Mahsulot tannarxi sanoat korxonalari faoliyatining muhim ko’rsatkichlaridan biri bo’lib, u mahsulot ishlab chiqarish va uni sotishga sarflangan mablag’lardan tashkil topadi. Shu sababli mahsulot tannarxini arzonlashtirishning ahamiyati beqiyosdir. Uni pasaytirish foyda (daromad)ning oshishiga, narxlarning pasayishiga imkoniyat yaratib beradi.
Foyda (daromad) korxona (firma) faoliyatini umumlashtiruvchi ko’rsatkichdir. U moddiy ishlab chiqarishda yaratilgan sof daromadning bir qismi bo’lib, davlat budjeti daromadlarining shakllanishida asosiy manbalardan biri bo’lib hisoblanadi.
Ishlab chiqarish rentabelligi sanoat ishlab chiqarishi, uning tarmoqlari va korxonalarning iqtisodiy samaradorligini ifodalovchi muhim ko’rsatkichlardan biri bo’lib hisoblanadi. Hozirgi vaqtda rentabellik darajasini aniqlashning bir necha usuli mavjud bo’lib, ular korxonaning xo’jalik faoliyatini baholovchi vosita (instrument) vazifasini o’taydi.
2 Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамасининг 1999 йил 5 февралдаги 54-сон қарори билан тасдиқланган «Маҳсулот (ишлар, хизматлар)ни ишлаб чиқариш ва сотиш харажатларининг таркиби ҳамда молиявий натижаларни шакллантириш тартиби тўғрисида»ги Низом
3 Ортиқов А. «Саноат иқтисодиёти». Ўқув қўлланма. Б.184.
4 Ортиқов А. «Саноат иқтисодиёти». Ўқув қўлланма. Б.186.