SAPOL BUYUMLARI ISHLAB CHIQARISH TEXNOLOGIYASI REJA:
1.SAPOL BUYUMLARI ISHLAB CHIQARISH TEXNOLOGIYASI HAQIDA
2. SOPOLSOZLIK
3. SOPOLSOZLIKNING PAYDO BO‘LISHI
Bunday materiallar qatoriga birinchi navbatda sopol va chinni mahsulotlari kiradi. Sopol yoki fayans buyumlarning suv yutuvchanligi 9-21% bo‘lsa, chinnining bu ko‘rsatkich 0,5-0% atrofida tbo‘ladi. Fayans va chinni oralig‘ida hosil bo‘lgan material yarimchinni nomi bilan ataladi. Uning suv yutuvchanligi 3-7% dir.
Shuday qilib nafis keramika mahsulotlarining ilk vakili sopol bo‘lib, u jahonda keng tarqalganligi va ishlab chiqarish texnologiyasinning chinniga nisbatan biroz soddaligi bilan ajralib turadi. Sopoldan tayyorlangan buyumlar tanasining g‘ovakligi bilan ajralib turadi. Uning sinig‘i oq rangli va g‘ovakli bulib, sirti shaffof qatlami bilan qoplangan bo‘ladi. Sirlanmasa suv yutuvchan bo‘lib qoladi.
Sopolsozlik qadimiy san’at bo‘lib, xalq ustalari uni asrlar davomida rivojlantirib kelmoqdalar. Undan san’at va xo‘jalik buyumlari yamalibgina qolmay, tarixiy obidalar, zamonaviy uy-joylar., inshoatlar va hiyobonlarga chiroy baxsh etmoqda. Sopolsozlik san’ati meros stansiyalari pardozida ham qo‘llanila boshlaniladi. Jumladan, Toshkent metropolitenining «Oybek», «navoiy» va «Toshkent» stansiyalarga kirib kelgan kishi o‘zini ko‘rkam qasirga kirganidek his etadi. Stansiya stunlaridagi kulolchilik namunalarida milliylik, tarixiylik va zamonaviylik aks etgan.
Inson tuproqdan tayyorlangan loyning yopishqoqligi va issiqdan qotishini o‘z hayotida ko‘p marotaba sinab ko‘rdi. Bu esa o‘z navbatida sun’iy sopol buyumlarining ilk turlarini ishlab chiqarishga olib keldi. Arxeologik qazilmalardan olingan ma’lumotlarga qaraganda, ajdodlarimiz tosh asrining oxiri – neolit davridayoq ovqat pishirish, suv va ichimliklarni saqlashda tuxumsimon yassi idishlardan foydalanishgan.
Sopolsozlikning paydo bo‘lishi hunarmandchilikning ko‘pgina turlari qatori insonning ko‘chmanchilikdan o‘troqlashuviga o‘tishini ta’minlovchi omillardan biri bo‘ldi. O‘troqlashuv omili o‘z navbatida sopolsozlikning rivojlanishida muhim rol o‘ynagan.
O‘lkamiz tarixida o‘rta asrlarga oid sopol yodgorliklari ichida Farg‘ona vodiysining Chust va Dalvarzin, Surxondaryo viloyatining Sopollitepa va Kuchuktepa, Samarqandning Afrosiyob, Xorazm va Toshkentning hunarmandlar yashagan dahalaridan topilgan amaliy ashyolarni ko‘plab uchratish mumkin. Bunday sopol idishlar o‘zining pishiqligi, naqshning betakrorligi, nafis ishlov berilganligi bilan kishini lol qoldiradi.
XX asrga kelib, O‘zbekistonda keramika mahsulotlarining barcha turi, shu jumladan, sopolsozlikning rivojlanishiga katta e’tibor berildi. Respublikamizning barcha viloyatlarida kulolchilik korxonalari barpo etildi. g‘ijduvon, Rishton, Xiva, Samarqand, Shahrisabz va Toshkentda mavjud bo‘lgan hunarmandchilik ustaxonalari qayta jihozlandi va kengaytirildi.
Xozirgi kunda sopol buyumlari massasi turli xil usulda tayyorlanadi. Birinchi usul eng qadimiy bo‘lib, bu usul bo‘yicha suyuq modda-quyishiga mo‘ljallangan shileker tayyorlanadi. Bunday shakarqiyom moddaning namligi 31-32% ni tashkil etadi.
Ikkinchi usul ishlab chiqarishda keng qo‘llaniladigan bo‘lib, uni mutaxassislar plastik usul deb ataydilar. Bu usul bo‘yicha odatda namligi 16-25% bo‘lgan plasitik massa tayyorlanadi va qoliplarda kerakli shakillar hosil qilinadi . Uchinchi usul bo‘yicha namligi 5-8% bo‘lgan tolqonsimon massa tayyorlanadilar. Korxonalarda shlikerni qoliplarga qo‘shish ko‘pincha mehanizatsiya yordamisiz bajariladi. Shu tufayli qoliplashdagi bosim bir atmosferadan yuqori bo‘lmaydi. 5-8% namlikka ega bo‘lgan yarim quruq kukun bir yoki ikki tomonlama, bir pog‘onali yoxud ko‘ppog‘onali usullarda 200-400 kgs∕sm2 bosimda presslanadi. Presslash jarayoni tirsak–dastali, friksion, rotatsion va gidravlik presslarda bajariladi. Plastik massaning namligi 16-25% bo‘lganda presslash 10-20 kgs∕sm2 bosimda lentasimon yoki shtampovka presslarida amalga oshiriladi. Odatda tayyor loy press ichida shnek yordamida suriladi va zichlanadi. Keramika buyumlari ishlab chiqarishda Yana bir zamonaviy ishlab chiqarish usuli bo‘lib, uni quruq presslash deb ataladi. Odatda quruq presslashda namligi 2% dan oshmaydigan kukun ishlatiladi va keramika buyumlari tayyorlanadi. Xozirgacha bu usul sopolsizlik tarmog‘iga keng kirib kelmagan.
Sopol ishlab chiqarish ancha murakkab jarayon bo‘lib, bir qancha bosqichlarni o‘z ichiga oladi. quyida berilayotgan qattiq fayans nomli sopol ishlab chiqarishning texnologik sxemasi (2-rasm) bu haqda to‘la tushuncha hosil qilishga yordam beradi.
Yarimquruq presslash usuli katta bosim ostida turli avtomatik moslamalar yordamida amalga oshirilgan tufayli presslanayotgan buyumlarning shakli oddiy va yassiroq bo‘lishini taqozo etadi. Plastik massani qoliplash usuli bilan ish yuritilganda soda yoxud murakkab shaklli buyumlarni yasash mumkin. Shliker yoxud eritma bilan ishlanganda esa o‘rta murakkab shaklli buyumlar gipsli formalarga qo‘yiladi.
Haqiqatan ham korxonalarda choynak, koshin, kuvacha, ko‘za (vaza), haykalcha, unitaz, umivalnik singari sopol buyumlari eritmalardan qo‘yish yo‘li bilan olinadi. Lagan, taqsimcha, kosa, piyola, quvur va pilita singari xo‘jalik asboblari esa plastik massa olish va uni qoliplash usuli orqali amalga oshiriladi.
Tuproqlarni qazib olish va tashish (ekskavator, avtomashina)
Kvars qumini olish va tashish (ekskavator, avtomashina)
Dala shpatini keltirish (vagon, avtomashina)
Suv, par
↓
↓
↓
↓
Tuproqni saqlash (qishda isitish)
qumni saqlash
Dala shpatini saqlash
↓
↓
↓
↓
Tuproqqa ishlov berish (yashikli uzatkich, bulg‘alagich,begun)
Qumni tozalash (magnit, suv, kimyoviy birikma)
Dala shpatiga ishlov berish (jag‘li bulg‘alagich, magnit, suv)
↓
↓
↓
↓
↓
Dozalash (hajmiy yoki tarozida)
Dozalash (hajmiy yoki tarozida)
Dozalash (hajmiy yoki tarozida)
Dozalash (hajmiy yoki tarozida)
↓
↓
↓
↓
Komponentlarni aralashtirish va massa tayyorlash
(shar, sterjen bolg‘acha yoxud pnevmo,-vibro-va energiya oqimli tegirmon)
↓
↓
↓
Yarim quruq usul massasini olish (filtrpress, quritish)
Plastik massa olish (filtrpress)
Eritmani saqlash (aralashtirgich)
↓
↓
↓
Kukunni presslash (tirsak dastali, friksion, rotatsion va gidravlik press)
Sekin quritish (gipsli formada detallarni yopishtirish)
Sekin quritish (gipsli formada detallarni yopishtirish)
↓
Quritish
(kamera yoki tunnel quritgich)
↓
Buyumlarni tozalash va ishlov berish
(qirqadigan qog‘oz, dastarra)
↓
Yuqori temperaturada kuydirish
(aylanma, kamerali yoki tunnel pechi, temperatura 1220-1280oS)
↓
Buyumlarni changdan tozalash
(pnevmoavtomat)
↓
Sirlash
(sirlovchi avtomat)
↓
Joylash (kapsel formasi)
↓
Pastroq temperaturada kuydirish
(kamerali, rolikli yoki tunnel pechi, temperatura 1050-1100оС)
↓
Buyumlarni dastlabki sortlash
↓
Buyumlarni dekoratsiyalash
(qo‘l yoki avtomat yordamida naqsh chizish)
↓
Past temperaturada kuydirish
(rolikli yoki kamerali pech, temperatura 550-650 oS)
↓
Buyumlarni sortlash
↓
Buyumlarni joylash
↓
Buyumlarni tayyor mahsulot omboriga jo‘natish
(trasportyor, konteyner, kran)
Koshinlashda ishlatiladigan plita, guldor sopol va turli xildagi soda shaklli buyumlar pressavtomatlar yordamida tayyorlanadi.
Hozirgi kunda sanoat korxonalarida olti seksiyali qoliplash-quritish avtomatlari ishlab turibdi. Bunday mashinada bir vaqtda turli shakl va o‘lchamlardagi oltitabuyumni qoliplash mumkin. Quyida uning ba’zi bir texnik ko‘rsatkichlari keltirilgan:
Unumdorligi, soatiga to‘g‘ri keladigan buyum soni …..3600
Mashina elektrdivigatelining quvvati, kvt hisobida …6
Buyumning eng katta diametri, mm hisobida ….260
Buyumning eng katta balandligi, mm hisobida…..52
Ushbu qattiq fayans olishning umumiy texnologik sxemasini bir oz o‘zgartirib boshqa fayans turlarini ishlab chiqarishga ham joriy etish mumkin. Jumladan sxemada dala shpatiga oid linya olib tashlasa, texnologik jarayon tuproqli fayans sxemasiga o‘xshash bo‘lib qoladi. Ohakli fayans buyumlarni ishlab chiqarishda yuqoridagi sxemagaohaktosh liniyasini kiritish darkor.
Ohaktosh konlarda portlatish yo‘li bilan bo‘lakchalarga bo‘linadi. Shundan so‘ng bir cho‘michli ekskavatorlar yordamida tosh bo‘lakchalari 12 t yoki undan ham ko‘proq yuk ko‘taradigan KrAZ va BelAZ markali avtosamosvallarga yuuklanadi va ohakli fayans korxonasining ohaktosh saqlash omboriga jo‘natiladi. Ohaktosh ishlov beri shva dozalash operatsiyalari orqali komponentlarni aralashtiruvchi tegirmonlarga kelib tushadi va boshqa homashyolar bilan aralashtiriladi.
Shamotli fayans ishlab chiqarishda qattiq fayans massasi tarkibida shamot kiritiladi. Bunda shamotni tuproqdan kuydirib olish, unga ishlov beri shva dozalash kabi operatsiyalar bajariladi.
Fayans buyumlarini ishlab chiqarishda quritish va kuydirish eng muhim operatsiyalardan hisoblanadi. Xom buyum shiliker yoki plastik usullar yordamida tayyorlanganda 6-8% li namlikkacha quritiladi. Ilgari bu eng mashaqqatli operatsiya hisoblanib, xaftalab ochiq maydonlarda saratonning qizig‘i yoki yonayotgan o‘tin yordamida quritilar edi. Xozirgi paytda uni quritish jarani zamonaviy, qo‘l kuchidan xoli bo‘lgan konveyyer, tunnel, rolikli yoki kamera quritgichlardan 100-1300 da quritiladi.
Hozirgi kunda buyumlar maxsus o‘tdonda, ya’ni tunnel kamerali aylanma va rolikli pechlar yordamida kuydirilmoqda. Sopol tarkibiga qum, toshqol, shamot kabi qo‘shimchalar kirayotganiga qaramay uning pishishi va qattiq sun’iy toshga aylanish temperaturasi anchagina yuqoridir. Odatda tuproqli fayans buyumlar 950оС, ohakli fayans 1160 оС, qattiq va shamotli fayans mahsulotlari esa 1220-1300оС da pishiriladi.
Birinchi kuydirish jarayonida fayansning sopolagi mustahkamlanadi, uning sirlash davrida bo‘kishi mumkinligining oldi olinadi. So‘ngra maxsus moslamalar yordamida sirti sirlanadi. Ikkilamchi kuydirish jarayonida sir bilan sopol jipslashib shishasimon moda ko‘rinishiga keladi. Bu jarayon odatda birinchi kuydirish jarayoniga nisbatan 150-200оС past temperaturada amalga oshiriladi.
Bugungi kunda sopol buyumlari va materiallari mamlakat xalq xo‘jaligida boshqa qurilish va xo‘jalik mahsulotlari qatori katta ahamiyatga ega.
Hozirgi vaqtda mamlakatimizda o‘nlab maxsus fayans zavodlari bo‘lib, bu korxonalarda turli-tuman xo‘jalik buyumlari-piyola, taqsimcha, kosa, ko‘zacha, kuvacha, tovoq kabilar ko‘plab ishlab chiqarilmoqda. Bu korxonalarda ishlab chiqarilayotgan mahsulot tannarxi kundan –kunga kamayadi, assortimenti esa ko‘payadi. Mayolka, xo‘jalik va ziynatli sovg‘a buyumlari, haykalcha, suvenirlar xonalarga ko‘rk bag‘ishlaydi.
Angren, Toshkent, G‘ijduvon, Rishton, Xiva va Samarqandning bir qator keramika zavodlari, qurilish materiallari kombinatlari fayans mahsulotlarini ishlab chiqarmoqda.
Respublikamizda sopolsozlik korxonalarida ishlab chiqarilayotgan mahsulot shaklini did bilan ishlash, ularni naqshlash, tarixiy va zamonaviy yodgorliklar sirtini sirlab bezash odat tusiga kirdi. Ilgari Respublikamiz kulolchilik korxonalarida o‘nga yaqin kosa, lagan, ko‘za, piyola, plita, mayolka, koshin, quvur kabilar ko‘plab ishlab chiqarilmoqda.
Sirlangan keramika materiallari koshinlarga quyiladigan barcha talablarni qondiradi. Ular uzoq muddat chidaydigan, atmosfera ta’siriga bardosh beradigan va ko‘rinishi chiroyli bo‘lganligi uchun hozirda qurilishda keng ko‘lamda va samarali foydalanilmoqda.
Jamoat binolarining vestibyullari, davolanish muassasalari hamda kimyo sanoati korxonalarining pollariga Toshkent qurilish materiallari va Angren keramika kombinatlarida ishlab chiqariladigan mahsulotlar yotqiziladi. Bunday polbop plitalar amalda suv o‘tkazmaydi, qavatlararo qurilmalarning ko‘tarib turuvchi konstruksiyalarini namdan himoya qiladi, tezda ishqalanib yedirilmaydi, zang olmaydi va oson yuviladi. Ular odatda kislota va ishqorlar ta’siriga chidamli va o‘ziga nam singdirmaydigan bo‘ladi.
Kanalizatsiyada ishlatiladigan sopol quvur va sanitariya-texnika buyumlarining ishlab chiqarilishi kata ahamiyat kasb etmoqda. Kanalizatsiya quvurlari diametri 150-600 mm, sopoldi zich, zarrachalari to‘qishib ketgan, sirti va ichi sirlangan bo‘ladi. Sanitariya –texnika buyumlaridan vuannalar ishlab chiqarish mustahkamligi yuqori fayans sirtiga har turli rangdagi emal qoplash yo‘li bilan amalga oshiriladi. Bunday vannalar to‘g‘ri to‘rtburchak shaklida yasalib, tubi yassi, devorlarning ichi kovak bo‘ladi. O‘zbekistonda bunday buyumlar Angren keramika kombinatida ko‘plab ishlab chiqarilmoqda.
Sopolsozlitkni rivojlantirish uchun, birinchi navbatda, mavjud korxonalardagi eskirib qolayotgan dosgoh, uskuna va mexanizmlarni Yangi serunum avtomatlarga almashtirish kerak. Bu o‘rinda Toshkent qurilish materiallari kombinati ishlari diqqatga sazovordir. Italiya firmalari bilan hamkorlikda chiqarilayotgan mahsulotlarning sifati oshib, jahon andozalari talabiga javob beradigan bo‘ladi.
Ishlab chiqarish uchun zarur bo‘lgan gil, kvars, dala shpati kabi xomashyolar koni izlab topilishi lozim. Ba’zan ashyoning o‘z vaqtida yetkazib berilmasligi sababli mavjud texnikadan yetarlicha foydalanilmayapti. Bu borada injener-texnologlarga respublikamiz geolog va geokimyogarlarning yordami suv va havo kabi zarur.
Plita, quvur kabi sanitariya-texnika buyumlarining sifati, o‘lchamlarining bir xilligi, qirralarining tekisligi zamon talablaridan bir oz orqada. Ularning reaksion muhit ta’siriga chidamliligini oshirish zarur. Sopol buyumlar ishlab chiqarishda ishlatiladigan sirlarning sifatini yaxshilash kerak
Fayans buyumlarining massasini yaxshilash masalasi ham muhimdir. Bu o‘rinda apatit va fosforit konsentratlar massa tarkibiga kiritilganda fayansning kuydirish temperaturasi pasayadi, qimmatbaho dala shpati tejaladi.