Savod o’rgatish davrida o’qish va yozuv darslari Reja


YAxshi o’qish malakasining sifatlari



Yüklə 90 Kb.
səhifə4/6
tarix21.05.2023
ölçüsü90 Kb.
#118621
1   2   3   4   5   6
Savod o’rgatish davrida o’qish va yozuv darslari Reja

YAxshi o’qish malakasining sifatlari


Reja:

1.Tez o’qish.

2.Ongli o’qish.

3.Ifodali o’qish.

4.O’qish turlari.

“Tez o’qish normal tezlikda o’qishdir”. (K.Qosimova)


K.D.Ushinskiy tez o’qish matnni tushunishdan ajralib qolmasligi lozimligini ta’kidlaydi. O’qish tezligi matnni tushunish tezligi bilan muvofiq ravishda o’qishi kerak. Tez o’qish ongli idrok etishni ta’minlaydigan o’qishdir. Og’zaki nutq tempiga mos keladigan o’qish tempi normal tezlik hisoblanadi. O’ta tez o’qish va o’ta sekin o’qish matn mazmunini tushunishni qiyinlashtiradi. O’qish tezligi bir daqiqada o’qiladigan so’zlar miqdori bilan belgilanadi.

Tez o’qishni ta’minlovchi yo’llar:


  1. O’qishni turli topshiriqlar asosida mashq qilish.


  2. O’qishga qiziqish uyg’otish.


  3. Rollarga bo’lib o’qitish.


Dialoglarni 2 o’quvchiga o’qitish: 1) oldin tez o’qiydigan o’quvchiga 2) keyin sekin o’qiydigan o’quvchiga;




  1. Matnni navbat bilan o’qitish.


Ko’pincha o’quvchilar tez o’qiyman deb xatoga yo’l qo’yadilar.

O’quvchilarning o’qish sur’ati bir daqiqada sinflar bo’yicha quyidagicha:

1-sinf: 1 yarim yillikda bo’g’inlab o’qiydi.




  1. yarim yillik oxirida notanish matndan 20-25 so’z.


2-sinf: 1-yarim yillikda 25-30 so’z.

2-yarim yillikda 40-50-so’z.

3-sinf: 1-yarim yillikda 50-60 so’z.

2-yarim yillikda 65-70 so’z.

4-sinf: 1-yarim yillikda 70-80 so’z.

2-yarim yillikda 80-90 so’z.

Ongli o’qish asar mazmunini, asarning g’oyaviy yo’nalishini, timsollarini, badiiy vositalarini rolini tushunib o’qish ongli o’qish deyiladi. Bola asarda tasvirlangan voqea-hodisalarga munosabat bildira olsa, ongli o’zlashtirgan bo’ladi.

Ongli o’qish quyidagi metodik shartlarga bog’liq:


  1. O’quvchining hayotiy tajribasiga.


  2. So’zlarning lug’aviy ma’nosini tushunishga.


  3. Gapda so’zlarning bog’lanishini tushunishga.


Ongli o’qish 2 xil ma’noda qo’llanadi. 1) o’qish texnikasi; 2) o’qish sifati.

Asar qurilishini tushunish ongli o’qishdir. O’quvchining ongli o’zlashtirib o’qigani uning ifodali o’qiganidan, asar yuzasidan berilgan savollarga javobidan aniqlanadi. Ongli o’qish bilan ifodali o’qish biri ikkinchisini taqozo etadi.


Yüklə 90 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin