Lipoproteinlar almashinuvining buzilishi.
Lipoproteinlar almashinuvining buzilishi lipoproteinlarni jigardan ajralib
chiqishini va uning hosil bo’lish vaqtini o‘zgarishlari bilan anomal
lipoproteinlarning hosil bo‘lishi, lipoproteinlar katabolizmining buzilishi va bir
turdan ikkinchi turga o‘tishining buzilishlari bilan bog‘liq bo‘lsa kerak.
Jahon Sog‘liqni Saqlash Tashkilotining 1970-yildagi lipoproteinlar
almashinuvi buzilishining sinflanishiga binoan giperlipoproteinemiyaning beshta
ko‘rinishi farqlanadi:
I tip – giperxilomikronemiya, lipoproteidlipazaning yetishmasligi bilan
bog‘liq, ya’ni XM va triglitseridlarning qon plazmasidagi miqdorlari keskin ortishi.
Bunda xolesterinning miqdori me’yorida yoki qisman ortgan holatda bo‘ladi.
Kasallik erta bolalik davridan terida, jigarda, taloqda yog‘ yig‘ilishi
(gepatosplenomegaliya) kuzatiladi. Bu holat ko‘p kuzatilib, aterosklerozga olib
kelmaydi.
II tip – giperbeta-lipoproteinemiya ikkita tipchaga bo‘linadi: IIa – qonda
ZPLPni miqdorining ko‘p bo‘lishi bilan; IIb – ZPLP va ZJPLP larning ko‘p
bo‘lishi bilan xarakterlanadi. Giperxolesterinemiya – ateroskleroz, yurak
ishemiyasi, infarkt miokardida rivojlanishi.
III tip – disbetalipoproteinemiya ZJPLning ZPLPga aylanishining buzilishi
kuzatiladi, qonda patologik ZPLP yoki ZJPLP hosil bo‘ladi.
Qonda xolesterin va triglitseridlarning ortishi tezlashadi, lipidlar terida
ksantoma shaklida yig‘iladi. Bunday holat kam kuzatiladi. Yurak ishemiyasi,
oyoq qon tomirlarini jarohatlanishi bilan uyg‘unlashadi.
15
IV tip – giperprebetalipoproteinemiya. Qonda gipertriglitserinemiya
xolesterinni normal bo‘lishi yoki qisman ko‘payishida, shox tomirlarning
aterosklerozida, semizlikda, qandli diabetda kuzatiladi.
V tip – giperxilomikronemiya va giperprebetalipoproteinemiya (XM va
ZJPLPni ko‘payishi) bu holat lipoproteinlipazani faolligining kamayishi bilan
bog‘liq.
Ateroskleroz, qandli diabet, ksantomatoz bilan birga kuzatiladi.
Alipoproteinemiya kuzatiladi – qonda u yoki bu lipoproteinlar sinfining
yetishmasligi, masalan a-alfalipoproteinemiya va abetalipoproteinemiya.
Qonda ZPLP ning boβlmasligi yoki anomal ZPLPning hosil bo‘lishi,
umumiy xolesterinning kamayishi va efirlangan xolesterinning qonda kamayishi.
RES
organlarida
efirlangan
xolesterinning
yig‘ilishi
gepatosplenomegaliyani, tonzillit, ateroskleroz, yurak ishemiya kasalligini
rivojlantiradi.
Abetalipoproteinemiya qonda ZPLP, ZJPL va XM ni fraksiyalarining
bo‘lmasligi jigarda apoprotein sintezlanishining yo‘qolishi bilan bog‘liq.
Kasalliklarda ozuqa yog‘larining qonga so‘rilishi buziladi, bunda akantoz,
nevropatiya, pigment retinitlar kuzatiladi.
LXAT (letsitin-xolesterin-atsiltransferaza)ning yetishmasligi ZPLPda efirli
xolesterinlar bo‘lmaydi. Efirlanmagan xolesterin eritrotsitlarning membranalarida,
buyrak hujayralarida, taloqda, ko‘zning shox pardasida yig‘ilishi kuzatiladi.
Klinik holatlar gipoxrom anemiyasi, buyrak yetishmasligi, ko‘z shox
pardasining xiralashishi ko‘rinishida namoyon bo’ladi.
Fosfolipidlar.
Fosfolipidlar – hujayra membranasining asosiy qurilish komponentlaridir.
Fosfolipidlarning ikkita turi mavjud: glitserofosfolipidlar va sfingofosfolipidlar
(sxema №4.)
Bulardan fosfotidilxolin (FX), fosfotidiletanolamin (FE), fosfotidilserin
(FS), kardiolipin (KL), fosfotidilinozin (FI), fosfotid kislota (FK). Bular plazmatik
membranalar lipidlarining 47-50%i ni tashkil etadilar.
Glitserofosfolipidlar glitserin, to‘yingan va to‘yinmagan moy kislotalaridan,
fosfor kislotasidan, azotli asoslaridan tashkil topgan.
Sfingofosfolipidlar o‘zining tarkibida aminospirt va sfingozinni tutadi.
Shulardan keng tarqalgani sfingomielinlar steramidning fosfoxolin hosilasidir
(jadval №4.).
Sfingolipidlarning biosintezi bir qator fermentlar ishtirokida bir nechta
bosqichda amalga oshadi. Yuqorida bayon qilinganidek, sfingolipidlarda
aminogruppa tutuvchi spirt - sfingozin (C
18
) va fosfat kislotalarini saqlaydi.
Quyida sfingomielinning biosintez jarayoni ko’rsatilgan:
O
CH
3
(CH
2
)
12
– CH = CH – CH – CH – CH
2
OH + H
3
PO
4
+ HOCH
2
CH
2
–N
+
(CH
3
)
3
+ R–C ~ KoA
│ │
OH NH
2
Xolin
Sfingozin
O
16
CH
3
(CH
2
)
12
– CH = CH – CH – CH – CH
2
– O – P – O – CH
2
– CH
2
– N
+
(CH
3
)
3
│ │
O
HO NH – C – R
Sfingomiyelin
Fosfolipidlar molekulasida moy kislota qoldig‘ini bo‘lishi (qutblanmagan
uglevodorod «dumi») va qutblangan ionli «boshchasi» bularga amfifillik xossasini
beradi. Fosfolipidlarning fizik-kimyoviy xossalari va ularning membranalar
tuzilishida ishtirok etishi shular bilan belgilanadi.
Fosfolipidlar membranalarning butunligini saqlaydi, membranalarning
lipidga bog‘liq fermentlari uchun gidrofob muhit tashkil qiladi, biokimyoviy
reaksiyalarning kechishi uchun qulay holat yaratadilar. Shuning uchun har bir
fosfolipidni spetsifik aktivator deb hisoblash mumkin va ayrim fermetativ
reaksiyalarni
boshqaruvchisi,
jarayonlarni
ishtirokchisi,
gormonlarning
retseptorlar bilan bog‘lanishda neytromediator, moddalar tashilishida, informatsiya
uzatilishida, energiya yig‘ilishida va transformatsiyasida ham ishtirok etadi.
Nordon fosfolipidlar (HF) (FC, FI, KL) Na
+
, K
+
-ATFaza larning
faollashuvi, adenilatsiklazalarni faolligini namoyon qilishda ishtirok etadi. HF
mitoxodriyani elektronlarning o‘tkazuvchanligini tashkillanishida muhim
ahamiyat kasb etadi, nafas zanjirining fermentlar bilan boshqarilishida,
adenilatsiklazaning
adrenalinga
nisbatan
sezuvchanligining
ortishida,
immunologik sezuvchanlik xususiyatiga ega.
Gormonlarning retseptorlar bilan bog‘lanishida adenilatsiklaza ishtirok
etadi, shunda kofaktorlik funksiyasini gangliozidlar bajaradilar, fosfolipidlar esa
shu fermentning retseptori bilan kompleks hosil qilinishini ta’minlaydi.
Fosfotidilxolin sitoxrom P
450
ni faollashtirish uchun kerak bo‘ladi.
Gipoterioz kasalligida KL, FI va FC miqdorining kamayishi kuzatiladi. Bu
o‘zgarishlar natijasida umumiy almashinuvning pasayishi, to‘qimalarda kislorod
yutilishining kamayishi, oksidlanish-qaytarilish jarayonlarining, ATF va oqsil
sintezlarining ingibirlanishi kuzatiladi.
FL va triglitseridlar biosintezining o‘tmishdoshi deb fosfotid kislota
hisoblanadi.
FK
glitserolfosfatdan
hosil
bo‘ladi,
u
esa
lipidlar
va
dioksiatsetonfosfatlar parchalanishidan hosil bo‘lgan glitserindan hosil bo‘ladi
(jadval №5.).
Fosfolipidlar biosintezi asosan jigarda o‘tadi. Jigardan ajralgan FL lar
hamma to‘qimalarga tarqaladi. Miokard infarktida, pankretitda, jigarning
alkogolli sirrozida, Kirke kasalligida, qandli diabet kasalliklarida qonda FL lar
miqdorining ortishi kuzatiladi.
Virusli diabetning og‘ir formasi, gipoterioz, peritsioz va o‘roqsimon
anemiya, tarqalgan skleroz, infeksion va toksik gepatit kasalliklarida FLlar
miqdorining kamayishi kuzatiladi.
Fosfatidilxolin boshqa fosfolipidlar va neytral yog‘larga o‘xshab odamlar
va hayvonlar organizmida sintezlanishi mumkin. Lekin, agar ovqat tarkibida
letsitin (FX), metionin va boshqa almashinmaydigan aminokislotalarni o‘z
17
tarkibida tutgan oqsil va organizmda sintezlanmaydigan to‘yinmagan yog‘lar kam
bo‘lsa, jigar to‘qimalarining yog‘ to‘qimalariga aylanishi kuzatiladi.
Jigar tarkibidagi yog‘ miqdori uning ham og‘irligining 5%idan oshmaydi.
Agar jigar hujayralari yog‘ hujayraga aylansa, jigar tarkibidagi yog‘ miqdori 50%
gacha oshadi va yog‘li distrofiyaga olib keladi.
Tajriba ko‘rsatadiki, jigarning yog‘ bilan to‘planishi, ovqat tarkibida
letsitin ko‘payganda to‘xtaydi. Keyinchalik atsillanishi bo‘yicha, jigarni
yog‘lanishini letsitindan tashqari, uning tarkibiga kiradigan xolin va aminokislota
metionin ham to‘xtatishi mumkin. Xolin yetishmaganda jigar yog‘lanishiga sabab
qisman o‘rganilgan. Aytilganidek, jigarda fosfatidlarning parchalanish jarayonidan
tashqari, ularning neytral yog‘lardan sintezi ham o‘tadi.
Bu sintez uchun yuqori molekulyar yog‘ kislotalar va anorganik fosfatlardan
tashqari, xolin asosi ham kerak bo‘ladi. Jigarda xolin kam hosil bo‘lsa, yoki kam
miqdorda yetkazilsa, lipoidlarning yog‘lardan sintezi to‘xtaydi, yoki keskin
kamayadi va natijada yog‘lar jigarda to‘planadi. Metionin o‘zining harakatchanligi
bilan metil guruhini xolin sintezi uchun berish qobiliyatiga ega. Shuning uchun
tarkibida ko‘p metionin tutgan kazein oqsili, «lipotrop» qobiliyatga ega, demak u
jigardan ortiqcha yog‘larni olib tashlaydi.
Ba’zi mualliflar oshqozon osti bezida ishlab chiqariladigan lipokain ham
lipotrop qobiliyatga ega deb hisoblaydilar. Bemorga lipokain berib jigar
to‘qimalarida yog‘lar yig’ilishini to‘xtatish mumkinligi aniqlangan.
FLlarning sintezi bilan birga ularning uzluksiz parchalanishi ham boradi.
To‘qima A
1
, A
2
, S, D fosfolipazalar ta’sirida FLlar 6- sxema bo‘yicha
parchalanadi.
FLlar tarkibiga to‘yingan (palmitin, stearin) va to‘yinmagan (olein, linolen,
araxidon) yog‘ kislotalari kiradi. Odam to‘qimalari linol va linolen kislotalarni
sintezlamasdan, ularni faqat ovqat bilan qabul qilishadi. Shuning uchun linol,
linolen va araxidon kislotalar o‘z tarkibida 2, 3 va 4 qo‘sh bog‘ saqlab,
almashinmaydigan yog‘ kislotalari deyiladi va «F» vitaminlar guruhiga kiradi.
