Sattorov X. Tmi magistranti Jahon iqtisodiyotida transmilliy korporatsiyalar rivojlanishining asosiy tendensiyalari



Yüklə 114,44 Kb.
Pdf görüntüsü
tarix14.10.2023
ölçüsü114,44 Kb.
#155221
jahon iqtisodiyotida transmilliy korporatsiyalar rivojlanishining



Sattorov X. - TMI magistranti
 
Jahon iqtisodiyotida transmilliy korporatsiyalar
rivojlanishining asosiy tendensiyalari 
Moliyaviy globallashuv sharoitida transmilliy korporatsiyalar jahon 
iqtisodiyoti 
va 
xalqaro 
moliya 
munosabatlari 
rivojlanishining 
muhim 
elementlaridan hisoblanadi. Oxirgi yillarda ularning jadal ravishda rivojlanishi 
jahon xo„jaliklari aloqalarining globallashuvida, kapital va ishlab chiqarishning 
baynalmillashuv jarayonlarida namoyon bo„lmoqda. Transmilliy korporatsiyalar 
jahon xo„jaligi aloqalarining barcha sohalarida faol ishtirokchi bo„lib hisoblanadi. 
Transmilliy korporatsiyalar bir tomondan jadal rivojlanib borayotgan xalqaro 
moliya munosabatlarining mahsuli, boshqa tomondan esa, mazkur munosabatlarga 
ta‟sir etuvchi qudratli mexanizm sifatida namoyon bo„ladi.
Xalqaro korporatsiyalarning asosiy qismi AQSh, Evropa ittifoqi 
mamlakatlari va Yaponiyada joylashgan. Xalqaro korporatsiyalar jahon 
iqtisodiyotining rivojlanishida muhim rol o„ynaydi. Xalqaro korporatsiyalar 
filiallari orqali amalga oshirilgan eksportning hajmi jahon eksportining 1/3 qismini 
tashkil etadi va ularda 77 mln. kishi ishlaydi. Ushbu ko„rsatkich Germaniya 
iqtisodiyotida band bo„lganlar sonidan ikki baravar ko„pdir.
Hozirgi kunda 500 ta eng kuchli transmilliy korporatsiyalardan 85 tasi 
xorijiy mamlakatlardagi investitsiyalarning 70%i ustidan o„z nazoratini 
o„rnatgandir. Ushbu 500 ta gigant korporatsiyalar hissasiga jahon bozoriga 
chiqarilayotgan elektronika va kimyo sanoatining 80%, farmatsevtikaning 95%, 
mashinasozlikning 76% mahsulotlari to„g„ri keladi.
Xalqaro 
korporatsiyalar 
faoliyatini 
tavsiflovchi 
asosiy 
belgilar 
quyidagilardan iborat:
1. Yillik savdo aylanmasi 100 mln. dollardan ortiq bo„lishi.
2. Kamida oltita mamlakatda filiallarga ega bo„lishi.
3. Xorijdagi aktivlar ulushi 25% dan ortiq bo„lishi.


Mazkur ko„rsatkichlarga misol sifatida Shveytsariya firmasi hisoblangan 
“Nestle”ni ko„rsatish mumkin. Xalqaro korporatsiyani aktivlarining tuzilishi 
bo„yicha ham aniqlash mumkin. Bir qator xorijiy tadqiqotlarda xalqaro 
korporatsiyalarga xorijda 25% aktivlariga ega bo„lgan kompaniyalar kiritilgan.
Transmilliy korporatsiyalar yuzaga kelishining asosiy sababi milliy davlat 
chegaralaridan chiquvchi ishlab chiqarish kuchlarining rivojlanishi asosida kapital 
va ishlab chiqarishning baynalmillashuvi hisoblanadi.
Kapital va ishlab chiqarishning baynalmillashuvi xorijda ko„p sonli 
bo„linmalariga ega bo„lgan yirik kompaniyalarni tashkil etish va milliy 
korporatsiyalarningtransmilliyga 
aylanishi 
orqali 
xo„jalik 
aloqalarining 
ekspansiyasi xususiyatiga ega bo„ladi. Kapitalni xorijga chiqarish xalqaro 
korporatsiyalarni tashkil etish va rivojlantirishda muhim omil hisoblanadi.
Transmilliy korporatsiyalar yuzaga kelishining sabablari qatoriga, 
iqtisodiyot tarmoqlarida ishlab chiqarishning keng ko„lamligini ta‟minlovchi 
yuqori iqtisodiy samaradorligini kiritish lozim. Kuchli raqobatlashuv sharoitida 
raqobat kurashiga dosh berish zaruriyati xalqaro ko„lamda kapital va ishlab 
chiqarishning bir joyga to„planishiga imkon yaratadi. Natijada yuqori foyda olish 
va ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirish imkoniyati yuzaga keladi hamda 
global miqyosda oqilona faoliyat shakllanadi.
Transmilliy korporatsiyalar rivojlanayotgan mamlakatlarning ko„pchiligida 
yuksak iqtisodiy o„zgarishlarni vujudga keltirayotganligi bilan bir qatorda, ushbu 
korporatsiyalar texnik taraqqiyotining ichki omillariga juda katta imkoniyatlar 
ochib bermokda. Amaliyot natijalari shuni ko„rsatmoqdaki, transmilliy 
korporatsiyalar dunyo mamlakatlarining rivojlanishida yuksak ahamiyat kasb 
etmoqda. Bular quyidagilarni o„z ichiga oladi:
– Bir qator sanoat tarmoqlarda (engil, to„qimachilik, elektron va boshqa 
sanoat tarmoqlari) qo„llanilayotgan texnika va texnologiyalarni etkazib berishda 
transmilliy korporatsiyalar investor sifatida ham, shuningdek investitsiya 
tovarlarini 
yoki 
texnologiyalarini 
(litsenziyalarini) 
etkazib 
beruvchi 
korporatsiyalarlar sifatida ham muhim rol o„ynamoqda.


– Rivojlanayotgan mamlakatlarni jahon bozoriga xom ashyo mahsulotlarini 
eksport qiluvchi davlatlardan tayyor mahsulotlarning sotuvchilariga aylantirish. 
Bunda, bevosita rivojlanayotgan mamlakatlar ishlab chiqarishdagi tarkibiy 
o„zgarishlar uchun to„g„ridan to„g„ri yo„nalishdagi investitsiyalar moliyaviy 
resurslarni oddiy joylashtirishga nisbatan ancha muhim hisoblanadi.
– transmilliy korporatsiyalar rivojlanayotgan mamlakatlardagi mavjud 
bandlik muammolarini ham bartaraf etadi. Ta‟kidlab o„tish joizki, to„g„ridan–
to„g„ri yo„naltirilgan investitsiyalar bilan bevosita bog„liq bo„lgan ishchi o„rinlar 
unchalik ko„p bo„lmasdan rivojlanayotgan dunyodagi iqtisodiy aktiv aholining 1% 
idan kamroq qismini ta‟minlay oladi xolos.
– Xalqaro tashkilotlar rivojlanayotgan mamlakatlarga o„zlarining texnik 
yordamlarini ko„rsatishda transmilliy korporatsiyalar imkoniyatidan foydalanishni 
taklif etishmoqda. O„z navbatida, rivojlanayotgan mamlakatlarning hukumat 
rahbarlari ham transmilliy korporatsiyalarni o„z iqtisodiyotlariga jalb etish 
borasida o„zaro kurash olib bormoqdalar.
Shunday qilib, jahon xo„jaligi va xalqaro iqtisodiy munosabatlar 
rivojlanishining obyektiv qonunlariga bo„ysungan holda, rivojlanayotgan 
mamlakatlar o„z oldilariga qo„yilgan alohida maqsadlari bilan bir qatorda ijtimoiy 
– iqtisodiy muammolarni hal qilishga yo„naltirilgan va shuningdek transmilliy 
korporatsiyalarning mamlakatlar iqtisodiyotidagi manfaatlariga mos keluvchi 
zaruriy parametrlarini izlab topishga harakat qilinmoqda.

Yüklə 114,44 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin