Saralash test savollari



Yüklə 346,56 Kb.
səhifə3/4
tarix17.08.2023
ölçüsü346,56 Kb.
#139715
1   2   3   4
Sinov 10-avgust

Tanqidiy fikrlash 15 ta
1. Marjona: "Prezident maktablarida o'qiydigan o'quvchilar tanqidiy fikrlashda juda mohir. Demak, Prezident maktablarida o'quvchining tanqidiy fikrlash qobilyati juda yaxshi rivojlanar ekan"
Quyidagilardan qaysi biri Marjonaning fikrlashidagi xatolikni ko'rsatadi?
A) Prezident maktabida chet ellik o'qituvchilar o'qitadi.
B) Prezident maktabida o'zlashtirishi past o'quvchilar a'lochi o'quvchilardan o'rganadilar.
C) Prezident maktablariga tanqidiy fikrlash qobilyati kuchli o'quvchilar qabul qilinadi.
D) Prezident maktabida tanqidiy fikrlashni rivojlantirish bo'yicha maxsus fanlar o'qitiladi.
2. Uyda 5 nafar qiz bor. Ular o’z yoshiga qarab xonalarini tanlashadi. Qizlarning eng Yoshi kattasi birinchi bo’lib xona tanlay boshlaydi. Ular Sharofat, Marjona, Kumush, Lobar va Anora.
• Sharofat Marjonadan bir yoshga kichik.
• Kumush va Marjona egizak.
• Lobar Sharofatdan uch yoshga kattaroq.
• Kumush 23 yoshda.
• Anora Marjonadan Yoshi kattaroq, ammo Sharofatdan yoshroq.
Qaysi qiz birinchi bo’lib xona tanlaydi?
A) Lobar B) Anora C) Sharofat D) Kumush va Marjona birgalikda
3. Saodat ustoz: "Mening sinfimda 10 nafar koʻrish qobilyati pastroq oʻquvchi bor. Bugun ertalab sinfimizda 7 nafar oʻquvchi ko'zoynak taqib yurgandi. Demak, bugun sinfimizda ba'zilar kontakt linza taqib yurgan bo'lishi kerak".
Saodat ustoz bunday fikrlash orqali qanday xatolikka yo'l qo'ygan bo'lishi mumkin?
A) U boshqa sinfdagi oʻquvchilarni hisobga olmadi.
B) U qaysi o'quvchi kontakt linza taqib yurganligini aytmadi.
C) Ba'zi ko'rish qobiliyati past o'quvchilar ko'zoynak ham, kontakt linza ham taqib yurmagan bo'lishi mumkin.
D) Hozirda ko'rish qobiliyati past oʻquvchilar kelajakda ko'z oynak taqib yurishga ehtiyojmand bo'lishi mumkin.
4. Samira soch turmaklovchining veb-saytiga kirib, har bir tur dagi soch turmagini yasash qancha vaqt olishini bilish imkoniyatiga ega.
Samira: "Oyim o'z soch turmagining 2 soatda tayyor bo'lishini aytdi. Men soch turmaklovchining veb-saytiga kirib, oyim qaysi soch turmagini tanlaganini bilib olishim mumkin".
Quyidagi qaysi gap Samiraning fikri xato ekanligini ko'rsatadi?
A) Bir xil soch turmagi sartaroshning mahoratiga qarab turlicha vaqt olishi mumkin.
B) Bir qancha turmaklarga ketadigan vaqt bir xil boʻlishi mumkin.
C) Sartarosh ba'zi yangi turmaklar yasashni o'rganib, saytiga qo'ymoqchi.
D) Ba'zi turmaklar 2 soatdan kamroq vaqtni olishi mumkin.
5. Termiz shahrida bu yil oldingi yilga qaraganda 200 ta kamroq jinoyat sodir boʻldi. Qarshi shahrida esa bu yil o'tgan yilgidan 100 ta kamroq jinoyat qayd qilindi.
Akmal: "Men yangi shaharga koʻchib o'tmoqchiman. Termizga boradigan boʻldim, chunki u yerda jinoyatchilik kamroq ekan".
Akmalning fikrlashida qanday xatolik boʻlish mumkin?
A) Qarshi shahrida aksariyat jinoyatlar qayta sodir qilingan jinoyatdir.
B) Qotillik Termizda Qarshiga qaraganda ancha ko'proq.
C) O'tgan yili Termizda 600 ta, Qarshida 200 ta jinoyat sodir boʻlgan.
D) Termizda Qarshiga qaraganda yaxshiroq qamoqxona tizimi bor.
6. Reklama: "Mening uyim" ko'p qavatli turarjoy majmuasidan xonadon sotib olsangiz, sizga garaj tekinga beriladi.
Charos: "Men "Mening uyim" turarjoy majmuasidan uy sotib olmoqchiman. Chunki ular tekinga garaj ham qo'shib berar ekan. Bu uy menga arzonga tushadi".
Charosning fikrlashida qanday xatolik bo'lish mumkin?
A) Garaj narxi allaqachon uy narxiga qo'shilgan.
B) Garaj boshqa uylarda sotilayotgan garajlardan ozgina ki chikroq.
C) "Mening uyim"dan uy sotib olganda hamma pulini oldindan toʻlash kerak.
D) "Mening uyim" majmuasi shaharning chekkarogʻida joylashgan.
7. Sardor: Parashyutdan sakrash sportini taqiqlashmoqchi. Lekin o'tgan yili bu sportdan jami 50 nafar sportchi jiddiy jarohat olgan, futboldan esa jami 1000 nafar odam jiddiy shikastlangan. Buning o'rniga futbolni taqiqlash kerak.
Sardorning fikrlashidagi xatolikni ko'rsatadigan ma'lumotni toping?
A) Parashyutdan sakrash sporti bilan shug'ullanishga ko'proq harajat ketadi
B) Parashyutdan sakrashdan olingan jarohat tuzalishi uchun futbolnikiga qaraganda ko'proq mablag' kerak.
C) O'tgan yili parashyutdan sakrash bilan 100 nafar odam shug'ullangan, futbolda esa bu raqam 60000 nafar.
D) Parashyutdan sakrashni o'rgatadigan murabbiylar juda kam.
8. Mahmud: “Maktab direktori sinfxonaga kirib, o'quvchilarning o'zlashtirishini bilmoqchi bo'ldi va ularga kitob o'qitib ko'rdi. Ahmad 40 ta so'z o'qidi, Gulnora bo'lsa 38 ta so'zni o'qiy oldi. Demak, Ahmadning o'zlashtirishi Gulnoranikidan yaxshiroq ekan”.
Quyidagi qaysi dalil Mahmudning xulosasi xato ekanligini ko'rsatadi?
A) Ahmadning oyisi shu maktabda dars beradi.
B) Gulnora yaqinda grippga chalinib, davolangan.
C) Direktor boshqa bolalarni sinab ko'rmadi.
D) Direktor o'qish uchun Ahmadga 2 daqiqa, Gulnoraga 1 daqiqa vaqt berdi.
9. Dostonning faqatgina o'zbek tilidagina so'zlarni bemalol takrorlab ayta oladigan to'tiqushi bor.
Doston: “Siz mening to'timga istagan so'zingizni aytishingiz mumkin. U sizning so'zingizni bemalol takrorlab aytib bera oladi”.
Quyidagi gaplardan qaysi biri Dostonning gapidagi xatolikni ko'rsatib bera oladi?
A) Doston to'tiqushiga gapirishni o'rgatish uchun kamida 3 yil vaqt sarfladi.
B) Dostonning do'sti o'zbek tilini tushunadi, lekin faqat rus tilida gapiradi.
C) Ba'zi to'tilar boshqalariga qaraganda ko'proq tillarda gaplasha oladi.
D) To'tiqushlarga ism tanlaganda ularning qaysi tilda gapira olishiga alohida e'tibor qaratish lozim.
10. Maktab direktori yozgi ta'til paytida oromgohlarga borishga imkoniyati bo'lmagan o'quvchilarning keyingi yil yozgi ta'tilda oromgohga borishlariga sharoit yaratishga va'da berdi.
Komil: “Men bu yil yozgi ta'tilda oromgohga bordim. Demak, direktorimiz meni keyingi yil yozda oromgohga yubormasalar kerak”.
Quyidagi gaplardan qaysi biri Komilning gapidagi xatolikni ko'rsatadi?
A) Komil bu yil oromgohga bordi degani keyingi yil bora olmaydi degani emas.