Asosiy essensial (almashinmaydigan) yog‘ kislotalari quyidagi tuzilishga
ega:
Linol kislota – C
18
H
32
O
2
CH
3
(CH
2
)
4
– CH = CH – CH
2
– CH = CH – (CH
2
)
7
– COOH
Linolen kislota – S
18
N
30
O
2
CH
3
– CH
2
– CH = CH – CH
2
– CH = CH – CH
2
– CH = CH – (CH
2
)
7
– COOH
Araxidon kislota – C
20
H
32
O
2
CH
3
(CH
2
)
4
–CH=CH–CH
2
–CH=CH–CH
2
–CH=CH–CH
2
–CH=CH–(CH
2
)
3
–COOH
Araxidon kislota, eng ko‘p tarqalgan yog‘ kislotasi bo‘lib, fosfolipid
molekulasini stabillab, uni metabolizmini boshqaruvchisidir. Almashinmaydigan
yog‘ kislotalar bilan vitaminlar orasidagi ta’sirlashuv katta ahamiyatga ega.
Hayvonlarda almashinmaydigan yog‘ kislotalar kamayganda ularning jigarda
vitamin A kamayib ketib, ularning ko‘rish xususiyatini keskin yomonlanishi
18
kuzatiladi. Almashinmaydigan yog‘ kislotalarning kamayishi B
2
, B
6
, B
12
vitaminlar
metabolizmining buzilishiga olib keladi.
Almashinmaydigan yog‘ kislotalar o‘tmishdoshlari - prostaglandinlar (PG-
E, PG-F, PFA, PG-B), ko‘p vazifalarni bajarishadi: buyrak gemodinamikasiga
ta’sir ko‘rsatishadi, silliq muskullarning qisqarishi mexanizmiga, oshqozon
sekretorlik vazifasiga, steroid gormonlar sekretsiyasiga, yog‘ va suv tuz
almashinuviga va boshqa jarayonlarga ta’sir ko‘rsatadi. Prostoglandinlarning
biologik ta’siri stAMF va stGMF orqali o’tadi.
Prostaglandinlar, modda almashinuvining ichki molekulyar boshqaruvchilari
bo‘ladi (stAMF va stGMF miqdorini ko‘paytiradi yoki kamaytiradi).
Fosfolipaza A va C fizik yoki kimyoviy usullari bilan faollashtirilganda,
prostaglandinlar hosil bo‘lish mexanizmini faollashtiradi. Ekstremal omillar
ta’sirida, eykozanoidlar miqdori ortadi va yomon natijalarga olib kelishi mumkin
(immunodefitsit holatlari rivojlanadi, o‘pka va yurak patologiyasi va boshqalar),
natijada «adaptatsiya kasalligi» rivojlanadi.
PGlar miqdorini kamaytirish uchun fosfolipaza A yoki siklooksigenazaning
ingibitorlari (aspirin, indometatsin, brufen) va hujayra membranalarning
stabillizatorlari (kortikosteroidlar va boshqalar) qo‘llanadi.
Almashinmaydigan yog‘ kislotalarning yetishmovchiligi membranalar
stabilligining buzilishiga olib keladi, natijada infeksion kasalliklar: qorin tifi,
dizenteriya, skleroz, oshqozon osti bezining kistofibrozi, qandli diabet kasalliklari
rivojlana boshlaydi. Bu holatlar bir tomondan membrana strukturalarini
dezintegratsiyasi bilan bog‘liq, boshqa tomondan esa almashimaydigan yog‘
kislotalarni qabul qilinishi kamayib ketishi bilan bog‘liq almashinmaydigan yog‘
kislotalar tomonidan bajariladi. Ko‘p mualliflarning aniqlashi bo‘yicha
ateroskleroz va yurak kasalliklariga uchragan bemorlarda almashinmaydigan yog‘
kislotalar miqdori kamaygan (1,5 –2 marta).
Oxirgi yillar tekshiruvlarining natijasida, aholining oziq-ovqat ratsionida
ko‘p vitaminlar yetishmasligi kuzatildi, shular qatorida E vitaminining va Zn
mikroelementining (15 mg o’rniga 5-7 mg). A va E vitaminlar va Zn
almashinuvining orasida qattiq bog‘lanish kuzatiladi. Masalan, Zn yetishmaganida
A va E vitaminlari ichakda so‘rilmaydi va membrana tarkibiga kiritilmaydi. Bu
holat FL va GLlarning sintez jarayonini buzadi va ularning funksiyalari buziladi.
