Sariosiyo tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limiga qarashli
41-sonli umumta’lim maktabi o’quvchilari bilan o‘tkazilgan yig‘ilish
BAYONI
2023 yil 18-sentyabr Terakzor MFY
Yig‘ilish raisi : D.Xolova -maktab direktori
Qatnashdilar: Maktab MMIBDO`lari, O`IBDO`lari, psixolog , pedagog xodimlar va maktab o’quvchilari
KUN TARTIBI
O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab ta’limi vazirining 2023-yil 31-avgustdagi “Umumiy o‘rta ta’lim muassasasining takomillashtirilgan namunaviy odob-axloq qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 282-sonli buyrug‘ini pedagog va ishchi xodimlarga tushuntirish to‘g‘risida.
Yig‘ilishni maktab direktori D.Xolova ochdi va olib bordi. Kun tartibigagi masala bo`yicha so’zni MMIBDO’ M.Xudoyberdiyevaga berdi.
Maktabning ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha direktor o'rinbosari M.Xudoyberdiyeva o’quvchilarga O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab ta’limi vazirining 2023-yil 31-avgustdagi “Umumiy o‘rta ta’lim muassasasining takomillashtirilgan namunaviy odob-axloq qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 282-sonli buyrug‘ini o`qib eshittirdi.
M.Xudoyberdiyeva so‘zi davomida bugungi kunda axborot-kommunikatsion texnologiyalari jamiyat hayotiga shiddat bilan kirib kelmoqda va o‘z ta’sirini tobora kengroq ko‘rsatmoqda. Bu esa o‘z navbatida yosh avlodga zamonaviy ta’lim berish bilan birga ularni umuminsoniy va milliy qadriyatlar, yuksak insoniy fazilatlar ruhida tarbiyalash, ongi va qalbini mafkuraviy, ma’naviy va axborot tahdidlaridan ishonchli himoya qilish, ularda g‘oyaviy immunitetni shakllantirish masalalariga alohida e’tibor berish lozimligini aytib o‘tdi.
Yosh avlodni past saviyadagi «Ommaviy madaniyat» ta’sirlaridan, milliy o‘ziga xosligimiz, dunyoqarash va tafakkurimizga mutlaqo yot bo‘lgan g‘oyalar, sun’iy «qadriyat va an’ana»lardan, bir so‘z bilan aytganda, ma’naviy tahdidlaridan asrash lozimligiga to‘xtaldi .
Bu boradagi ishlarni avvalo, maktabining ichki tartib va odob-axloq qoidalarini takomillashtirishdan boshlash kerakligini aytib o‘tdi.
O‘quvchi ma’naviyatini shakllantirishda ta’lim-tarbiya jarayoni, targ‘ibot ishlari va ibrat ko‘rsatish kabi pedagogik jihatlar bilan birga o‘quvchilar foydalanyotgan o‘quv-qurollarining mazmun-mohiyati, bezatilishi, sifati masalalari ham muhim o‘rin tutishini ta’kidladi.
Maktabda kiyinish odobi muhimligi saqlanib qolmoqda. Ilm dargohlarida bir xil libos o‘qituvchilarda ko‘p jihatdan tenglik hissini uyg‘otib, ularning e’tiborini turli ortiqcha ko‘rinishlardan saqlaydi.
Shu bilan bir qator maktabda sog‘lom ma’naviy va ijtimoiy-psixologik muhitni shakllantirish, yosh avlodga zamon talablari asosida bilim, milliy g‘oya va qadriyatlar hamda umuminsoniy fazilatlarga mos tarbiya berish, o‘quv-tarbiya jarayonining sifati va ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirishga sharoit yaratish xaqida to‘xtaldi.
O‘qutuvchi va xodimlar orasida odob-axloqni buzishga, shu jumladan zo‘ravonlik, hayosizlik va shafqatsizlikni tashviqot qilishga qaratilgan har qanday xatti-harakatlarning oldini olish, jumladan, yoshlarni ichkilikbozlik va giyohvandlik illatlaridan, boshqa turli halokatli tahdidlar hamda biz uchun yot bo‘lgan diniy va ekstremistik ta’sirlardan, past saviyali «Ommaviy madaniyat» xurujlaridan himoyanish zarurligini aytib o’tdi.
Masala yuzasidan maktabning 11-A sinf o’quvchisi Daminova Xadicha, 10-A sinf o’quvchisi Toshmurodova Iroda va 9-A sinf o’quvchisi Qurbonmurodova Safinalar ham o‘z fikrlarini bildirdilar. Yuqoridagilarni tinglab yig‘ilish
Dostları ilə paylaş: |