2-sinf
Fan: Matematika
Mavzu
5 ni ko’paytirish va 5 ga bo’lish jadvali.
Maqsad va
vazifalar
O’tilgan mavzu yuzasidan olgan bilimlarini mustahkamlash.
O’quvchilarga 5 ni ko’paytirsh va 5 ga bo’lish jadvaliga doir misol va
masalalarni yechishni o’rgatish. O’quvchilarning DTS talablari bo’yicha
bilim ko’nikma va malakalarini tekshirish. Iqtisodiy bilim berish,
kompyuter savodhonligini oshirish.
O'quv
jarayommng
mazmuni.
O’quvchilarni matematika faniga bo’lgan qiziqishlarini orttirib borish.
Matematika fani orqali hayotni to’g’ri tasavvur eta olish malakasini
o’stirish. Jonli tabiatni sevishga ularga g’amxo’r bo’lishga o’rgatish.
Tejamkor va tadbirkor bo’lishga o’rgatib borish.
O’quvchilarni bilimli zukko bo’lishga undash, erkin va mustaqil
fikrlash ko’nikmalarini rivojlantirish.
O'quv
jarayonini
amalga
oshirish
texnologiyasi
Uslub: "Klaster"metodi, og'zaki bayon qilish, “aqliy hujum” metodi, o’z
o’zini baholash, tushuntirish, erkin fikrlash.
Shakl: Guruhlarda ishlash, kichik sahna ko’rinishi.
Vosita: 2-sinf matematika darsligi, kompyuter, proyektor, slayd magnitli
xat taxta, mavzuga oid ko’rgazmalar, issiqxona maketi, sport lotto o’yini
uchun raqamli qopcha.
Usul: multmediya asosidagi interfaol metod, “Sirli alifbo” o’yini, tezkor
savollar, “sport lotto” o’yini.
Nazorat: Og'zaki nazorat , savol-javob, o'z-o'zini nazorat qilish, yozma
ko'zatish.
Baholash: Rag'batlantirish, 5 ball tizim asosida baholash.
Kutilayotgan
natijalar
O'qituvchi:
O'quvchilarning fanga qiziqishini, faolligini oshiradi, sinfda, jamoada
do'stona muhitni shakllantiradi.Past o'zlashtiruvchilarning fikrlash
qobiliyatini o'stiradi, misol va masalalarni mustaqil bajarish
ko’nikmalarini oshiradi. Nutq boyligini oshiradi. O'z oldiga qo'ygan
maqsadlariga erishadi. Ko’paytirish jadvali orqali o’quvchilar bilan turli
xil o’yinlar o’tkaziladi. Barcha o'quvchilarni dars davomida baholaydi.
O'quvchi:
Matematika fani orqali hayotni to’g’ri tasavvur eta oladi tejamkor va
tadbirkor bo’lishni o’rganadi. Yangi bilimlarni egallaydi. Yakka holda va
guruh bo'lib ishlashni o'rganadi. Nutqi rivojlanadi va eslash qobiliyati
kuchayadi. O'z ustida ishlaydi. Qisqa vaqt ichida ko'p ma'lumotlarga ega
bo'ladi. Boshqa fanlar bilan bog'lanadi.
Kelgusi
rejalar
(tahlil,
o'zgarishlar)
O'qituvchi:
Yangi pedagogik texnologilarni o'zlashtirish va darsda tatbiq etish va
takomillashtirish. O'z ustida ishlash.Mavzuni hayotiy voqealar bilan
bog'lash. Pedagogik mahoratini oshrish.
O'quvchi:
O’quvchilarni kasblarga bo’lgan qiziqishlari ortadi. O'z fikri va guruh
fikrini tahlil qilib bir yechimga kelish malakasini hosil qilish.
Keyingi darslarga fikr berish ko'nikmalari hosil bo'lishi.