Saqlash vazirligi toshkent farmatsevtika instituti dori turlari texnologiyasi kafedrasi



Yüklə 7,28 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə368/444
tarix28.11.2023
ölçüsü7,28 Mb.
#169555
1   ...   364   365   366   367   368   369   370   371   ...   444
farmatsevtik texnologiya

15 Laboratoriya mashg’uloti.
Mavzu:Ko‘z tomchilari, namlamalari texnologiyasining o‘ziga xostomonlari, ularning 
sifatini baholash.
O’qitish maqsadi:
Ko‘z tomchilari, namlamalari texnologiyasining o‘ziga xos tomonlari
ularning sifatini baholash bilan tanishish, ma’lumotlarni o‘rganish. 
Mavzuni ahamiyati: 
Ko’z dori turlari klassifikasiyasi, tayyorlash texnologiyasini, ko’z 
tomchilari va namlamalarining texnologiyasining o’ziga xosligi, sterillash usullarini, ko’z 
tomchilari va namlamalariga qo’yiladigan talablar bilan tanishish, ma’lumotnomalar, adabiyotlarni 
o‘rganish.
Vaziyatli masalalar: 
1. Oling: Riboflavindan 0,002
Askorbin kislotadan 0,05
Glyukoza eritmasidan 2%-10 ml
Aralashtir. Ber.
Belgila. 2 tomchdan x 3 mahal ko’zga
Talaba aseptik sharoitda o’lchov pipetkasi yordamida 0,5 ml 10% li askorbin kislotasini, 1 ml 
20% glyukoza eritmasini va 8,5 ml 0,02% riboflavin eritmasini o’lchab olib, neytral shisha 
flakonga soldi. Retsept to’g’ri tayyorlandimi?
2.
Dorixonaga tez-tez 3% li fentanol ko’z tomchisi uchun retsept keladi. Dorixona ushbu 
retseptni tayyorlashi mumkinmi? Eritmani tayyorlash va saqlash sharoitlari qanday bo’ladi?
3.
Oling: Riboflavindan 0,002
Borat kislota eritmasidan 2%-10 ml
Aralashtir. Ber.
Belgila. 2 tomchdan 2 mahal ko’zga
Talaba flakonga 5 ml 4% li borat kislota va 5 ml 0,02% riboflavin eritmasini o’lchab olib, 
flakonga solib berdi. Retsept to’g’ri tayyorlandimi?
Mustaqil tayyorlash uchun savollar:**
1. Ko’z dori shakllarini ta'rifi va turlari.
2. Ko’z dori shakllariga qo’yiladigan talablar.
3. Ko’z tomchilarining izotonik kontsеntratsiyasini hisoblang (misol kеltiring).
4. Ko’z surtma dorilarini umumiy tayyorlash tеxnologiyasini tushuntiring.
5. Ko’z amaliyotida ishlatiladigan dori shakllari to’g’risida tushuncha bеring.
6. Ko’z tomchilari va namlamalar tayyorlashda ishlatiladigan filtrlar.
7. Ko’z tomchilari tayyorlashda ishlatiladigan qo’shimcha yordamchi moddalar to’g’risida 
tushuncha bеring.
8. Ko’z tomchilari turg’unligini oshiruvchi moddalar to’g’risida tushuncha bеring.
9. Ko’z tomchilarining tozaligini ta'minlash usullari va ta'sir va-tini uzaytirish.

Yüklə 7,28 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   364   365   366   367   368   369   370   371   ...   444




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin