Saqlash vazirligi toshkent farmatsevtika instituti dori turlari texnologiyasi kafedrasi


Poroshoklarni sifatini tekshirish



Yüklə 7,28 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə24/444
tarix28.11.2023
ölçüsü7,28 Mb.
#169555
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   444
farmatsevtik texnologiya

Poroshoklarni sifatini tekshirish
Retseptning to‘g‘riligi.
Dori moddalar miqdori.
Tayyorlash texnologiyasi.
Poroshokning sochiluvchanligi.
Poroshokning bir xilligi.
qadoqlanishi.
Joylashtirilishi.
Jihozlanishi va xokazolar.
3 - Ma‘ruza.
MAVZU 3 
Zaharli va kuchli ta‘sir etuvchi moddalar ro’yxatiga kiradigan dorilar bilan
ishlash qoidalari, ular bilan murakkab poroshoklar tayyorlash.
Ma‘ruza maqsadi: 
Zaharli va kuchli ta'sir etuvchi moddalar

bilan poroshoklar tayyorlash.


Triturat tayyorlash texnologiyasi. O‘zRSSV ning 1996 yil 17 iyun 489-sonli buyrug‘i.
Reja:
Zaharli va kuchli ta'sir etuvchi moddalar ro’xatiga kiradigan dorilar bilan ishlash 
qoidalari
Triturattayyorlash
Zaharli va kuchli ta'sir etuvchi moddalar bilan poroshok tayyorlash
Poroshoklarni sifatini tekshirish
O’zRSSV ning 1996 yil 17 iyun 489-sonli buyrug’i.
Tayanch atama va iboralar: 
Triturat-zaharli ta‘sir etuvchi moddalarni aniq tortib olish
uchun indiferrent modda qo‘shib tayyorlangan aralshma, sut qandi-indeferrent modda, trituratio
atropini sulfatis- atropin sulfat triturate, zahar-venena, signatura-belgila.
Dori moddalar kuchli ta'sir etuvchi va zaxarli xususiyatga ega bo‘lsa, DF XI ko‘rsatmasi 
bo‘yicha kukunni umumiy tarkibidagi zaharli va kuchli ta'sir etuvchi modda miqdori 0,05g 
bo‘lsa 1:10 yoki 1:100 nisbatdagi aralashmasi ishlatiladi. Trituratlarni ishlatish bilan kam 
miqdordagi moddani tortishdagi aniqliq va shu kam miqdorni bir xil aralashmani ta'minlaydi.
Triturat tayyorlash
Triturat — trituratio dеb, zaharli yoki kuchli ta'sir etuvchi moddalarni anik tortib olish uchun 
kulaylik tugdirish maksadida biror indiffеrеnt modda qoshib tayyorlangan aralashmaga aytiladi.
XI DF ga asosan rеtsеptda zaxarli yoki kuchli ta'sir etuvchi
moddalarning umumiy miqdori


0,05g dan kam bulganda trituratdan foydalanish tavsiya etiladi.
Triturat tarkibidagi indiffеrеnt modda sifatida sut qandi
tavsiya etiladi. Sut qandining
solishtirma ogirligi kopchilik alkaloidlarning solishtirma ogirligiga yaqin va u gigroskopik emas.
Trituratlar «zaharli moddalar» ro‘yxatidagi moddadan 1:100 (1+99) va «kuchli ta‘sir qiluvchi 
moddalar» ro‘yxatidagi moddadan 1:10(1+9) nisbatda tayyorlanadi.
Trituratlarni tayyorlash zaxarli moddalardan poroshoklar tayyorlash qoidasiga tula boysunadi.
Triturat tayyorlash:
Masalan: Atropin sulfatdan 10 g triturat tayyorlash kеrak, dеb faraz kilaylik. Buning uchun
xovonchaga 9,9 g sut kandini solib maydalanadi, xovoncha tagida taxminan 0,1 g sut qandini 
qoldirib, kolgani kogozga olib kuyiladi. Xovonchadagi sut kandi ustiga juda extiyotlik bilan 0,1 
g atropin sulfat kushib yaxshilab aralashtiriladi va kolgan sut kandini oz-ozdan xovonchaga
solib, poroshok bir xil bulguncha yana
aralashtiriladi. Atropin sulfat « zaharli moddalar »
ruyxatiga kiradi.
Triturat solingan idish ustiga uning kontsеntratsiyasi
va
qanday modda ekanligini
kursatuvchi yorliq yopishtirilgan bulishi kеrak.

Yüklə 7,28 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   444




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin