Sanoatqurilish banki tashkiliy tuzilishi va faoliyatini tashkil etishda


Yangi strategiyani hayotga tadbiq etish kanday amalga oshiriladi?



Yüklə 1,01 Mb.
səhifə11/13
tarix16.03.2022
ölçüsü1,01 Mb.
#53830
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
bank

Yangi strategiyani hayotga tadbiq etish kanday amalga oshiriladi?

 Strategiyada belgilangan maqsadlarga erishish va ularni hayotga tadbiq etish uchun strategik tashabbuslar majmui ishlab chiqildi.

Bundan tashqari, uchta asosiy vosita (instrument) joriy etilmoqda: Loyiha ofisi (PMO), muvozanatli ko‘rsatkichlar tizimi, Bankning Kuzatuv Kengashi huzuridagi Strategiya qo‘mitasi tomonidan ko‘rib chiqilishi uchun biznes yo‘nalishlar hamda qo‘llab-quvvatlash bo‘linmalarining choraklik hisobotlari shular jumlasidan.

 Strategiyani amalga oshirishda kutilayotgan natijalar sifatida quyidagilarni sanab o‘tmoqchiman:

 – mijozlar sonini 1 milliondan oshirish;

– mijozlar uchun 100 dan ortiq yangi mahsulotlarni joriy etish (strukturaviy moliyalashtirish, sindikatlangan moliyalashtirish, yashil moliyalashtirish, loyihaviy boshqaruv, ayollar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha moliyaviy yechimlar, korporativ hamda kichik va o‘rta biznes mijozlariga parametrlangan va individual kredit hamda depozit mahsulotlari, shuningdek kredit kartalari, multivalyutali omonatlar, Bankning xalqaro kartalari va chakana segment mijozlari uchun boshqa yangi moliyaviy yechimlar shular jumlasidan o‘rin olgan)

– onlayn bankingni rivojlantirish;

– Xalqaro moliya korporatsiyasi bilan boshlangan transformatsiya jarayonlarini yakunlash;

– barcha filiallarni sotish nuqtalariga aylantirish va boshqalar.

O'zsanoatqurilishbank” transformatsiyasi – moliya muassasasi “Sanoatqurilishbank” deya qayta nomlandi



Amaldagi ishlash tizimi bugungi kun talablariga javob bermasligi sababli bankda transformatsiya jarayoni amalga oshirildi.

“O'zsanoatqurilishbank” ATB ko'p yildan beri mijozlar ishonchini qozonib ularga zamonaviy bank xizmatlarini taklif etib kelayotgan moliya muassasalaridan biri hisoblanadi. Endilikda ushbu bankni mijozlar yangi talqinda, sodda qilib aytganda uning – transformatsiyasiga guvoh bo'lishlari mumkin. 19-noyabr kuni poytaxtimizda ushbu yirik moliya muassasasining yangi brendi omma e'tiboriga taqdim etildi.



Endilikda Sanoatqurilishbank ATB nomiga aylantirilgan tashkilot yangi bosqichdagi biznes jarayonlari, xizmatlar sifati hamda mahsulotlar turlari takomillashuvini o'zida mujassam etmoqda.



O'zsanoatqurilishbankining transformatsiya qilinishi o'z navbatida moliya muassasasi rivojlanish strategiyasini butkul o'zgartirishni nazarda tutmoqda. Qayd etish joiz, ushbu ishlar Davlatimiz Rahbarining 2017-yilning 12-sentabrdagi “Respublika bank tizimini yanada rivojlantirish va barqarorligini oshirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi hamda 2018-yil 23-martdagi “Bank xizmatlari ommabopligini oshirish bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida”gi qarorlari ijrosi yuzasidan amalga oshirildi.



Bank brendini o'zgartirish dasturi Rossiya moliya muassasalari hamda Jahon banki tarkibiga kiruvchi Xalqaro moliya korporatsiyasidan jalb qilingan eng tajribali mutaxassislar ishtirokida ishlab chiqildi. Dastlabki bosqichda mijozlarning istaklari va bank tizimining hozirgi holati batafsil o'rganib chiqildi. Tahlil natijalari asosida 12 hil eng muxim biznes yo'nalishlarini qamrab olgan transformatsiya qilish dasturi ishlab chiqildi. Tantanali tadbirda ham aynan ushbu strategiya to'g'risida taqdimot o'tkazildi. Shundan so'ng yangi brend logotipi omma e'tiboriga taqdim etildi.



Shundan so'ng tadbirning taqdimot qismi boshlandi. Unda bank rahbariyati tomonidan “Sanoatqurilishbank”ning yangi asosiy vazifalariga to'xtalib o'tildi. Ta'kidlanganidek yangi brend bank oldiga mijozlarga xalqaro darajada xizmat ko'rsatish, zamonaviy bank xizmatlarini joriy etish hamda mijozlar bilan munosabatni o'rnatish kabi vazifalarni qo'yadi. Bu esa albatta bankning asosiy yo'nalishi bo'lgan mamlakatimiz sanoati rivojida sezilarli o'sishga sabab bo'ladi.



“Sanoatqurilishbank” ATB Strategiya va marketing boshqarmasi boshlig'i Otabek Abdurahimov: Amaldagi ishlash tizimi bugungi kun talablariga javob bermasligi sababli bankda transformatsiya jarayonini boshladik. Biz bank sohasining xalqaro standartlarini joriy qilib, strategik sarmoyadorlarni jalb qilmoqdamiz va kredit olish imkoniyatlarini kengaytirmoqdamiz. Yangi logotipimizdagi ranglar uyg'unligiga keladigan bo'lsak, unda bankimizning asosiy vazifasi bo'lgan sanoat va qurilishga ko'maklashish tasvirlangan. Kulrang – metalni namoyon etadi. Qizil – metalni eritadigan va kesadigan olov, ko'k esa suv timsoli. Yangi obraz bankning ichki tizimi hamda xizmat ko'rsatish sohasida tub o'zgarishlar bo'lishini taminlaydi.



Yangi rivojlanish strategiyasi doirasida bank barcha ofislarda xizmat ko'rsatish shaklini butkul o'zgartirmoqda. Shu maqsadda bir qator filiallarda xizmat ko'rsatish bo'limlarining faoliyati qaytadan yo'lga qo'yildi, qolgan filiallarda esa yaqin vaqtlar ichida rekonstruksiya ishlari yakuniga yetkaziladi.

Bir so'z bilan aytganda, “Sanoatqurilishbank” ATB barcha xalqaro standartlarga javob bera oladigan, respublikamizning yetakchi zamonaviy moliya muassasasiga aylanishni rejalashtirgan.


Yüklə 1,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin