy yil ishga tushirilishi rejalashtirilgan.Shuningdek, ishchi guruh tomonidan texnopark rezidenti – “Rhodium Polimer” mas’uliyati cheklangan jamiyati qo‘shma korxonasini Yagona yetkazib beruvchilar reyestriga kiritish masalasi yuzasidan mas’ul vazirlik va idoralarga taklif tayyorlanmoqda.“Rhodium Polimer” MChJ QK Markaziy Osiyoda ko‘piklantirilgan polipropilen ishlab chiqaruvchi yagona korxona hisoblanadi. Bugungi kunga qadar ushbu mahsulot respublikamizga faqat import qilingan.O’rni kelganda, ishchi guruh tomonidan amalga oshirilayotgan quyidagi ishlarni ham sanab o‘tish joiz: – davlat qarzini boshqarishda 2022 yili yangi jalb qilingan tashqi qarz miqdori 4,5 mlrd AQSh dollaridan oshib ketmasligi ta’minlandi (21-maqsad, 72-band). – ayrim tizimli muammolar yuzasidan ishchi guruh rahbariga amaldagi qonunosti hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimcha kiritish bo‘yicha takliflar berildi.Milliy iqtisodiyot kapitalizmning vujudga kelishi va qaror topishi bilan bogʻliq boʻlib, eng avvalo, Angliyada shakllandi. Hozirgi paytda Milliy iqtisodiyotning kapitalistik, sotsi-alistik, postsotsialistik va kam rivojlangan mamlakatlardagi kapitalistik yoʻnalishli kabi turlari maʼlum. Shu bilan birga har bir muayyan turdagi iqtisodiyotining oʻz milliy modellari va shakllari bor. Mas, kapitalistik Milliy iqtisodiyotning amerikacha, yevropacha va yaponcha turlari, milliy modellari va ularning "aralash iqtisodiyot" deb atalayotgan zamonaviy shakli bor. Rivojlangan mamlakatlardagi "aralash iqtisodiyot" xususiy va davlat kapitallariga asoslangan hamda bozor4 va davlat tomonidan tartiblanadigan, boshqariladigan, umumdemokratik tamoyillar ham karor topa borayotgan kapitalistik Milliy iqtisodiyotdir. Zamonaviy sotsialistik Milliy iqtisodiyot Xitoy, Vyetnam va Kubada mavjud boʻlib, unga eng muhim tarmoqlarda sotsialistik davlat mulkini va korxonalarini saqlab qolgan holda, xususiy mulkchilikka, tovarli-pulli xoʻjaliklarga va bozor munosabatlariga keng yoʻl ochilmoqda. Sharqiy Yevropa mamlakatlarida va SSSRda oʻta markazlashgan maʼmuriydavlat sotsializmi inqirozga uchrab, parchalanishi natijasida vujudga kelgan yangi mustaqil davlatlarda (Polsha, Rossiya va boshqalarda) postsotsialistik Milliy iqtisodiyotga aylanmoqda. Boshqa baʼzi postsotsialistik mamlakatlarda, jumladan, Oʻzbekistonda oʻziga xos demokratik, bozorga asoslangan umumdemokratik Milliy iqtisodiyot shakllantirilmoqda. Dasturning 21-maqsadi 71-bandiga asosan hududiy ichki yo‘llarni ta’mirlash uchun ajratiladigan mablag‘larning kamida 50 foizini “Ochiq budjet” axborot portali orqali jamoatchilik fikri asosida amalga oshirish belgilangan. Mazkur band bo‘yicha o‘tgan yili Moliya vazirligida, shuningdek, Buxoro viloyatining Romitan va Buxoro tumanlarida “Zoom” platformasi orqali tegishli vazirlik va idoralar, deputatlar, hokim yordamchilari ishtirokida ishchi guruhining onlayn vebinarlari o‘tkazilgan. Shu o‘rinda bir masalaga e’tibor qaratish zarur. Ma’lumki, 2022 yil 2 fevralda Vazirlar Mahkamasining “Avtomobil yo‘llari sohasida ochiqlik standartlarini joriy etish va sohada jamoatchilik nazoratini kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” qarori qabul qilingan. Unga asosan “Ochiq budjet” axborot portalida “Mening yo‘lim” loyihasi joriy etilgan. Loyihaga kelib tushgan takliflar ovozlar soniga asoslangan holda, yuqoridan pastga qarab saralab olinadi va g‘olib aniqlanadi. O’rganishlar ko‘rsatdiki, bunday tanlovda aholisi zich joylashgan markazlar ko‘proq yutib, aholisi kam olis qishloq va mahallalardagilar tizimdan keng foydalana olmayapti.Ishchi guruh tomonidan yuqoridagi muammoni tizimli hal etish uchun quyidagicha taklif berilgan: – “Mening yo‘lim” loyihasida g‘olibni aniqlash mezonida, istisno tariqasida, tuman markazidan uzoqda joylashgan chekka qishloq va mahallalarga ustuvor ahamiyat berish; – kelib tushgan takliflar ovozlar sonidan kelib chiqib yuqoridan pastga hamda eng chekka qishloq va mahallalardan tuman markaziga qarab saralab olish bo‘yicha tegishli qonunosti hujjatlariga qo‘shimcha kiritish. Xulosa qilish mumkinki, yuzaga kelgan muammolarni mas’ul vazirlik va idoralar bilan o‘zaro hamkorlik va hamjihatlikda hal etib borish, davlat dasturi ijrosi bajarilishini ta’minlash 2022–2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O’zbekistonning taraqqiyot strategiyasi hamda Prezidentimizning Oliy Majlis va O’zbekiston xalqiga Murojaatnomasida belgilangan vazifalarga asosan aholining hayot darajasini yanada yuksaltirish, ta’lim sifatini jahon standartlariga muvofiqlashtirish, barqaror iqtisodiy o‘sishga erishish hamda kambag‘allikni qisqartirish borasidagi islohotlarni yangi bosqichga olib chiqishga xizmat qiladi.