178
• murabbiyning baholash varag'ini to‘ldirish.
Ba'zi hollarda yangi xodimlar (tinglovchilar) uchun egallangan
bilimlar darajasini, ishlash uchun zarur bo‘lgan ma'lumotlarni o‘zlashtirish
darajasini baholashga qaratilgan topshiriqlar yoki testlar berilishi mumkin.
Moslashish muddati tugagandan so‘ng, xodim bo‘lim boshlig'i bilan
suhbat (test sinovi) shaklida yakuniy attestatsiyaga taklif qilinadi.
Attestatsiya komissiyasi moslashish jarayonini ham baholashi mumkin.
Adaptatsiya natijalari shaxsiy moslashuv rejasida ko‘rsatilgan
vazifalarga muvofiq testlarni va (yoki) suhbatlarni o‘z ichiga olgan nazorat
tadbirlariga muvofiq belgilanadi.
Adaptatsiya dasturi tugagan kundan boshlab uch ish kunidan
kechiktirmay bo‘lim boshlig’i va (yoki) murabbiy xodimning sinovdan
o‘tganidan keyingi natijalarini baholash varag'ini tayyorlaydi. Xodimning
baholash varag'i imzolangan holda taqdim etilishi kerak.
Agar murabbiylik davrida yangi xodim ishda yaxshi natijalarni
ko‘rsatgan va attestatsiyadan (intervyu) muvaffaqiyatli o‘tgan bo‘lsa, u
adaptatsiya va sinovdan muvaffaqiyatli o‘tgan deb hisoblanadi va ishga
qabul qilinadi. Bo‘lim boshlig'i unga mehnat munosabatlari davom etishi
to‘g'risida xabar beradi.
Agar xodim qoniqarsiz natijalarni ko‘rsatsa va attestatsiyadan
(suhbatdan) o‘tmasa, u holda unga nisbatan yangi murabbiylik davri
belgilanishi mumkin yoki u mehnat qonunchiligida belgilangan tartibda
ishdan bo‘shatilishi mumkin.
Shaxsiy reja va moslashish dasturining bajarilish darajasiga ko‘ra
murabbiyning faoliyati murabbiylik qilingan xodimning ishiga qarab
baholanadi.
Dostları ilə paylaş: