Sanoatda tannarx, foyda va ishlab chiqarish rentabelligi


Foyda va uni maksimallashtirish



Yüklə 361,49 Kb.
səhifə5/9
tarix19.12.2022
ölçüsü361,49 Kb.
#76354
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Industrial iqtisodiyot

3. Foyda va uni maksimallashtirish


  • Sanoat va uning barcha bo’g’inlari ishini tavsiflovchi muhim sifat ko’rsatkichlaridan biri foyda va rentabellikdir. Foyda bozor munosabatlarining muhim kategoriyasi sifatida iqtisodiyotda, ma’lum funksiya (vazifa)larni bajaradi:

  • -ishlab chiqarish faoliyatining natijasidan olingan iqtisodiy samarani tavsiflaydi, chunki u so’nggi moliyaviy natijani ifodalaydi;

  • -turli darajadagi budjetlarni shakllantiradi;

  • -xodimlarning manfaatlarini himoya qiladi va bu borada iqtisodiy dastak va stimul rolini o’ynaydi;

  • -ilmiy – texnikaviy, tashkiliy va ijtimoiy ishlarni amalga oshirishga imkoniyat beradi.

  • Foyda sanoat, tarmoq va korxonaning hamma ishlab chiqarish xo’jalik faoliyati natijalarini umumlashtiruvchi ko’rsatkichdir. Balansdagi foyda yoki foydaning umumiy summasi – korxona balansidagi mavjud ishlab chiqarish va ishlab chiqarishdan tashqari, xo’jaliklarning moliya-xo’jalik faoliyatlari natijasida olingan foyda summasidir4. Foydaning umumiy summasi tovar mahsulotini sotishdan, ishlab chiqarishdan tashqari, bajarilgan ishlar va xizmatlardan olingan daromadlardan, korxona yordamchi xo’jaliklarining mahsulotlarini sotishdan olingan daromadlardan, realizatsiyadan tashqari, foyda va uy-joy kommunal xo’jaligi, har xil jarimalar, penya va hokazolardan tashkil topadi.

  • Xo’jalik yurituvchi subyekt faoliyatining moliyaviy natijalari foydaning quyidagi ko’rsatkichlari bilan tavsiflanadi:

  • -mahsulotni sotishdan olingan yalpi foyda (YaF), bu sotishdan olingan sof tushum bilan sotilgan mahsulotning ishlab chiqarish tannarxi o’rtasidagi tafovut sifatida aniqlanadi:

  • YaF = SST – MIT,

  • bu yerda: YaFyalpi foyda; SSTsotishdan olingan sof tushum;

  • MIT – sotilgan mahsulotning ishlab chiqarish tannarxi;

  • Asosiy faoliyatdan ko’rilgan foyda – bu mahsulotni sotishdan olingan yalpi foyda bilan davr xarajatlari o’rtasidagi tafovut va qo’shimcha asosiy faoliyatdan ko’rilgan boshqa daromadlar yoki minus boshqa zararlar sifatida aniqlanadi:


  • Yüklə 361,49 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
  • 1   2   3   4   5   6   7   8   9




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
    rəhbərliyinə müraciət

    gir | qeydiyyatdan keç
        Ana səhifə


    yükləyin