Savitskiy nomidagi Qoraqalpog'iston san'at muzeyi



Yüklə 13,42 Kb.
səhifə2/5
tarix07.01.2024
ölçüsü13,42 Kb.
#202116
1   2   3   4   5
Savitskiy nomidagi Qoraqalpog\'iston san\'at muzeyi

Mazkur o‘lkaning madaniyati bilan tanishgan ilk kunlardanoq I. V. Savitskiy Xorazmning qadimgi va o‘rta asrlardagi arxeologiya topilmalariga, qoraqalpoq xalqi va shu yerda yashab o‘tgan boshqa tarixiy xalqlarning amaliy-bezak san’atiga qattiq mexr ko‘ygan va keyinchalik Turkiston va rus avangardi dunyosini o‘zi uchun kashf etgan. Qoraqalpog‘iston rahbariyati va ziyolilarining qo‘llab-quvvatlashi natijasida I. V. Savitskiy qisqa muddat ichida muzeyning betakror to‘plamini shakllantirishga muvaffaq bo‘lgan.

  • Mazkur o‘lkaning madaniyati bilan tanishgan ilk kunlardanoq I. V. Savitskiy Xorazmning qadimgi va o‘rta asrlardagi arxeologiya topilmalariga, qoraqalpoq xalqi va shu yerda yashab o‘tgan boshqa tarixiy xalqlarning amaliy-bezak san’atiga qattiq mexr ko‘ygan va keyinchalik Turkiston va rus avangardi dunyosini o‘zi uchun kashf etgan. Qoraqalpog‘iston rahbariyati va ziyolilarining qo‘llab-quvvatlashi natijasida I. V. Savitskiy qisqa muddat ichida muzeyning betakror to‘plamini shakllantirishga muvaffaq bo‘lgan.
  • Shu o‘rinda muzeyning butun tarixi asoschi Igor Vitalievich Savitskiy bilan chambarchas bog‘liq holda kechganligi u kishining shaxsiga alohida to‘xtalib o‘tish o‘rinli bo‘ladi.

Igor Vitalevich Savitskiy 1915 yil 4 avgustda Kiev shahrida advokat Vitaliy Viktorovich Savitskiy va Vera Timofeevna Florinskaya oilasida tavallud topgan. Igor Vitalevich Savitskiy 1926-30-yillari Moskvada yetti yillik maktabni tamomlagan 1930-31-yillarda esa rassomlik kurslarida o‘qigan. Shu bilan birga, 1931-33-yillari o‘sha davrga mos ravishda (ya’ni o‘zining «proletar mandati»ni namoyish qilish uchun) – u «O‘roq va «Bolg‘a» zavodi qoshidagi Kechki o‘qish fakulteti (KO‘F) maktabida elektr montajchisi ixtisosligini oldi. Ikkinchi Jahon urushi boshlangan 1941 yilda Savitskiy V.I.Surikov nomidagi Moskva rassomlik institutiga o‘qishga kirdi. 1942 yilda Surikov instituti Samarqandga evakuatsiya qilinganligi sababli o’zi ham Samarqandga keldi. 1946 yil Savitskiy institutni Vasiliy Baksheev ustaxonasida tugatdi. Xuddi shu yili u SSSR Rassomlar uyushmasiga a’zo bo‘ldi. Shundan so‘ng u «taniqli etnograf, Irina Jdankoning singlisi Tatyana Jdankoning “Xorazm arxeologik-etnografik ekspeditsiyasi va Qoraqalpog‘istonda qatnashish” taklifini mamnuniyat bilan qabul qildi. 1950 yildan 1957 yilgacha SSSR Fanlar akademiyasi Etnografiya instituti tomonidan tashkil etilgan ekspeditsiyaning doimiy a’zosi bo‘ldi.

Yüklə 13,42 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin