10-mavzu. Yuqori molekulali birikmalar eritmalari. Kolloid eritmalar. Himoyalangan va yarim kolloidlar texnologiyasi Yuqori molekulyar birikmalar ta’rifi, tasnifi. Yuqori molekulyar birikmalar eritmalarini
tayyorlashning o‘ziga xos tomonlari. Chekli va cheksiz bo‘kuvchi YUMB eritmalarini
tayyorlash. Kolloid eritmalar tushunchasi, ularning o‘ziga xos xususiyatlari. Kolloid eritmalarning
xususiy texnologiyasi. Himoyalangan kolloidlar tayyorlash texnologiyasi. Yarim kolloidlar ta’rifi,
texnologiyasi.
11-mavzu. Suspenziya dori shakli sifatida. Suspenziya turg‘unligiga ta’sir etuvchi omillar Suspenziyalar ta’rifi, tasnifi, hosil bo’lish yo’llari. Suspenziyalarning dori shakli sifatida
afzalligi. Suspenziya turg‘unligiga ta’sir etuchi omillar, Stoks qonuni. Suspenziyalarning agregativ
va sedimentatsion turg‘unligi. Flokulyasiya tushunchasi. Rebinder effekti va Deryagin qoidasi.
Suspenziya tayyorlash usullari.
12-mavzu. Stabilizatorlar. Suspenziyalarning xususiy texnologiyasi, sifatini baholash Stabilizatorlar tushunchasi, qo‘llanilishi. Gidrofil moddalardan suspenziyalar tayyorlash
texnologiyasi. Kuchli va kuchsiz gidrofob xususiyatga ega bo‘lgan moddalardan suspenziyalar
tayyorlash. Suspenziyalarni kondensatsion usulda tayyorlash. Suspenziyalar sifatini baholash,
saqlash va texnologiyasini takomillashtirish yo‘llari.
13-mavzu. Emulsiyalar dori shakli sifatida. Emulgatorlar tushunchasi. GLB ko‘rsatkichi. Emulsiya turg‘unligiga ta’sir etuvchi omillar Emulsiyalar ta'rifi, tasnifi, emulsiya turlari va hosil bo`lish nazariyasi. Emulsiyalarning dori
shakli sifatida afzallik va kamchiliklari. Emulgatorlar ta'rifi, tasnifi. Emulsiya tipini e’tiborga olib
emulgator tanlash. GLB ko‘rsatkichini mohiyati. Emulsiya tipi va uni aniqlash metodikasi.
Emulsiyaning fizikaviy, kimyoviy va mikrobiologik turg‘unligi, turg‘unlikni oshirish yo‘llari.