Savod o’rgatish davrida o’qish va yozuv darslari Reja



Yüklə 90 Kb.
səhifə6/6
tarix21.05.2023
ölçüsü90 Kb.
#118621
1   2   3   4   5   6
Savod o’rgatish davrida o’qish va yozuv darslari Reja

Boshlang’ich sinflarda

badiiy asarni tahlil qilish

Reja:


  1. Boshlang’ich sinflarda o’rganiladigan badiiy adabiyot janrlari.


  2. Badiiy asarni tahlil qilishdagi metodik shartlar.


  3. Boshlang’ich sinflarda badiiy asarni tahlil qilishning adabiy asoslari.


  4. Kichik yoshdagi o’quvchilarning badiiy asarni idrok etishdagi psixologik xususiyatlari.


  5. Asarni tahlil qilishning ta’lim-tarbiyaviy ahamiyati.



Respublikamiz mustaqillikka erishgandan so’ng boshlang’ich sinflar uchun yangi dastur va darsliklar yaratildi. O’qish dasturlarida badiiy asarni tahlil qilishga ko’proq ahamiyat berilib, matn ustida ishlash yuzasidan xilma-xil topshiriq turlaridan, texnika vositalaridan foydalanishga ko’proq e’tibor berildi.

Badiiy asar quyidagi muhim metodik qoidalar asosida tahlil qilinadi:

1. Asar mazmunini tahlil qilish va to’g’ri, tez, ongli, ifodali o’qish malakasini shakllantirish bir jarayonda boradi.

2. Asarning g’oyaviy-tematik asoslarini uning obrazlari, syujet chizig’i, qurilish va tasviriy vositalarini tushuntirish o’quvchilarning shaxs sifatida umumiy kamol topishiga, bog’lanishli nutqning o’sishini ta’minlaydi.

3. O’quvchilarning hayotiy tajribasiga tayanish asar mazmunini ongli idrok etishning asosi va uni tahlil qilishning zaruriy sharti hisoblanadi.

4.Sinfda o’qish o’quvchilarning bilish faoliyatini aktivlashtirish va atrof muhit haqidagi bilimlarni kengaytirish vositasi hisoblanadi.

Asarni tahlil qilishda uning hissiy ta’sirini ham hisobga olish zarur. O’quvchi matnni o’qibgina qolmay, muallif hayajonlangan voqeadan hayajonlansin. Matnni tahlil qilishda o’quvchilarda fikr uyg’onsin, ularda estetik didni tarbiyalasin.

Boshlang’ich sinflar “O’qish kitobi”da turli janrdagi badiiy va ilmiy-ommabop maqolalar berilgan. Sizga ma’lumki, badiiy asarda hayot obrazlar orqali aks ettiriladi. Uning markazida inson, uning tabiat va jamiyatga munosabati turadi. Badiiy asarda borliqni, voqelikni obrazlar vositasida tasvirlash, ob’ektiv mazmun va sub’ektiv bahoni aniq materialda berish haqidagi qoidalar metodika uchun katta nazariy-amaliy ahamiyatga ega. Birinchidan, asar ustida ishlashni muallifning asarida tasvirlangan voqealarga munosabati o’qituvchining diqqat markazida turadi. O’quvchilar voqelikni obrazlar orqali tasvirlashning o’ziga xos xususiyatlarini asta tushuna boshlaydilar. Ikkinchidan, har qanday badiiy asarda aniq tarixiy voqelar tasvirlanadi. Asardagi voqealarga tarixiy yondoshilgandagina asarga haqqoniy baho berish mumkin. Uchinchidan, yozuvchining hayoti va qarashlari bilan o’quvchilarning yoshlariga mos ravishda tanishtirish maqsadga muvofiq. To’rtinchidan, badiiy asarni tahlil qilishda o’quvchilarni asarning g’oyaviy yo’nalishini tushunishga o’rgatish muhimdir.

Psixolog olimlarning ko’rsatishicha, badiiy asarni idrok etish uchun uni tushunishning o’zigina etarli emas. Asarni idrok etish murakkab jarayon bo’lib, asarga, unda tasvirlangan voqelikka qandaydir munosabatning yuzaga kelishini o’z ichiga oladi. Kichik yoshdagi o’quvchilar adabiy qahramonga ikki xil munosabatda bo’ladi.




  1. Adabiy qahramonga emosional munosabat.


  2. Elementar tahlil qilish.


Asarda qatnashuvchi shaxslarga baho berishda o’quvchilar o’z shaxsiy tushunchalaridan foydalanadilar. Qaxramonning boshqa fazilatlarini baholash uchun ularda so’z boyligi, tajriba etishmaydi. O’qituvchining vazifasi o’quvchilar payqay olmagan sifatlarni ko’rsatish va o’quvchilar nutqiga kiritishdir. YAna bir narsaga e’tibor berish maqsadga muvofiq:



1.O’quvchilar asar qahramoniga munosabatlarini ifodalashda u harakat qilgan sharoitni hisobga olmaydilar.

2.Qaxramonning nima uchun shunday qilishi kerakligini tushunolmaydilar, uning uchun maqsadga muvofiq ish olib borishlari zarur.
Yüklə 90 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin