2. Chikindisiz texnologiyalarning asosiy prinsiplari.
Xulosa
Chiqindisiz va kam chiqindili texnologiyalar
Birinchi marotaba o`tgan asrning 50-chi yillarida rus olimlari akad. N.N. Semyonov va I.V.Petryanovlar ―chiqindisiz texnologiya‖ atamasini fanga kiritgan edilar. Hozirgi paytda ―chiqindisiz va kam chiqindili texnologiyalar‖ atamalari o`rniga ―toChiqindisiz texnologiya – insoniyat ehtiyojini qondirish maqsadida bilimlar, usullar va vositalarining amalda tadbiq etish, tabiiy resurslardan va energiyadan samarali foydalanish ta`minlash va atrof – muhitni muhofazalashdir. Chiqindisiz texnologiya – insoniyat ehtiyojini qondirish maqsadida bilimlar, usullar va vositalarining amalda tadbiq etish, tabiiy resurslardan va energiyadan samarali foydalanish ta`minlash va atrof – muhitni muhofazalashdir.
Chiqindisiz texnologiya – mahsulot ishlab chiqarishning shunday samarali usuliki, unda ―xom-ashyo - ishlab chiqarish – iste`mol qilish – ikkilamchi xom-ashyo resurslari‖ ciklida xom-ashyolardan va energiyadan unumli va kompleks ravishda qo`llaniladi va tabiiy atrof-muhitga etkazilgan har qanday ta`sir uning normal holatidan chiqara olmaydi.
Ushbu ta`rifda 3 ta sharf mavjud:
1. Chiqindisiz ishlab chiqarish negizini inson tomonidan ongli ravishda tashkil etilgan va rostlangan moddalarning texnogen aylanishi tashkil yetadi.
2. Xom-ashyo tarkibida mavjud bo`lgan barcha komponentlardan samarali foydalanish va energiya resurslari potencialidan to`liq foydalanishning majburiyligi.
3. Chiqindisiz texnologiyaning tabiiy atrof-muhitga va uning normal ishlashiga ta`sir etmasligi
Kam chiqindili texnologiya – mahsulot ishlab chiqarishning shunday usuliki, unda tabiiy atrof-muhitga etkazilgan har qanday ta`sir ruxsat etilgan sanitariya – gigienik me`yorlaridan oshmaydi. Bunda tashkiliy, texnik va iktisodiy sabablarga kura, xom ashyoning m`lum bir kichik mikdori chikindi bulib kolishi mumkin.