Vitamin E ning yetishmasligi FL larning (FX, FC, FI) fermentativ va
nofermentativ perekisli oksidlanishini kuchaytiradi va immun sistemasining
vazifasini susayishi kuzatiladi.
Har qanday vitaminlar va mikroelementlar yetishmasligi immunodefitsitga
olib keladi. Shuning uchun kompleks terapiyaga bir qator vitaminlar bilan
mikroelementlar ham kiritiladi. Ular antioksidantlik va ko‘p fermentlar uchun
kofermentlik funksiyasini bajariladi. Ko‘p kasalliklarda: gepatotrop zaharlar bilan
intoksikatsiyada (CCl
4
, geliotrin), timektomiyada, ishemiya kasalligida va h.k. FL
larning yog’ kislotalarining perekisli oksidlanishi (POL) kuchayadi. Fermentativ va
nofermentativ POL ning kuchayishi kuzatiladi va uning natijasida FL larning
19
lizoformalari to‘planadi va malondialdegidi (MDA) va PG miqdorlari oshadi
(sxema №7.). Hozirgi vaqtda POL natijasida hosil bo‘lgan moddalar, ayniqsa
MDA, membrana strukturasini, nuklein kislotalarni, fermentlarni, oqsillarni
kimyoviy modifikatsiyasini universal buzuvchi vosita deb hisoblanadi.
FL larning perekisli oksidlanishi natijasida membranalar o‘tkazuvchanligi
buziladi, sitoplazmatik fermentlar chiqib ketadi, membrana funksiyasi susayishi
kuzatiladi. Membrananing gormonal signalga javobgarligi ham susayadi
(adenilatsiklaza faolligining pasayishi natijasida), mitoxondriya funksiyasi ham
buziladi, hujayraning umumiy metabolitik darajasi pasayadi. Mitoxondriya
vazifasining keskin pasayishi POL jarayonining kuchayib, lizosomal fermentlar
ajralishiga, hujayraning o‘limiga olib keladi, lekin bu jarayonlar regeneratsiyani
ham kuchaytiradi.
Glikolipidlar miya to‘qimalarida va boshqa to‘qimalarda joylashgan bo‘lib,
ular biologik membrana funksiyalarida katta vazifa bajarishadi. Glikolipid
vakillaridan bo’lib glikosfingolipidlar hisoblanadi. Bu steramid hosilasi bo‘lib,
monosaxaridlarning oshig‘i bilan bitta yoki bir qancha qoldig‘i yog‘ kislotasi va
sfingozini.
Gangliozidlar tuzilishi oddiy ular tarkibiga sial kislotasi kiradi. Xullas,
gangliozidlar tarkibida D-galaktoza, D-glyukoza, N-atsetilglyukozamin, N-
atsetilgalaktozamin va N-atsetilneyramin kislotasi topilgan.
COOH
│
C = O
│
HS = O
N ─ ─ H
H ─ ─ NH – C – CH
2
O H ─ ─ OH
║
║
HO ─ ─ H O
H
3
C – C – NH ─ ─ H
HO ─ ─ H
HO ─ ─ H
H ─ ─ OH
H ─ ─ OH
H
2
C ─ OH
H
2
C ─ OH
N-atsetilgalaktozamin
N-astetilneyramin kislota
Geteropolisaxaridlar glikoziltransferaza fermentlari ishtirokida sintezlanadi.
Glikogensintetaza (glyukoziltransferaza) ham shu fermentlar jumlasiga kiradi.
Nukleoziddifosfat qandlar – UDF-glyukoza tarzidagi birikmalar monosaxarid
qoldiqlari donorlari bo‘lib xizmat qiladi. Glikolipidlar sintezi birinchi
monosaxarid qoldig‘ining steramidga kelib birikishidan, masalan, mana bunday
boshlanadi:
UDF-GalNAc + Cer UDF + GalNAxc – Cer
20
Bu reaksiyani N-astetilgalaktozamin transferazasi katalizlaydi: bu ferment
monosaxarid donoriga ham, akseptoriga ham spetsifikdir. So‘ngra ikkinchi
monosaxarid kelib birikadi:
UDF – Gal + GalNAs – Ser UDF + Gal (βl 3) GalNAs – Ser
Bu o‘rinda boshqa ferment – galaktoziltransferaza ishga tushadi, bu ham
monosaxarid donoriga ham, akseptoriga ham spestifikdir. Keltirilgan shu ikkita
reaksiya V antigen sintezining boshidir. Bu sintez poyoniga yetishi uchun har xil
substrat spetsifiklikka ega bo‘lgan yana bir necha transferazalar kerak bo‘ladi.
Glikoziltransferazalar fermentlarning juda katta bir guruhi bo‘lib, xilma-xil
geteropolisaxaridlar shu fermentlar yordamida hosil bo‘ladi. Geteropolisaxaridlar
sintezi garchi matritsa sintezlari jumlasiga kirmasa ham, natijasi shu jihatdan
o‘xshash bo‘lib chiqadiki, yuzaga keladigan polimerlardagi monomerlar ixtiyoriy
tarzda joylashmasdan, balki aniq belgilangan tartibda joylashgan bo‘ladi.
Glikolipidlar faqat membranalarda va asosan plazmatik membranada
uchraydi. Glikoproteinlar membranalarda ham, sitozolda ham, organizm
suyuqliklarida ham bor.
Plazmatik membrana glikolipidlari va glikoproteinlarining uglevodli qismi
hamisha membrananing tashqi yuzasida bo‘ladi va hujayralararo moddaga tarqalib
turadi. Plazmatik membrana uglevodlari oqsillar uchun spetsifik ligandlar rolini
ado etib boradi. Ular ma’lum oqsillar kelib birikadigan tanib olish qismlarini hosil
qiladi; kelib birikkan oqsil hujayraning funksional holatini o‘zgartirishi mumkin.
Fosfolipid va glikolipid sintezi bilan birgalikda ularning parchalanishi ham
kuzatiladi. Fosfolipidlarni parchalanishini to‘qimadagi fosfolipazalar A
1
, A
2
, S va
D katalizlaydi (sxema № 6.).
Turli kasalliklarda (timeektomiya, CCl
4
va geliotrin bilan intoksikatsiya,
gepatit, ishemik kasallik va boshqalarda) fosfolipidlarni polito‘yinmagan yog‘
kislotalarni peroksid oksidlanishi (POL) kuchayadi (sxema № 7.).
Glikolipidlarni parchalanishi glikozidaza – gidrolaza ferment ishtirokida
boradi. Bularga bir necha ferment va sialidaza kiradi. Sialidaza ferment glikolipid
tarkibidan sial kislotani ajratib oladi. Natijada sial kislotasini yo‘qotib qo‘ygan
glikolipidlar va glikoproteinlar (asialoglikoproteinlar) molekulalari hosil bo‘lib
jigarda ushlanib qoladi va shu yerda parchalanadi. Jigarning ba’zi kasalliklarida
uning bu funksiyasi buziladi va qondagi atsialoglikoproteinlar konsentratsiyasi
ko‘payib ketadi: sog‘lom odamning 1 ml qon plazmasida 1 mkg dan 5 mkg gacha
atsialoglikoproteinlar bo‘lsa, gepatit, jigar sirrozi, raki singari kasalliklarda 2-3
barobar ko‘payib ketadi.
Qondagi atsialoglikoproteinlar konsentratsiyasini o‘lchash usullaridan jigar
kasalliklari diagnostikasi hamda davoning nechog‘lik naf berayotganini tekshirib
borish uchun foydalaniladi.
Organizmdagi
barcha
moddalar
singari,
glikolipidlar
bilan
glikoproteinlarning geteropolisaxaridlari ham uzluksiz yangilanib turadi.
Geteropolisaxaridlar almashinuvida ishtirok etuvchi fermentlarning irsiy
yetishmovchiligida bu polisaxaridlar hujayrada to‘planib qoladi – glikozidoz
21
(glikolipidoz) boshlanadi. Bunday kasalliklar aksari geteropolisaxaridlarni
parchalaydigan fermentlar – glikozidazalar nuqsoniga aloqador bo‘ladi.
Geteropolisaxaridlardagi
turli
glikozid
bog‘larini
gidrolizlaydigan
glikozidazalarning bir necha o‘ntasi ma’lum. Bu fermentlar asosan lizosomalarda
joylashgan. Glikozidozlarning ko‘pgina shakllari bor (jadval 3.).
Dostları ilə paylaş: |