B) Maktabda a'lo bahoga o'qiganlarning barchasi ham yozgi oromgohga borish imkoniyatiga ega bo'lmasligi mumkin.
C) Komilning bu yili oromgohga bora olganligi keyingi yil ham aniq oromgohga bora oladi degani emas.
D) Yozgi ta'tilda o'quvchilarning oromgohga bora olmaganligi ular borishni hohlamayotganliklarini anglatmaydi.
11. Tolib: “Maktabimizda shaxmat va rassomchilik to'garaklari bor. Sinfimizda 20 nafar o'quvchi bor. Barcha o'quvchilar to'garakka qatnashishadi. Ulardan 12 nafari shaxmat to'garagiga qatnashadi”.
Botir: “Demak, rassomchilikka faqat 8 nafar o'quvchi borar ekan”.
Botirning gapi xato bo'lsa, bu qanday xatolik bo'lishi mumkin.
A) Ba'zilar maktabdan tashqaridagi to'garaklarga ham qatnashadi.
B) Maktabdagi boshqa sinf o'quvchilari qaysi to'garakka borishi aytilmagan.
C) Tolibning sinfidagi ba'zi o'quvchilar ikkala to'garakka ham qatnashadi.
D) To'garaklar nechta odamga mo'ljallanganligi aytilmagan.
12. Hamma fillar va sichqonlar kulrang. Shuning uchun hamma fillar sichqon ekanligi haqida xulosa qiladi.
Nega yuqoridagicha fikrlash xato?
A) Muallif o'z xulosasini boshqa bir fikrlash asosida chiqarmoqda.
B) Muallif har xil narsalarni faqat bitta xususiyati o'xshash bo'lgani uchungina bir xil narsa deb o'ylamoqda.
C) Muallif ikkita turli xil narsani umuman bir-biriga o'xshamagan xususiyat bo'yicha solishtirishga harakat qilmoqda.
D) Muallif ikki narsa ularning aniqlash mumkin bo'lmagan xususiyati orqali o'xshash ekanligini aytmoqda.
13. Namuna qishlog'ida 1850-yilda 800 ta erkin tomorqa yerlari bor edi. 1950-yillarga kelib tomorqalarning soni 400 taga kamaydi. 2020-yilga kelganda faqat 81 ta tomorqa dalalari qoldi. Demak, so'nggi 170 yil ichida Namuna qishlog'ida tomorqa uchun ajratilgan yer maydoni o'n barobarga kamayib ketgan.
Yuqoridagi xulosada jiddiy xatolik mavjud. Buning sababini aniqlang.
A) Tomorqa dalalarining soni faqatgina taxminiy hisoblanmoqda.
B) Tomorqalar qancha daromad keltirgani haqida ma'lumot keltirilmagan.
C) Hozirgacha har bir tomorqaning yer maydoni o'n marta ko'paygan.
D) Faqatgina so'nggi 170 yil ichidagi 3 ta yil haqida ma'lumot keltirilgan.
14. Kubada yiliga 10 million quti sigaret chekiladi.
Hose: “Agar har bir qutiga 1 dollar qo'shimcha soliq solinsa, davlat g'aznasiga 10 million dollor daromad kelar edi”.
Hosening gapidagi xatolikni ko'rsating.
A) Soliqlarni hamma o'z vaqtida to'laydi. B) Sigaret qimmatlasa, chekish keskin kamayadi.
C) Sigaret Kubaga chetdan ham olib kelinadi. D) Kubada erkaklar ayollardan ko'proq chekadi.
15. Davron: “Yaqindagi so'rovnomaga ko'ra, ko'pchilik oshxona jihozlarini erkaklar sotib olishi ma'lum bo'ldi. Aslida, erkaklar oshxonada ko'proq vaqt o'tkazar ekan-ku.”
Davronning gapidagi xatolikni ko'rsating.
A) Erkaklar taomni ayollarga qaraganda ko'proq yaxshi ko'rishadi.
B) Davron so'rovnoma qayerda o'tkazilganini aytmagan.
C) Erkaklar oshxona jihozlarini ayollar uchun sotib olishadi.
D) Davron qaysi oshxona jihozlari sotib olinganligini ko'rsatib o'tmagan.


Yüklə 346,56 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin