238
Neyrotizm
- bu hissiy beqarorlik, tashvish, havotir, o‘zini yomon his etish
va vegetativ kayfiyat buzulishlari bilan tavsiflanadigan ruhiy holat.
Ommaviy yoki loyihaviy rekrutment
- buyurtmachi kompaniya bilan
tasdiqlangan jadvalga muvofiq odatdagi lavozimlarga nomzodlarning katta
va / yoki kelishilgan soniga yo‘naltirilgan rekrutment yo‘nalishi.
Panelli intervyu
- bu ish beruvchi kompaniyaning bir nechta vakillari bitta
nomzod bilan olib boradigan suhbatdan iborat.
Personal lizingi
(ingliz tilidan personal leasing) - rekruting agentligi o‘z
nomidan ishchilar bilan mehnat shartnomasini
tuzadigan va keyin ularni
buyurtmachi kompaniyaga 3 oy yoki undan ko‘proq muddatga ishlashga
yo‘naltiradigan rekrutment sohasidir.
Personal autpleysmenti
(inglizcha Personal outplacement) –
rekrutment
yo‘nalishi bo‘lib, bunda rekruting agentligi buyurtmachi kompaniyadan
ma’lum muddatga va ma’lum sharoitlarda bo‘shatilayotgan
xodimlarning
bandligini ta’minlash bo‘yicha maqsadli xarakatlarni amalga oshiradi.
Rekruting
- bu kompaniya kadrlar menejmentining nomzodlarni qidirish va
tanlash, keyinchalik ularni bo‘sh ish o‘rinlariga yollash maqsadidagi
tashkiliy chora-tadbirlar majmuini o‘z ichiga oladigan biznes jarayonidir.
Rekrutment
- buyurtmachi-kompaniyaning bo‘sh
ish joylarini uning
professional malaka talablariga mos keladigan mutaxassislar bilan pulli
asosda to‘ldirish uchun shart -sharoitlarni yaratishni o‘z
ichiga oladigan
iqtisodiy faoliyat turidir.
Dostları ilə paylaş: