D.S. Milkni artish uchun.
X = 10*200/30 = 66,6 ml
Suv 200—66,6 = 133,4 ml
Yordamchi idishga 133,4 ml tozalangan suv, 66,6 ml pergidrol solib aralashtiriladi va
shisha idishga suziladi.
Agar retseptda vodorod peroksidining konsentratsiyasi ko‘rsatilmagan bo‘lsa, uning 3% li
eritmasi tayyorlab beriladi va u quyidagicha nomlanadi: Solutionis Hydrogenii peroxydi diluta.
Rp.: Sol. Hydrogenii peroxydi 1% —100 ml
D.S. Sirtga qo‘llash uchun.
Retseptda standart eritmaning kimyoviy nomi yozilgan. SHuning uchun hisoblashda
suyultirish formulasidan foydalaniladi.
X = 1*100/3 = 33, 3 ml
66,7 ml tozalangan suvga 33,3 ml 3% li vodorod peroksid eritmasidan solib yaxshilab
aralashtiriladi va shisha idishga solinadi.
Agar retseptda eritma shartli nomlangan bo‘lsa, (Burov suyuqligi, formalin, pergidrol,
kaliy atsetat suyuqligi ) ular 100% deb olinib hisob-kitob qilinadi. Masalan:
Rp.: Sol. Liquoris Burovi 5% - 100 ml
D.S. Sirtga.
Pasporti: Burov suyuqligi 5ml
Tozalangan suv 95 ml
Umumiy hajm 100 ml
Yordamchi idishga 95 ml tozalangan suv, 5 ml Burov suyuqligi solib aralashtiriladi va
shisha idishga suziladi. Idish qopqoqlanib, tegishli erlik epishtiriladi.
Erituvchisi suv bo‘lmagan va sirtga ishlatishga mo‘ljallangan suyuq dori shakllari suvsiz
eritmalar deyiladi.
Sirtga ishlatish uchun mo‘ljallangan eritmalarni ko‘pchiligi tayyorlanganda ularning ta‘sir
muddatini o‘zaytirish maqsadida, dori modda eruvchanligini hisobga olgan holda erituvchilardan
spirt, efir va xloroform, o‘simlik moyi, vazelin moyi va glitserin ishlatiladi. Bunda shuni nazarda
tutish kerakki, ishlatiladigan erituvchilar Davlat farmakopeyasi talablariga javob berishi zarur.
Tibbiy amaliyotda ishlatishga ruxsat etilgan bo‘lishi kerak. Suvsiz eritmalar tayyorlanadigan
idish toza va quruq bo‘lishi kerak. Suvsiz erituvchilarni (moy, glitserin, xloroform)
qovushqoqligi yuqori bo‘lgani sababli ularni og‘irlik usulida tayyorlanadi.
Dostları ilə paylaş: