10-Sanoatda chiqindisiz ishlab chiqarishni rivojlantirishning yo’nalishlari
XULOSA
Foydalanish muxlatini o’tab bo’lgan bunday organik buyumlarga "chiqindi" sifatida qarash, ularni erga ko’mish yoki yondirib yuborish atrof-muhitni ifloslantirish demakdir. CHunki polietilen, polipropilen, polivinilxlorid va shunga o’xshagan plastmassa turlari gidrofob (ya’ni, namlikni o’ziga shimib olmaydigan), mikroorganizmlar ta’sirida parchalanmaydigan va zanglamaydigan materiallar hisoblanadi. Xolbuki, erni shudgorlash paytida polietilen plyonkalari tuproq bilan birga ko’mib tashlanayapti. Natijada tuproq tarkibi yomonlashib bormoqda, g’o’za nihollarining o’sishi va xususan, paxta xosildorligi pasayib bormoqda. Bir gektar erga chigitni plyonka ostida ekish uchun 60-65 kg nolietilen plyonkasi sarflanadi. Plastmassa chiqindilariga qayta ishlov berish yuli bilan ulardan qishloq xo’jalik tarmoqlarida foydalanish mumkin. Masalan, ichimlik idishlari va plyonkalarni rezina kukunlari bilan aralashtirib, qorishmadan poyafzal tagligi yoki turli kalinlikka ega bo’lgan qora plyonkalar olish mumkin. Plastmassa "chiqindilarini" maydalab kukun shakliga keltirish va tarkibiga ishlab chiqarish chiqindilari (tolalar, shisha kukuni, tosh kukuni, yog’och yoki barg kukuni, marmar kukuni, qorakuya, bo’r, grafit va hokazolar) kirgizib, yaxshilab aralashtirib, ularni presslash yuli bilan turli diametrli quvurlar, qutti va boshqa ishga chidamli mahsulotlar olish mumkin. "CHiqindi" asosida olingan bunday mahsulotlarning narxi ham arzon bo’ladi, qo’llash muddati ham 2-3 barobar cho’ziladi va eng muhimi, atrof-muhit ifloslanishining oldi olinadi. Ming afsuslar bulsinkim, viloyatimizda plastmassa chiqindilarini yig’ib olish va ulardan yangi mahsulotlar ishlab chiqarish ishlari yo’lga qo’yilmagan. Bundan tashqari, viloyatdagi ko’pgina ishlab chiqarish korxonalarida chiqindisiz va kam chiqindili texnologiyalar joriy etilmagan. Rivojlangan mamlakatlarda o’simliklar faqat mahalliy o’g’itlar asosida tayyorlangan go’ng bilan o’stirilib, ekologik toza mahsulotlar ishlab chiqariladi. Biz ham mana shu texnologiyalarni ishlab chiqarishga joriy etishimiz kerak.