Savod o’rgatish davrida o’qish va yozuv darslari reja: Kirish


O’quvchilarni harf bilan tanishtirish yo’nalishlari



Yüklə 25,34 Kb.
səhifə4/5
tarix24.10.2022
ölçüsü25,34 Kb.
#66080
1   2   3   4   5
SAVOD O’RGATISH DAVRIDA O’QISH VA YOZUV DARSLARI

4. O’quvchilarni harf bilan tanishtirish yo’nalishlari
O`qishga o`rgatish uchun avvalo o`quvchi tovush va harf bilan yaxshi tanishtirilishi lozim. Tovush va harf bilan tanishtirishda bo`g`indan tovushni ajratish tamoyiligi rioya qilinadi. Harf bilan tanishtirish bir necha xil yo`nalishda amalga oshirilishi mumkin:
1. Mazmunli rasm yuzasidan savol-javob usuli bilan bog`lanishli hikoya tuzdiriladi. Undan kerakli gap, so`ng kerakli so`z ajratib olinadi, so`ngra so`z ustida yuqoridagi kabi tahlil ishlari uyushtiriladi.
2. So`z asos qilib olinadi. Analitik mashqlar yordamida o`rgatiladigan tovush ajratib olinadi: ot, o`qituvchi ot rasmini ko`rsatadi, o`quvchilar uning nomini – so`zni aytadi. O`qituvchi o tovushini cho`zib (o-o-o-o t) aytadi va qaysi tovushni cho`zib aytayotganini o`quvchilardan so`raydi. O`quvchilar o tovushini aytgach, uning xususiyatlari haqida savol-javob o`tkaziladi. O tovushli so`zlar o`ylab toptiriladi. SHundan so`ng o harfi kesma harfdan yoki rasmli alifbodan ko`rsatiladi. Bunda o harfining shaklini esda olib qolishlariga alohida e`tibor beriladi.
O`rganilgan harf ichiga bugun o`rganiladigan harf aralashtirib qo`yiladi, bolalar uning ichidan notanish harfni ajratadilar, so`ng o`qituvchi bu harf ifodalaydigan tovushni aytadi. O`quvchilar tovushning xususiyatlarini aytadilar. SHu harfni kesma harflar ichidan topib, kitob sahifasidan, rasmli alifbodan ko`rsatadilar.
SHu tariqa tovush-harf bilan tanishtirilgach, o`qishga o`rgatish usulida ishlanadi.
O`qishga o`rgatishda bo`g`in asos qilib olinadi. Buning uchun o`qituvchida bo`g`in jadvali bo`lishi lozim. Bo`g`in jadvali asosida o`qish namunasi ko`rsatiladi, ya`ni harflab emas, ichida, birinchi harfni ko`z bilan ko`rib, uning nomini dilda saqlab, ikkinchi harfni ko`rish va ikkalasini bog`lab, unlini mo`ljallab ulab aytish tushuntiriladi. Bo`g`in o`qish o`qituvchining namunasi asosida doimiy ravishda har bir darsda izchil olib boriladi. Bunda quyidagi kabi jadvaldan foydalanish mumkin.
a
n ti : l
a a

n a o o` i u


ng
Bunda alifbe sahifalaridagi so`zlarni oldin bo`g`inga bo`lish, so`ng o`qishni mashq qilish yaxshi samara beradi. O`qituvchining namunali o`qishidan so`ng xor bilan o`qish, yakka-yakka o`qishdan, shivirlab o`qishdan fodalaniladi.
Ayniqsa, sekin o`qiydigan o`quvchilar bo`lgan sinflarda xor bilan o`qitish o`qishni tezlashtirishga yordam beradi. Sinf o`quvchilarining o`qish ko`nikmalaridan kelib chiqib, matndagi so`zlarni sinf xattaxtasiga bo`g`inlarga bo`lib yozish, o`rganilgan harflarni hisobga olgan holda qo`shimcha so`z birikmalari, gaplar tuzib yozish va o`qitish usulidan ham foydalaniladi.
Ma`lumki, “Alifbe” sahifalarida bo`g`in tuzilishi murakkablashib boradi. SHuning uchun o`qituvchi har bir bo`g`in tuzilishini murakkabligiga qarab ish usullarni belgilab olishi zarur. Masalan, uch tovushdan tuzilgan, to`rt tovushdan tuzilgan bo`g`inlarni o`qishga o`rgatish ham o`ziga xos qiyinchiliklarni keltirib chiqaradi. Bunda o-lam, Man-non, tipidagi bo`g`inlarda o-la:m, Ma:n-no:n tarzidagi qo`shimcha chiziqdan, bod-ring, do`st tipidagi bo`g`inda ring, do`st tarzidagi qo`shimcha chiziqlardan foydalaniladi. So`zlarni o`qishga o`rgatishda bilib o`qishdan tashqari jadvallar ham yaxshi samara beradi.

ko`: k ka


ko`: r
lom
ko`: ch
ko`: p sa

Umuman olganda, har bir o`qish darsida albatta bo`g`in tuzilishi murakkab so`zlarni o`qish mashqi o`tkazilishi lozim. Bu usul o`quvchilarda o`qish malakasining takomillashuviga yordam beradi.
O`qishga o`rgatishda so`zlarni va gaplarni to`ldirib o`qish ko`nikmalarini hosil qilish o`quvchini gap tuzishga, tez fikrlashga yo`naltiriladi. O`quvchi tushib qoldirilgan harf va so`zni rasmga qarab topadi, uning gap mazmuniga mos yoki mos emasligiga e`tibor beradi, o`rtoqlariga nisbatan tez topib, o`qituvchining rag`batiga sazovor bo`lishga intiladi.
“Alifbe” darsligidagi matnlarda turli tinish belgilari ishlatilgan. Ular shularga mos ohang tanlashni, to`xtash, pauza qilish o`rinlarini belgilab olishni taqazo etadi. Bunda ham o`qituvchining tushuntirishi (birinchi uchragan tinish belgini izohlashi) va ifodali o`qish namunasini ko`rsatishi katta ahamiyat kasb etadi. Ifodali o`qilgan matngina tushunarli bo`ladi.

Xulosa
Xulosa qilib aytganda har bir fanda bo`lgani kabi o`qish darslarida ham ta`lim-tarbiya birligiga e`tibor beriladi. O`qish darslarida tarbiya o`qilgan matnning ongli o`zlashtirilishiga bog`liq. O`quvchi matnda fikr nima haqida borayotganini anglasagina, o`zida shunday xislatlarni shakllantirishga harakat qiladi. Ikkinchidan, esa yaxshi inson bo`lish uchun o`qishning zarurligini anglaydi. SHuning uchun ongli o`qishni ta`minlashda matn bilan unga ishlangan mazmunli rasmlar o`rtasidagi bog`lanishlarni shakllantirishga, matn yuzasidan savollar berishga diqqat qaratish lozim. Masalan, rasmni kuzating, endi matnni o`qing, matnda nima haqida gapiriladi? Rasmda nima tasvirlangan? Ular orasida bog`lanish bormi?, matn mazmunini rasmga qarab so`zlab bering.
Yoki: Bolalar qaerga bordilar?, Qizning ismi nima?, Bolaning ismi-chi? Ali, Lola nima qildi? Ular qanday lolalar terdilar?.
Demak, o`qish o`qilganlarni o`zlashtirishga yo`naltirilgan bo`lishi lozim. SHundagina matndagi asosiy fikr, ilgari surilayotgan g`oya o`quvchilar tomonidan o`zlashtiriladi. So`ng so`z va matnlar yod olingan taqdirda ham o`quvchiniki bo`lib qoladi.


Yüklə 25,34 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin